Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligining 2006-yil 27-noyabrdagi 11-1481, 10/8, 91-son “Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 1647, 2006-yil 25-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 522-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Qaror
muqaddimasidan “va 2006-yil 17-maydagi “2006-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-351-son qarorining 4-bandi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
a)
Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-maydagi “2005-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-76-son va 2006-yil 17-maydagi “2006-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-351-son qarorlarining 4-bandlariga muvofiq,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 6-bandning
oʻn oltinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v)
7 va
8-bandlardagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“a” va
“b” kichik bandlardan “, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Ekologiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.