1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, paxta-toʻqimachilik klasterlari (keyingi oʻrinlarda — klaster) va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, tarmoqda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2024-yil hosilidan boshlab:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
fyuchers shartnomasiga muvofiq yetkazib berilishi lozim boʻlgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, shuningdek, klaster bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, oʻz mablagʻlari, shu jumladan jalb qilingan mablagʻlari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar tomonidan birja orqali tadbirkorlik subyektlariga sotiladi yoki (va) qayta ishlanadi. Bunda:
fyuchers shartnomasi boʻyicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi fyuchers shartnomasi tuzilgan klasterga toʻgʻridan-toʻgʻri sotilishi mumkin;
paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va oʻlik paxta) toʻliq hajmda birja orqali sotiladi.
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan tartib yetishtiruvchilar tomonidan sotiladigan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi PQ-23-sonli “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
2. Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan yer ijarasi, fyuchers va kredit shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlari boʻyicha oʻz mol-mulki bilan javob berishi belgilansin.
Bunda, fermer xoʻjaligining boshligʻiga fermer xoʻjaligining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgarlik yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan birgalikda bir oy muddatda barcha yetishtiruvchilar uchun birjada ishtirok etish tartibi yuzasidan oʻquv seminar tashkil etish hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha amaliy choralarni koʻrsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
4. Paxta hosilini sotib olish va sotish boʻyicha yangi tizimning shaffofligini, toʻlaqonli va adolatli ishlab ketishini hamda paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar manfaatdorligini taʼminlash boʻyicha respublika shtabi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Quyidagilar Respublika shtabining (J. Qoʻchqorov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
paxta xom ashyosini yetishtirish, saqlash, realizatsiya qilish va paxta xom ashyosi yetishtirilishini moliyalashtirish ustidan nazorat mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
paxta xom ashyosi, paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va oʻlik paxta)ni birja savdolariga chiqarish ishlarini tashkil etish;
paxta xom ashyosi, paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va oʻlik paxta)ni birja savdolariga chiqarish hamda toʻlovlarning amalga oshirilishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish;
paxta xom ashyosi, paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va oʻlik paxta)ni sotib olish va sotish boʻyicha yangi tizimning shaffofligini, toʻlaqonli va adolatli ishlab ketishini hamda paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar manfaatdorligini taʼminlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
5. 2025-yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini yetishtirish, paxta yigʻim-terimi va xaridini Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
a) fyuchers shartnomasi tuzgan yetishtiruvchi va urugʻchilik subyektlariga har yili 1-oktabrdan boshlab, paxta xom ashyosi yetishtirish uchun — paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) 14 oyga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi;
paxta xom ashyosi yigʻim-terimi uchun — paxta xom ashyosi yalpi qiymatining 30 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) 4 oyga kredit ajratiladi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
paxta xom ashyosi yalpi hosili xaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob va terim uchun paxta xom ashyosi qiymatining 100 foizigacha yillik 14 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) 12 oyga, shu jumladan, 6 oylik imtiyozli davr va oxirgi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-82-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/82/0479-son)
ijara huquqi mavjud boʻlgan yer uchastkasida paxta xom ashyosi yetishtirish uchun — paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) 18 oyga, shu jumladan, 12 oylik imtiyozli davr va oxirgi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;
ijara huquqi mavjud boʻlgan yer uchastkasida yetishtiriladigan paxta xom ashyosining yigʻim-terimi uchun — paxta xom ashyosi qiymatining 30 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) 12 oyga, shu jumladan, 3 oylik imtiyozli davr va oxirgi 9 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi;
(5-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
(5-bandning “b1” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
v) fyuchers shartnomasiga asosan yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta xom ashyosi uchun toʻlovlarning 80 foizi paxta xom ashyosi qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, qolgan qismi moliya yilining 31-dekabr kuniga qadar birjaning “kliring” (markazlashtirilgan hisob-kitob) tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda:
xoʻjaliklar va qayta ishlovchilar oʻrtasida fyuchers shartnomalari boʻyicha natura (tovar-moddiy boyliklar) shaklida hisob-kitob qilish qatʼiy taqiqlanadi;
forvard shartnomasiga asosan yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta xom ashyosi uchun toʻlovlar (paxta xom ashyosi qiymatining zakalat mablagʻidan qolgan qismi) qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan sotuvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-82-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/82/0479-son)
g) ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan agrotexnik tadbirlar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan moddiy resurslar yetkazib beruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar yetishtiruvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi (bundan urugʻlik chigit mustasno);
d) yetishtiruvchilar, klasterlar va urugʻchilik subyektlari kredit buyurtmalarini Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agroportal” orqali elektron shaklda taqdim etadi.
(5-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
6. Klasterlarni tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun quyidagi talablar va yangilangan tartib joriy etilsin:
a) talabgor:
toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (ip kalavasi, trikotaj mato, gazlama, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, boʻyash) quvvatlarining kamida ikkita bosqichini yoʻlga qoʻygan boʻlishi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan, tugatilish bosqichida boʻlmagan, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilmagan va “yomon” kredit tarixiga ega boʻlmagan hamda murojaat sanasida kredit (lizing, bank kafolati, akkreditiv) va soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan boʻlishi shart;
b) klasterlar faoliyati qishloq xoʻjaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlarining qarorlari bilan tashkil etiladi;
v) klaster faoliyatini tashkil etish istagida boʻlgan talabgorlar ochiq va shaffof onlayn tanlov asosida tanlab olinadi;
g) Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tugatiladi;
d) Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimliklari bilan talabgor oʻrtasida klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida uch tomonlama bitim tuziladi;
e) Qishloq xoʻjaligi vazirligi klasterlar reyestrini yuritadi va ushbu reyestrni oʻzining rasmiy veb-saytida doimiy ravishda eʼlon qilib boradi;
j) 2024-yil hosili uchun fyuchers shartnomalari tuzishda mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan qoidalar, istisno tariqasida, amalda faoliyat yuritayotgan klasterlarga tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
bir hafta muddatda klasterlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlasin;
“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha klasterlarning avtomatlashtirilgan reytingini yuritish dasturini yaratsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
8. Belgilansinki:
klasterlar va boshqa toʻqimachilik korxonalari tomonidan paxta xom ashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi hamda ishlab chiqarilgan paxta tolasini avtomatlashgan majburiy hisobga olish tizimi joriy qilinadi;
paxta xom ashyosi uni yigʻish, tashish, quritish, saqlash va birlamchi qayta ishlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan hamda elektron tarozi va texnik jihatdan malakaliligi maʼqullangan sinov laboratoriyasi bilan jihozlangan omborlarda saqlanishi shart;
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari, paxta, texnik chigit va qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning muvofiqligini baholash organlarida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan bir yilda bir marta Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan davlat nazorati amalga oshiriladi.
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-mayga qadar 2024-yil paxta hosilidan boshlab elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xom ashyosi va ishlab chiqarilgan paxta tolasini avtomatlashgan majburiy hisobga olish tizimini joriy qilsin va uni Agroportalga integratsiya qilsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, klasterlar va boshqa toʻqimachilik korxonalari tomonidan xarid qilingan paxta xom ashyosi oʻzlarining belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maʼqullangan laboratoriyasida yoki shu talablarga javob beradigan boshqa laboratoriyalarda tahlil qilinib qabul qilinadi.
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
klasterlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish;
klasterlarga nufuzli xalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda ular faoliyati samaradorligi va moliyaviy koʻrsatkichlarini mustaqil tashqi auditdan oʻtkazish choralarini koʻrsin.
11. Fermer xoʻjaliklarining klasterlar oldidagi mavjud qarzdorliklarini undirish boʻyicha Hisob palatasi boshchiligida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, Bosh prokuratura, tijorat banklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (buxgalteriya markazlari) vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilsin.
Ishchi guruh (M. Abdullayev):
klasterlardan qarzdor boʻlgan fermer xoʻjaliklari va klasterlar oʻrtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomalari hamda sud qarorlari asosida undirilgan mablagʻlar klasterlarning Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligini qoplashga yoʻnaltirilishini taʼminlasin;
fermer xoʻjaliklariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun avval ajratilgan kreditlar taʼminoti sifatida qabul qilingan klasterlarning kafilligini fermer xoʻjaliklarining likvidli mol-mulk garovi bilan almashtirishga koʻmaklashsin.
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Agrobank” ATB bilan birgalikda bir hafta muddatda paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish uchun fermer xoʻjaliklariga kredit ajratish tizimi joriy etilayotganligi munosabati bilan paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirishga “Agrobank” ATB bilan bir qatorda boshqa davlat ulushi ustun keladigan tijorat banklarini jalb qilish yuzasidan taklif kiritsin.
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun “Agrobank” ATBga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan 745 milliard soʻm hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan 1,9 trillion soʻm, jami 2,6 trillion soʻm mablagʻlarni ushbu bankning ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirsin.
“Agrobank” ATBning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlardan 2024-yilda qaytgan mablagʻlarni suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltirish;
ichki va tashqi manbalardan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, xususan fermer xoʻjaliklari hamda mahsulotlarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan klasterlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishni jadallashtirish.
14. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, klasterlarga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini klasterlar tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga (fermer xoʻjaliklari) paxta hosili uchun toʻlangan toʻlovga mutanosib miqdorda hisobga olishga ruxsat etiladi.
Bunda, klasterlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosini shartnomada belgilangan narxlarda sotib olish va oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan yakuniy hisob-kitobning 20 foizini moliya yilining 31-dekabriga qadar amalga oshirish majburiyati saqlab qolinadi.
15. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvardan boshlab, paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarni moddiy resurslar bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida, tovar-xom ashyo birjalarida 0,2 va 0,5 tonnalik kichik lotlarda mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi moylash materiallarining doimiy savdolarga barcha hududlar boʻyicha qoʻyilishini taʼminlasin.
16. Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlarining mineral oʻgʻit va yoqilgʻi-moylash mahsulotlari boʻyicha oʻtkaziladigan birja savdolarida ishtirok etishiga koʻmaklashsin.
17. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda masʼul idoralar vakillari bilan birgalikda 2024-yil 1-avgustga qadar paxta xom ashyosini toʻliq oʻz mablagʻlari, shu jumladan tijorat kreditlari hisobiga yetishtirgan fermer xoʻjaliklari va klasterlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini ushbu davlatlarga borib oʻrgangan holda taklif kiritsin.
18. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etilsin.
19. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
21. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-dekabr,
PF-205-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoniga
1-ILOVA
Paxta hosilini sotib olish va sotish boʻyicha yangi tizimning shaffofligini, toʻlaqonli va adolatli ishlab ketishini hamda paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar manfaatdorligini taʼminlash boʻyicha respublika shtabi
TARKIBI
1.
J. Qoʻchqorov
—
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika shtabi rahbari
2.
Sh. Gʻaniyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Respublika shtabi rahbarining oʻrinbosari
3.
J. Xatamov
—
Bosh prokurorning oʻrinbosari
4.
B. Turabov
—
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari
5.
I. Abduraxmonov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
6.
L. Kudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
7.
A. Tashkulov
—
adliya vaziri
8.
S. Nishanbayev
—
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
9.
A. Xaydarov
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
10.
B. Oxunov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
11.
N. Saydullayev
—
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari
12.
Sh. Kudbiyev
—
Soliq qoʻmitasi raisi
13.
A. Qayumov
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
14.
A. Vaxabov
—
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
15.
A. Xaitov
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
16.
D. Vahobov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
17.
I. Xaydarov
—
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi
18.
M. Raxmatov
—
“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi raisi
19.
A. Isroilov
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori
20.
Z. Badriddinov
—
“OʻzRTXB” AJ boshqaruvi raisi
21.
Lavozimi boʻyicha
—
respublika tijorat banklari rahbarlari
22.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari
23.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokurorlari
Izoh: Respublika shtabi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5285-son Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “shartnomada” soʻzi “fyuchers shartnomasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6179-son Farmonida:
a) nomidagi va 1-banddagi “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) Farmonga 1 va 2-ilovalar nomidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Agrar sohani moliyalashtirish boʻlimi 3” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agrar sohani moliyalashtirish boshqarmasi 8”;
“Meva-sabzavot mahsulotlarini moliyalashtirish shoʻbasi 2” bloki chiqarib tashlansin;
izoh qismidagi “29” raqami “32” raqami bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
a) 1 va 2-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“a) paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etiladi”;
“v) paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil qilish boʻyicha qarorga asosan Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha talabgor oʻrtasida uch tomonlama bitim oʻttiz yil muddatga tuziladi. Bunda talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda uch tomonlama bitim yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi”;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmoni 3-bandining “b” kichik bandi “70 foizi” soʻzlaridan keyin “(2023-yil 1-noyabrdan 2024-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda undiriladigan yigʻimning 40 foizi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning “4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi” boʻlimida “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-23-son qarorida:
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoniga asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4633-son qarorida:
4-bandda “kredit mablagʻlaridan” soʻzlaridan keyin “fermer xoʻjaliklari,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi “Paxta xomashyosini yetishtirish va uning yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2-son qarorining 1 va 2-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-son qaroriga 4-ilovaning 32-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil davomida” soʻzlari “2024-yil II chorak” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarorida:
a) 9-bandning “b” kichik bandidagi “1-yanvarga qadar” soʻzlari “1-fevralga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2a-ilovaning 18-pozitsiyasi “2030-yilgacha maqsadli koʻrsatkich” ustunidagi “40 milliard dollar” soʻzlari “30 milliard dollar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 130-son qarorida:
13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 733-son qarorida:
“Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar hokimliklari bilan talabgor oʻrtasida paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida uch tomonlama bitim (keyingi oʻrinlarda — bitim) tuzish tartibi”;
“paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish va samarali tashkil etishda Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining huquq va majburiyatlari”;
“5. Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati Qishloq xoʻjaligi vaziri bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etiladi”;
11-banddagi “Vazirlikka” soʻzi “tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Vazirlik” soʻzi “Tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bunda talabgorning:
toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (ip kalavasi, trikotaj mato, gazlama, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, boʻyash) quvvatlarining kamida ikkita bosqichini yoʻlga qoʻyganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotganligi, tugatilish bosqichida emasligi, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilmaganligi va “yomon” kredit tarixiga ega emasligi hamda murojaat sanasida kredit (lizing, bank kafolati, akkreditiv) va soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligi oʻrganiladi”;
beshinchi xatboshidagi “Vazirlik” soʻzi “tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13. Tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari besh ish kunida talabgor tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq va kamchiliklarsiz taqdim qilingan arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni Vazirlikka kelishish, koʻrib chiqish va klaster tashkil etish yoki tashkil etmaslik toʻgʻrisida aniq xulosa olish uchun taqdim etadi”;
“14. Vazirlik taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni ichida mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq oʻrganib chiqadi hamda klaster tashkil etish yoki tashkil etmaslik toʻgʻrisida tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga xabar yuboradi”;
“15. Tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Vazirlik tomonidan taqdim etilgan klaster tashkil etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnomaga asosan bir ish kunida qaror qabul qiladi”;
“21. Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli qaror qabul qilingandan soʻng:
uch ish kunida tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari talabgorlarni, ularning arizalari qanoatlantirilganligi toʻgʻrisida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi;
besh ish kunida Vazirlik, tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda talabgor oʻrtasida paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida oʻttiz yil muddatga (talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga) uch tomonlama bitim (keyingi oʻrinlarda — bitim) tuziladi. Bunda faoliyat yuritayotgan paxta-toʻqimachilik klasteri bitimning amal qilish muddati tugaganidan keyin bitimni yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustunlik huquqiga ega boʻladi”;
6-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6-bob. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining huquq va majburiyatlari”;
“47. Paxta-toʻqimachilik klasteri bilan tuzilgan bitim bekor qilingan taqdirda, tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Vazirlikka klaster faoliyatini tugatish yuzasidan bir oy muddatda xabar yuboradi”;
“48. Vazirlik ikki hafta muddatda paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tugatish toʻgʻrisida yozma ravishda tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga xabar beradi.
Tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mazkur xabarnomaga asoslangan holda paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
“49. Tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng, uch ish kunida bu haqda faoliyati tugatilgan paxta-toʻqimachilik klasterini xabardor qiladi”;
Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish sxemasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish
Talabgor (jismoniy yoki yuridik shaxs) hududda yangi paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Ixtiyoriy ravishda
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgor tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga yuboradi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish boʻyicha yuborilgan arizalarni qabul qiladi va ularga ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqadi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishish uchun kiritadi.
Besh ish kunida
4-bosqich
Vazirlik
Taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq oʻrganib chiqadi hamda klaster tashkil etish yoki tashkil etmaslik toʻgʻrisida tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga xabar yuboradi.
Besh ish kunida
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Vazirlik tomonidan taqdim etilgan klaster tashkil etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnomaga asosan qaror qabul qiladi.
Bir ish kunida
”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “Paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida”gi 379-son qarorining 2-bandida:
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“paxta-toʻqimachilik klasterlari ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan hududdan qatʼi nazar boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan ularga aloqador korxonalarga paxta xomashyosini shartnomalarda belgilangan muddatlarda toʻlovlarni amalga oshirish sharti bilan yetkazib beriladi”.