toggle_night_mode
Oʻzbekiston respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglamentni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-oktabr kuni roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3472]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 40-moddasi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-oktabr,
75/2023-son
Kelishildi:
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2023-yil 26-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 6-oktabrdagi 75/2023-son buyrugʻiga
ILOVA
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi
REGLAMENT
Mazkur Reglament shaxslarni (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmati (bundan buyon matnda davlat xizmati deb yuritiladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 184-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizom.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman, shahar boʻlinmalari — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari (bundan buyon matnda mahalliy mehnat organlari deb yuritiladi) tomonidan koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom.
2. Davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Mahalliy mehnat organlari tomonidan ariza beruvchiga davlat xizmatini YIDXP orqali koʻrsatish
3. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
4. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
5. Ariza beruvchi YIDXP orqali soʻrovnomani toʻldirgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi. Bunda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi tomonidan toʻldirilgan soʻrovnoma YIDXP orqali avtomatik ravishda yashash joyi yoki turgan joyidagi mahalliy mehnat organiga yuboriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-dekabrdagi 32-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3472-1, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/3472-1/0054-son)
6. Mahalliy mehnat organi soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida ariza beruvchini ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga oladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 45-moddasi birinchi qismi toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilariga muvofiq ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etish boʻyicha rad qilish uchun asoslar mavjud yoki mavjud emasligini “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali vazirlik va idoralarning axborot tizimlari maʼlumotlari asosida tekshiradi.
Bunda, quyidagilar ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etishni rad qilish uchun asos boʻladi:
ariza beruvchi taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan boʻlsa, bundan taʼlimning sirtqi shaklida tahsil olish mustasno;
qonunchilikka muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlsa (pensiya turidan qatʼi nazar);
bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayol boʻlsa;
ishini oʻzgartirmoqchi boʻlgan, lekin mahalliy mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda ishlovchi boʻlsa yoki ularning shtatida hisobda turgan boʻlsa;
sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilingan boʻlsa;
fermer xoʻjaligining rahbari yoki xodimi, oilaviy korxonaning ishtirokchisi, dehqon xoʻjaligining rahbari yoki aʼzosi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlsa.
7. Ishsiz deb eʼtirof etishni rad qilish uchun mazkur Reglamentning 6-bandi ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida belgilangan asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchi mahalliy mehnat organiga kelishi lozimligi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab bir ish kunida mahalliy mehnat organi tomonidan xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish (fuqaro bajarishga qodir boʻlgan, fuqaroning olgan maʼlumoti yoʻnalishi va ixtisosligiga, malakasiga, kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga, sogʻligʻining holatiga koʻra mos keladigan, yashash joyini oʻzgartirishini nazarda tutmaydigan, uning yashash joyidan unchalik uzoq boʻlmagan hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ish haqini kafolatlaydigan ish) yuzasidan taklif olish uchun borishi kerak.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-dekabrdagi 32-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3472-1, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/3472-1/0054-son)
8. Mahalliy mehnat organi tomonidan ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn birinchi kundan kechiktirmay quyidagi asoslarga koʻra qabul qilinadi:
ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun mahalliy mehnat organiga kelsa;
taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz (kasallik yoki hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlar mavjud boʻlmaganda) ikki marta rad etmasa;
ariza beruvchiga u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran dastlabki oʻn kun ichida maqbul keladigan ish taklif etilmagan boʻlsa;
mahalliy mehnat organi ariza beruvchi ishga joylashtirish uchun yuborilgan tashkilotdan rad javobini olgan boʻlsa.
9. Mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida QR-kod qoʻyilgan xabarnomani mazkur Reglamentning 3-ilovasiga muvofiq, shuningdek ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etish rad etilganligi toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan xabarnomani mazkur Reglamentning 4-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiradi.
Bunda, mahalliy mehnat organi xabarnomani qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki kundan kechiktirmay ariza beruvchining YIDXP dagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
10. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Mahalliy mehnat organlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
12. Ariza beruvchilar mahalliy mehnat organlari xodimlarining xatti-harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
13. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglamentga
1-ILOVA
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun YAIXDP orqali roʻyxatdan oʻtadi

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Mahalliy mehnat organi

Ariza beruvchini ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga oladi. Ishsiz deb eʼtirof etishni rad qilish uchun asoslar mavjudligini tekshiradi. Ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etishni rad qilish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, ariza beruvchi mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida kelishi lozimligi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda ariza beruvchini xabardor qiladi.

Murojaat kelib tushgandan soʻng bir ish kuni ichida

Ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs roʻyxatga olingan olingan kundan boshlab bir ish kunida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun boradi.

Ariza beruvchi ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida

4-bosqich

Mahalliy mehnat organi

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash yoki rad etish (agar asoslar mavjud boʻlganda) boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ariza beruvchi ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn bir kun ichida

5-bosqich

Mahalliy mehnat organi

Ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi yoki uni ishsiz deb eʼtirof etish rad etilganligi (agar asoslar mavjud boʻlganda) toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan xabarnomani ariza beruvchiga elektron tarzda YIDXP orqali yuboradi.

Ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng ikki kun ichida

Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglamentga
2-ILOVA
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):‎

2. Familiyasi‎

3. Ismi:‎

4. Otasining ismi:‎

5. Tugʻilgan yili va sanasi:‎

6. Yashash manzili:‎

7. Maʼlumoti (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy):‎

8. Tugallagan taʼlim muassasasining nomi:‎

9. Mutaxassisligi (mavjud boʻlsa):‎

10. Kasbi (mavjud boʻlsa):‎

11. Oxirgi ish joyi:‎

12. Telefon raqami:‎

13. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-dekabrdagi 32-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3472-1, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/3472-1/0054-son)
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglamentga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida

XABARNOMA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

(vakolatli organning nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20__ yil “___” ___________dagi

___________________________________________________(yil, kun, oy)

____________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasiga muvofiq, ________________________ tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining ________ -yildagi _______-son buyrugʻi bilan (ariza beruvchining F.I.O.)ni ishsiz deb eʼtirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxs uchun zarur boʻlgan axborotlar:

1. Ishsizlik nafaqasi ______sanadan boshlab hisoblanadi va uning miqdori _______ soʻmni tashkil etadi.

2. Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsning ________________________ tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga qayta roʻyxatdan oʻtish uchun majburiy kelish sanasi — kk.oo.yyyy gacha.

3. Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsning huquq va majburiyatlari:

ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxs ishsizlik nafaqasini har oyda va mahalliy mehnat organining buyrugʻida belgilangan miqdorda olish;

ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs kasal boʻlgan taqdirda ishsizlik nafaqasini ishsiz shaxsning qarindoshlari (otasi, onasi, eri (xotini), voyaga yetgan bolalari) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ishsiz shaxsning boshqa ishonchli shaxslari tomonidan olishga yoʻl qoʻyiladi;

ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yoʻllanma yoxud kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malakasini oshirishga yoʻllanma olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart.

4. Ishsizlik nafaqasini olish shartlari va joyi:

ishsizlik nafaqasi oʻn ikki oylik davr ichida koʻpi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida toʻlanadi;

ishsizlik nafaqasining eng kam miqdori — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining kamida yetmish besh foiziga teng;

ishsizlik nafaqasi ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan birinchi kundan eʼtiboran hisoblanadi va toʻlanadi.

Joriy oyda ishsizlik nafaqasini toʻlash oʻtgan oy uchun amalga oshiriladi.

Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.

Maʼsul ijrochi F.I.O:

Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi nomi va telefon raqami:
 

QR-kod

Eslatma: Mazkur xabarnoma boʻyicha eʼtirozlaringiz boʻlsa, yashash joyi yoki turgan joyingizdagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin!
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-dekabrdagi 32-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3472-1, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/3472-1/0054-son)
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglamentga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish rad qilinganligi toʻgʻrisida

XABARNOMA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

________________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida

(vakolatli organning nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20__ yil “___” _________________dagi

___________________________________________________________(yil, kun, oy)

____________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib,

_______________________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.

________________(Shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish)

Rad etish asoslari (Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 45-moddasi birinchi qismida belgilangan holatlar):

1.

2.

3.

Axborot tariqasida maʼlum qilinadiki, zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻrisida”gi Qonunining 45-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ishsiz shaxs deb eʼtirof etish rad qilingan shaxs taklif etilgan ishni rad etgan paytdan yoki maqbul kyeladigan ish boʻyicha taklif olish uchun mahalliy myehnat organiga uzrli sababsiz kelmagan paytdan eʼtiboran ttiz kalendar kun oʻtganidan keyingina ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega.

_______________________________

___________________________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O)

QR-kod

Eslatma: Mazkur xabarnoma boʻyicha eʼtirozlaringiz boʻlsa, yashash joyi yoki turgan joyingizdagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin!
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-dekabrdagi 32-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3472-1, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/3472-1/0054-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 10/23/3472/0820-son; 20.01.2026-y., 10/26/3472-1/0054-son)