Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3137, 2019-yil 18-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2019-y., 10/19/3137/2632-son) bilan tasdiqlangan Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
5-banddagi “sportni rivojlantirish vazirining” degan soʻzlar “yoshlar siyosati va sport vazirining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
6-banddagi “Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.