Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2014-yil 8-maydagi 92/1, 1-son qarori (roʻyxat raqami 2590, 2014-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 274-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 1-bandning
yettinchi xatboshisidagi “Respublikada karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarning roʻyxatida (roʻyxat raqami 2544, 2013-yil 26-dekabr)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatida (roʻyxat raqami 3357, 2022-yil 31-mart)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “karantin tadbirlarini” degan soʻzlar “oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 2-bobning 4-paragrafi
nomi va
19-banddagi “Karantin tadbirlarini” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarning maqsadi oʻsimliklar karantini obyektlarining xorijiy mamlakatlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalgan hududidan Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini obyektlaridan xoli boʻlgan hududlariga kirib kelishi natijasida zarar yetkazilishi xavfining oldini olish, uni cheklash va bartaraf etishdan iborat hisoblanadi.”.
6.
17 va
20-bandlardagi “Karantin tadbirlari” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7.
18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
8.
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazorati oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.”.