toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Notariuslar va kadastr organlarining idoralararo hamkorligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda bitimlarni notarial tasdiqlash va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi isloh qilinib, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, notariuslar va kadastr organlarining idoralararo oʻzaro hamkorligini takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, notariuslar va kadastr organlarining idoralararo oʻzaro hamkorligida aholiga davlat xizmatlarini samarali koʻrsatishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator tizimli muammolar mavjud.
Xususan, koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvida yer uchastkalari va koʻp yillik dov-daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyilmaganligi hamda ipoteka shartnomalari notarial idoralardan kadastr organlariga yuborilmayotganligi ushbu davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, notarial tasdiqlash va koʻchmas mulkka kadastr pasportini berish boʻyicha aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini isloh qilish hamda ushbu sohadagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
notariuslar bilan maʼlumot almashinuvida yer uchastkalari va koʻp yillik dov-daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taqdim etish;
turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildini taqdim etish amaliyotini bekor qilish;
notariuslar va kadastr organlarining oʻzaro hamkorligini “Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshirish;
koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda kadastr pasportini tayyorlashning aniq muddatlarini belgilash.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-sentabr,
470-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-sentabrdagi 470-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“12. Bitimni notarial tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
elektron arizaning noyob raqami;
pasport yoki bitim tomonlarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
xususiylashtirilgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishda — koʻchmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
agar koʻchmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;
agar koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa — garovga oluvchining roziligi;
agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi;
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va boshqalar);
davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Koʻchmas mulkning kadastr maʼlumotlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, shuningdek, doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslarning pasportiga oid maʼlumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil oladilar.
Yuridik shaxslarning koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash taraflarning oʻz xohishiga koʻra amalga oshiriladi hamda majburiy tusga ega emas”;
v) 13-bandining birinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining” soʻzlari “Davlat kadastrlari palatasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning “Maʼlumotlarni qabul qiluvchi idora” ustunidagi ““Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

6.

Koʻchmas mulkning kadastr maʼlumotlari, koʻchmas mulkni boshqaga oʻtkazish taqiqlanganligi va xatlanganligi haqidagi maʼlumotlar

Notarial idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

Koʻchmas mulkning kadastr raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha

;

7-pozitsiyaning “Maʼlumotlarni taqdim etuvchi idora” ustunidagi ““Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 14-sentabrdagi 733-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumotlar olishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq”;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-bandning oltinchi xatboshisidagi “yigʻma jildi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11-bandning oltinchi xatboshisidagi “yigʻma jildi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilovaning 1-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumotlar olishning maʼmuriy reglamenti”;
1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Reglament notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasi notarial tasdiqlashda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqidagi maʼlumotlarni (yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlarning tegishliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yashash) maydoni hajmi, soni, koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi) (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumot) olishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari) bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Notariuslarning Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali yoki “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Bunda soʻrov bilan yuborilayotgan maʼlumotlar Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) boʻlmaganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi”;
2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumot olishda notariuslar va Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi”;
4 — 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar mulkdori yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning nomidan harakat qilishga vakolatli boʻlgan vakil koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlash uchun notariusga koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Bunda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlarning toʻliq boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini tasdiqlash ishlarini amalga oshirishda maʼlumotlar notariuslarga kuryerlik xizmati yoki “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali real vaqt rejimida mustaqil taqdim etiladi.
5. Notariuslar yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqidagi maʼlumotni olish uchun ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq kuryerlik xizmati orqali yozma yoki “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda soʻrovnoma bilan murojaat qiladi.
6. Soʻrovnomada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
soʻrov yoʻllayotgan notarial idora nomi;
soʻrov yoʻllayotgan notarial idora manzili (agar soʻrovnoma yozma shaklda boʻlsa);
soʻrovnoma yoʻllangan sana va qayd raqami;
soʻrov yoʻllanayotgan Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali nomi;
koʻchmas mulkning kadastr maʼlumotlari (koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat reyestri raqami va kadastr raqami);
soʻrovnoma yoʻllangan notarial idora notariusining F.I.O.;
soʻrovnoma yoʻllagan notarial idora notariusining imzosi va muhri (agar soʻrovnoma yozma shaklda boʻlsa).
7. Soʻrovnoma elektron tarzda rasmiylashtiriladi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali real vaqt rejimida joʻnatiladi.
8. Soʻrovnomada maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan taqdirda Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali maʼlumotnomani berishni rad etadi.
Boshqa asoslarga koʻra yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumot berishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
9. Notariusning soʻrovnomasiga Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda, agar soʻrovnoma:
kuryerlik xizmati orqali yuborilsa — bir soat ichida yozma yoki elektron shaklda;
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yuborilganda — zudlik bilan real vaqt rejimida elektron shaklda javob yoʻllanadi.
Bunda soʻrov bilan yuborilayotgan maʼlumotlar Axborot tizimida boʻlmaganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yoki kuryerlik xizmati orqali taqdim etiladi.
10. Yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumotlar Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari tomonidan bepul beriladi.
11. Notarius soʻrovnomasiga asosan beriladigan maʼlumotda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali nomi;
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialining manzili (agar javob yozma shaklda boʻlsa);
maʼlumotnoma tuzilgan sana va qayd raqami;
maʼlumotnoma yuborilayotgan notarial idora;
yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar mulkdori haqidagi maʼlumotlar (agar mulkdor jismoniy shaxs boʻlsa, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta raqami, yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi);
yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar kadastr maʼlumotlari (yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar tarkibi, joylashgan manzili, ularga boʻlgan huquq guvohnomasi raqami, kadastr raqami, umumiy (yashash) maydoni hajmi, kadastr qiymati);
koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumot;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida, ularning mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumot.
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali xodimining lavozimi va F.I.O.;
imzo va muhr (agar javob yozma shaklda boʻlsa)”;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumotlar olishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumotlarni olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlash haqida notariusga murojaat qilish.

1. Oʻz xohishiga koʻra

2. Koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish.

2. Murojaat qilganda

2-bosqich

Notarius

Yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan hududdagi Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filialiga kuryerlik xizmati yoki “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumotlarni soʻrab soʻrovnoma yuborish.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

Notarius soʻroviga asosan yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlarning tegishliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yashash) maydoni hajmi, koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi maʼlumotni taqdim etish.

Agar soʻrovnoma:

kuryerlik xizmati orqali yuborilsa — bir soat ichida

“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali real vaqt rejimida

 

4-bosqich

Notarius

Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlash.

Hujjatlar toʻliq taqdim etilganda 30 daqiqa ichida

;

2 va 3-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumotlar olishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqidagi maʼlumotlarni olish uchun soʻrovnoma shakli

_____________________
‎_____________________ notarial tashkilotning nomi va manzili

____________________
‎Sana

_____________________
‎qayd raqami

____________________
‎Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali nomi

Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqidagi maʼlumotlarni olish uchun
‎SOʻROVNOMA

Bino va inshoot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq guvohnomasi raqami

2. Kadastr raqami
_____________________

____________________

Notarius F.I.O.


‎QR-kod

imzo va muhr
‎(agar soʻrovnoma yozma shaklda boʻlsa)

“Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik dov-daraxtlar haqida maʼlumotlar olishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Koʻchmas mulk haqida maʼlumot shakli

_____________________
_____________________‎
‎Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali nomi

_____________________

_____________________

Sana

qayd raqami


‎_____________________
‎notarial tashkilotning nomi va manzili

Koʻchmas mulk haqida
‎MAʼLUMOT

Koʻchmas mulk mulkdori — jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi, raqami, uni bergan organ va berilgan vaqti

3. Doimiy yashash manzili

Koʻchmas mulk mulkdori — yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Nomi
2. STIR

Koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Koʻchmas mulk joylashgan manzil
2. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq guvohnomasi raqami
3. Kadastr raqami
4. Koʻchmas mulk tarkibi
5. Umumiy maydoni hajmi
6. Yashash maydoni hajmi
7. Koʻchmas mulk inventar bahosi

8. Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi

________________________

___________________

Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali mansabdor shaxsi lavozimi, F.I.O.


‎QR-kod

imzo va muhr (agar soʻrovnoma yozma shaklda boʻlsa)

”;‎

4-bandning birinchi xatboshisidagi “koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilovaning 1-bosqich “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Xususiylashtirilgan turar joyni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlash haqida notariusga murojaat qilish.
2. Koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish”;
d) 5-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Yuridik shaxs haqidagi maʼlumotlar davlat xizmatlari markazlari tomonidan bepul beriladi”;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻchmas mulkning kadastr maʼlumotlari (koʻchmas mulk joylashgan manzil, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat reyestridan reyestr raqami va kadastr raqami)”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 16-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi boʻyicha:
umumiy maydoni 1 gektargacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 25 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 30 ish kunigacha”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (3-ilova) 8-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi boʻyicha:
umumiy maydoni 1 gektargacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 25 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 30 ish kunigacha”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 09/23/470/0707-son)