toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Toʻqimachilik sanoatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Toʻqimachilik sanoati korxonalarining mavjud imkoniyatlarini toʻliq safarbar etish, ularning eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida:
1. Gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarni revolver kreditlash asosida aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga buyurtmalarga asosan 2023-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan qoʻshimcha 50 million AQSh dollari 2026-yil 1-yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada ajratilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-sentabr,
PF-155-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PF-155-son Farmoniga

ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

ikkinchi xatboshidagi “2023-yilda 50 million AQSh dollari va 2024-yilda 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar 2026-yil 1-yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada” soʻzlari “2023-yilda 100 million AQSh dollari va 2024-yilda 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar 2024-yil avgustdan boshlab 2026-yil 1-yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “100” raqami “50” raqamiga almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 06/23/155/0666-son)