1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublikada keng turdagi sifatli toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik mahsuloti deb yuritiladi) ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik sanoati deb yuritiladi) rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirildi.
Shu bilan birga, oʻtkazilgan oʻrganishlarda mamlakat toʻqimachilik sanoatining izchil rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan qator tizimli muammolar aniqlandi,xususan:
birinchidan, tarmoqning yetarli salohiyatiga qaramasdan, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda uygʻunlashgan texnologik zanjirning mavjud emasligi sababli 2017-yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlarining respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 4,6 foizni tashkil etdi;
ikkinchidan, toʻqimachilik sanoatining boshqaruv tizimi tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan muammolarning toʻplanib qolishiga olib kelmoqda hamda uning jadal modernizatsiya qilinishiga toʻsqinlik qilmoqda;
uchinchidan, milliy standartlar va toʻqimachilik mahsulotlarining sinovlari boʻyicha laboratoriyalarning xalqaro standartlar va talablar bilan uygʻunlashtirish ishlarining qoniqarsizligi, shuningdek, sifat menejmenti zamonaviy tizimlarini joriy etishning past darajada ekanligi mahalliy mahsulotlarni yirik xorijiy savdo bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda mahsulotlar sifati va xavfsizligiga boʻlgan ishonchni oshirishga toʻsiq boʻlmoqda;
toʻrtinchidan, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va toʻqimachilik sanoati rivojlanishining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash uchun shart-sharoit yaratmayapti;
beshinchidan, xom ashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona taqsimlanishi, logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi kamchiliklar ishlab chiqarish quvvatlari ancha qismining toʻxtab qolishiga, iqtisodiy yoʻqotishlarga va oqibatda mahsulotlar tannarxining oshishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishiga olib kelmoqda;
oltinchidan, toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishning barqaror ustunlik qilishi, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib raqobatlashishga qodir boʻlgan milliy brendlarni shakllantirishning yetarli darajada emasligi toʻqimachilik sanoati korxonalari daromadlarini oshirish imkonini bermayapti;
yettinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi toʻqimachilik sanoatining real ehtiyojlariga javob bermaydi, tarmoqni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha oʻqitishning innovatsion yoʻnalishlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan.
Respublika toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishini taʼminlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi toʻqimachilik sanoatini yanada isloh qilishning muhim yoʻnalishlari etib belgilansin:
birinchidan, toʻqimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh toʻqimachilik mahsulotlarini yuqori texnologik ishlab chiqarishga qayta yoʻnaltirish orqali hajmi va sifatini oshirish;
ikkinchidan, toʻqimachilik sanoatining boshqaruv tizimini ilgʻor menejment texnologiyalari, tarmoq korxonalariga har tomonlama koʻmaklashish va koʻllab-quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta koʻrib chiqish;
uchinchidan, toʻqimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uygʻunlashtirish, shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan oʻtkazish orqali yanada takomillashtirish;
toʻrtinchidan, tarmoqqa toʻqimachilik mahsulotlari mahalliy va xorijiy bozorlarining holati hamda rivojlanish tendensiyalari haqidagi ishonchli va oʻz vaqtida axborotlar olishni taʼminlash imkonini beruvchi ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish;
beshinchidan, paxta xom ashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha boʻlgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning klaster modelini amalga oshirish;
oltinchidan, xom ashyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va tashkil etilayotgan tarmoq korxonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan oʻzaro uzviy bogʻliqlikda, shu jumladan koʻp funksiyali transport-logistika xablarini qurish, yuklarni yetkazishning optimal yoʻnalishlari hamda yoʻlaklarini tanlash, shuningdek, transportda yuk tashish tariflarini optimallashtirish orqali joylashuvini taʼminlash;
yettinchidan, yuqori sifatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
sakkizinchidan, talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha yoʻnalishlarni kengaytirgan holda toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini, shuningdek, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni faollashtirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
2. Oʻzbekiston Respublikasida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishiga shaxsan javobgardir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
3. 2018-yil paxta hosilidan boshlab, eksperiment tartibida mahalliy toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan (keyingi oʻrinlarda fermer xoʻjaliklari deb yuritiladi) paxta xom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berish, shu jumladan quyidagi shartlarni nazarda tutuvchi tizim joriy etilsin:
xarid qilinadigan paxta navi va hajmi, uni yetkazib berish muddatlari hamda tartibi fermer xoʻjaligi va toʻqimachilik sanoati korxonasi oʻrtasida tuziladigan fyuchers shartnomasida belgilanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlash paxta tozalash korxonasi tomonidan qayta ishlash asosida yoxud toʻqimachilik korxonasi tomonidan xususiy yoki ijaraga olingan paxta tozalash korxonasida amalga oshiriladi;
toʻqimachilik sanoati korxonalari fermer xoʻjaliklarining xarajatlarini (chigit, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, ish haqini toʻlash va koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash xarajatlari, boshqa sarf-xarajatlar) tuzilgan shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yoʻli bilan moliyalashtirishni amalga oshiradi;
toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi narxi fermer xoʻjaliklarining haqiqiy xarajatlarini va rentabelligini tahlil qilishdan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun oʻrnatilgan narxlardan past boʻlmasligi lozim;
toʻqimachilik sanoati korxonalari olingan chigitni shartnoma asosida yogʻ-moy korxonalariga, qoʻshimcha mahsulotlarni (lint, oʻlik paxta) boshqa isteʼmolchilarga realizatsiya qiladi;
toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilingan paxta xom ashyosidan faqatgina uni keyinchalik chuqur qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
2018-yil 10-yanvarga kadar muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari ishtirokchilari bilan paxta xom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berish tizimiga kiritilayotgan eksperimentni hisobga olgan holda, paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalarining fermer xoʻjaliklari bilan oʻrnatilgan tartibda qayta tuzilishini;
2018-yil 15-yanvarga kadar muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqimachilik sanoati korxonalari bilan paxta xom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berishning kiritilayotgan tizimini hisobga olgan holda, paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari fermer xoʻjaliklari bilan qayta tuzilishidan kelib chiqib, eksperiment oʻtkazish uchun hududlar va yer uchastkalari maydonlarining belgilanishini;
toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqimachilik sanoati korxonalari bilan paxta xom ashyosini yetishtirishga shartnoma tuzgan fermer xoʻjaliklarini aniqlashni hisobga olgan holda, 2018-yil 1-fevralga kadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlari balansi shakllantirilishini;
2018-yil 15-yanvarga kadar muddatda 2018-yil hosilining paxta xom ashyosi uchun davlat xaridi narxi belgilanishini;
qayta tuzilgan shartnomalarni hisobga olgan holda, 2018-yil 20-yanvarga qadar muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari ishtirokchilari bilan paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari bilan qamrab olinmagan fermer xoʻjaliklari kesimida 2018-yil hosilining paxta xom ashyosi ekilishi uchun “Oʻzpaxtasanoat” AJ buyurtmasining hajmi aniqlanishini taʼminlasin.
4. Toʻqimachilik sanoati korxonalari, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi deb yuritiladi) tashkil etish;
“Oʻzbekyengilsanoat” AJni uning mol-mulklari va davlatga tegishli boshqa mablagʻlari, shuningdek, debitor qarzdorligini keyinchalik “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga begʻaraz oʻtkazish orqali tugatish;
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tuzilmasida tizimli muammolarni bartaraf etish, marketing innovatsiyalarini faol joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashni taʼminlovchi maslahat organi — Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
5. Quyidagilar:
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi aʼzolari toʻqimachilik sanoati korxonalari va tashkilotlari hisoblanishi;
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining joriy taʼminoti va faoliyatini moliyalashtirish uyushma aʼzolarining badallari va ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi;
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari uyushma aʼzolari umumiy yigʻilishining qarori bilan saylanishi;
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi bir vaqtning oʻzida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
6. Quyidagilar “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
xom ashyoni qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va koʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarida tadqiqotlar oʻtkazish asosida tarmoqni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
toʻqimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uygʻunlashtirish, shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan oʻtkazish orqali takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
toʻqimachilik sanoati korxonalarining faoliyatiga innovatsion texnologiyalar, shu jumladan dizaynerlik ishlanmalari, nou-xau, sifat menejmenti tizimlari va zamonaviy marketing xizmatlari keng joriy etilishini taʼminlash;
ichki bozorni yuqori sifatli mahalliy toʻqimachilik mahsulotlari bilan toʻldirish va uning eksport geografiyasini, shu jumladan turli axborot resurslarida hamda mamlakatdagi va xorijdagi koʻrgazma tadbirlarida milliy brendlarni yoʻnaltirishni ilgari surish va toʻqimachilik sanoati korxonalarining salohiyatini namoyish qilish orqali kengaytirish boʻyicha tizimli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
toʻqimachilik sanoatiga chet el investitsiyalarini, shu jumladan logistika va muhandislik infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida faol jalb qilish;
toʻqimachilik sanoati korxonalari, paxta-toʻqimachilik klasterlarini hududlar salohiyatining yanada rivojlanish istiqbollaridan, xom ashyo bazasi, infratuzilmasi, mehnat resurslari va bozorlarning mavjudligidan kelib chiqib joylashtirishga koʻmaklashish;
tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda toʻqimachilik sanoati sohasida kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni va ularni tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish;
tarmoqning jadal rivojlanishi va toʻqimachilik sanoati korxonalarining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
7. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
8. Paxta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ishchi komissiya Buxoro va Navoiy viloyatlarida paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etilishining borishini oʻrganish natijalarini hisobga olgan holda, bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Paxta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
toʻqimachilik sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, hududlarda paxta-toʻqimachilik klasterlarini joylashtirish tartibi, ularni shakllantirish muddatlari va bosqichlarini belgilash;
paxta-toʻqimachilik klasteri ishtirokchilariga yer, suv va boshqa resurslardan samarali va oqilona foydalanishni hisobga olgan holda, tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini koʻllash imkoniyati;
tashkiliy-xoʻjalik munosabatlarning shakllari, asosiy kompaniyaning paxta-toʻqimachilik klasteri ishtirokchilari oldidagi majburiyatlari;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster modelini tashkil qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani tizimli tahlil qilish va joriy etish;
paxta xom ashyosiga davlatning buyurtmasini bosqichma-bosqich qisqartirishni taʼminlaydigan xususiy kapital va chet el investitsiyalarini jalb etish hisobiga qishloq xoʻjaligida moliyaviy munosabatlarni yaxshilashga taʼsir etish istiqbollarini baholash;
qishloq xoʻjaligi va boshqa qoʻshimcha mahsulotlar ishlab chiqarishning (chorvachilik, issiqxona xoʻjaliklari va boshqalar) qayta ishlash tarmoqlari rivojlanishiga taʼsirini tahlil qilish.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
9. Belgilab qoʻyilsinki, toʻqimachilik sanoati korxonalari:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
2021-yil 1-yanvarga qadar muddatda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan paxta, sunʼiy va sintetik tola, jun, xom ashyo va boshqa materiallar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori sifatli mahsulotlarni yagona “Uztextile” belgisi bilan eksport qiladi.
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga davlat bojini toʻlamagan holda uyushma aʼzolarining manfaatlarini koʻzlagan xolda davlat organlari va boshqa tashkilotlar qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi berilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
11. “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga kadar muddatda toʻqimachilik sanoati sohasida, shu jumladan mavjud xalqaro akkreditatsiyaga ega laboratoriyalar sonini koʻpaytirish, toʻqimachilik sanoati milliy standartlarini xalqaro standartlarga tezkor va toʻliq muvofiqlashtirishni taʼminlash, toʻqimachilik sanoati korxonalarida zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy qilishni nazarda tutuvchi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga qadar muddatda mahalliy paxta tolasini sotish uchun, shu jumladan boshqa mamlakatlar-yetishtiruvchilarning paxta hajmlarini jalb qilishni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonlarini tashkil etish, shuningdek, toʻqimachilik sanoati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan aksessuarlar, furnituralar, boʻyoqlar va kimyoviy vositalarning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarkasini tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi buyurtmalari boʻyicha toʻqimachilik sanoat korxonalari tomonidan jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga kirish vizalarini rasmiylashtirishni taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining buyurtmalari boʻyicha toʻqimachilik sanoat korxonalari tomonidan jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishi, shuningdek, ularni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularning uzaytirilishini taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 1-iyuldagi “Respublika yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3102-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Z.T. Mirzayev, N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-dekabr,
PF-5285-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish
“Yoʻl xaritasi”
T/r
Tadbirlarning nomlanishi
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish muddatlari
Masʼul ijrochilar
I. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik sanoati deb yuritiladi) sohasida boshqaruv va kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish
1.
Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasining (keyingi oʻrinlarda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi deb yuritiladi) taʼsis yigʻilishini oʻtkazish, oʻrnatilgan tartibda Ustav va boshqa taʼsis hujjatlarini (“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga korxonalarning kirishini aniq mezonlari va shaffof mexanizmlarini aniqlashni nazarda tutgan holda) tasdiqlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash, shuningdek, uning ishchi organlarini shakllantirish.
Toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash tizimini, shu jumladan:
tarmoqda talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar (muhandis-texnik mutaxassislar, texnologlar, kashta, gazlama va toʻqish turlarining zamonaviy uskunalarini dasturlovchilar, mexanik-sozlovchi va toʻqimachilik uskunalari elektronchilari va boshqalar) boʻyicha kadrlar tayyorlashning muhim va istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash;
toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
oʻquv yuklamalarining umumiy hajmida amaliy mashgʻulotlarni, birinchi navbatda, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida koʻpaytirish;
oliy va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
toʻqimachilik sanoati sohasida ilmiy izlanishlarni, shu jumladan tayanch ilmiy-tadqiqot muassasalarini yaratish orqali faollashtirish;
yetakchi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlarni tuzish, ularning mutaxassislarini, shuningdek, yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining oʻqituvchi-amaliyotchilarini taʼlim berish uchun taklif qilish orqali takomillashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2018-yil 1-martga
qadar
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi
4.
Respublika mutaxassislarini (xususan davlat taʼlim muassasalari, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari) toʻqimachilik sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oʻqishini tashkil etish, oʻquv jarayoniga xorijiy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini, jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar koʻmagida jalb etish.
Stajirovkalar
rejasi
2018-yil
15-yanvarga qadar tasdiqlash
Reja asosida amalga oshirish
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
II. Toʻqimachilik sanoatida ishlab chiqarishni, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish
5.
Ishlab chiqarish, narxlarni shakllantirish va paxta xom ashyosini sotish jarayonlariga, shu jumladan ishlab chiqarish rentabelligini oshirishni hisobga olgan holda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tanqidiy va har tomonlama oʻrganish, shuningdek, takliflar tayyorlash.
Oʻrganish oʻtkazish, takliflar kiritish
2018-yil 1-fevralga
qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Qishloq va suv xoʻjaligi vazipligi,
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat investitsiya qoʻmitasi,
“Oʻzpaxtasanoat” AJ,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
6.
Paxta eksporti hajmini tobora qisqartirish va ichki bozorda uni chuqur qayta ishlashning oʻsishini taʼminlash.
Gazlamalar ishlab chiqarish, boʻyash, rasm solish, sanoat kashtachiligi va yuqori qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlari bilan bogʻliq boshqa faoliyat boʻyicha ishlarni (xizmatlarni) amalga oshiruvchi korxonalar faoliyatini yanada ragʻbatlantirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2018-yil 1-fevralga
qadar
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
DSQ
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini quyidagilarni hisobiga olgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqish:
respublika bozorida yuqori import ulushi boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik mahsulotlari deb yuritiladi) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni ushbu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va kengaytirish maqsadida aniqlash;
tashkil etilayotgan toʻqimachilik korxonalarining, shu jumladan yangi tashkil etilayotgan va mavjud yuklanmagan ishlab chiqarish quvvatini real taʼminlash imkoniyatini hisobga olgan holda yangi quvvatlarni kiritish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarni optimallashtirish orqali muvozanatini taʼminlash;
toʻqimachilik sanoati korxonalariga xom ashyo resurslarini yetkazib berishning amaldagi tizimini oʻrganish hamda talab qilingan miqdor va sifatdagi xom ashyo resurslariga kafolatlangan holda taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ishlab chiqariladigan toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish boʻyicha barcha shart-sharoit va qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi omillarni yaratish;
tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarilishini cheklovchi import boʻyicha olib kirilayotgan butlovchi buyumlar turlarini batafsil oʻrganish, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni yaratishni ragʻbatlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish;
Dasturga kiritilgan loyihalar bajarilishining har yillik inventarizatsiyasini oʻtkazish, amaldagi toʻqimachilik sanoati korxonalarini texnologik auditdan oʻtkazish va Dasturlar parametrlari va keyingi yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxatiga tuzatishlar kiritish;
xalqaro tajriba hamda qurilish va ishlab chiqarishni jihozlashning zamonaviy texnologiyalariga muvofiq ravishda ishlab chiqarishga moʻljallangan obyektlarni loyihalashtirish sifati va samaradorligini oshirish, loyiha institutlari, shu jumladan “Oʻzengsanloyiha” bazaviy instituti ishlarini takomillashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi
2018-yil 15-fevralga
qadar
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
“Oʻzpaxtasanoat” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar
9.
Quyidagi maqsadlarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan, shu jumladan bevosita toʻqimachilik komplekslari tashkilotlarini moliyalashtirish orqali foydalanishni kengaytirish:
investitsiya jozibadorligi boʻlmagan toʻqimachilik sanoati obyektlariga investorlarni jalb qilish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvati sust boʻlganlarning ish darajasini oshirish;
respublika hududlarida yagona kompleksda mahalliy xom ashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash va tayyor mahsulot tayyorlash imkonini beruvchi zamonaviy paxta-toʻqimachilik klasterlarini yaratish;
yagona ishlab chiqaruvchi klasterlar doirasida mahalliy xom ashyoni ishlab chiqarishdan boshlab tayyor toʻqimachilik mahsulotini tayyorlashning barcha bosqichlarini birlashtirishni nazarda tutuvchi maxsus hududlarni (texnoparklar, sanoat hududlari) yaratish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi
2018-yil 1-martga
qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
Davlat investitsiya qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar
10.
Toʻqimachilik sanoati korxonalari tashkil etilgan hududlar va joylardagi energiya taʼminotining tashqi muhandislik infratuzilmasini ularni modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini qabul qilish bilan inventarizatsiyadan oʻtkazish.
Inventarizatsiya tashkil etish, modernizatsiyalash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
2018-yil 1-mayga
qadar
“Oʻzbekenergo” AJ,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
tarmoq korxonalari
11.
Fermer xoʻjaliklari yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari (keyingi oʻrinlarda fermer xoʻjaliklari deb yuritiladi) va toʻqimachilik sanoati korxonalari oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida toʻgʻridan-toʻgʻri fermer xoʻjaliklarida paxta-chigitni mahalliy toʻqimachilik sanoati korxonalarining buyurtmasi va dastlabki avanslari boʻyicha ishlab chiqarishni tajribadan oʻtkazish uchun hududlar va yer uchastka maydonlari roʻyxatini tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2018-yil 15-yanvarga
qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Qishloq va suv xoʻjaligi vazipligi,
Davlat raqobat qoʻmitasi,
DSQ,
“Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
12.
Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan olib kiriladigan, bojxona toʻlovlari va boshqa yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinadigan texnologik uskunalarga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar roʻyxatining tasdiqlanishini taʼminlash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori asosida).
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2018-yil 15-yanvarga qadar
DBQ, DSQ,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
Davlat investitsiya qoʻmitasi,
“Oʻzpaxtasanoat” AJ
13.
Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan, bojxona bojlari va boshqa yigʻimlardan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinadigan paxta, sunʼiy va sintetik tolalar, jun, xom ashyo va boshqa materiallar roʻyxatining tasdiqlanishini taʼminlash.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2018-yil 15-yanvarga
qadar
DBQ, DSQ,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat investitsiya qoʻmitasi,
“Oʻzpaxtasanoat” AJ
14.
Mahsulotlarni yagona “Uztextile” belgisi bilan eksport qilish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi
2018-yil 1-fevralga
qadar
Tashqi savdo vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Davlat investitsiya qoʻmitasi,
DBQ
15.
Toʻqimachilik sanoati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan aksessuarlar, furnituralar, boʻyoqlar va kimyoviy vositalarning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarkasini tashkil etish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2018-yil 1-martga
qadar
Tashqi savdo vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Davlat investitsiya qoʻmitasi,
MTRK, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzekspomarkaz” AJ
16.
Paxta-chigit, tabiiy va sunʼiy tolalarni qayta ishlash, toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish, shu jumladan eksport qilish sohasida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish.
Idoraviy hujjatlar
2018-yil 1-fevralga
qadar
Davlat statistika qoʻmitasi,
Qishloq va suv xoʻjaligi vazipligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
“Oʻzpaxtasanoat” AJ,
DSQ, DBQ,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
17.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida keng turdagi, shuningdek, aholi uchun arzon boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlari yarmarkasini doimiy asosda, biroq yiliga kamida toʻrt marotaba tashkil etish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy toʻqimachilik mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazishda, shu jumladan yarmarkalar oʻtkazish uchun joylarni begʻaraz ajratish orqali har tomonlama koʻmak koʻrsatish.
Yarmarkalar
oʻtkazish rejasi
Tashkiliy
chora-tadbirlar
Reja asosida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
III. Tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, toʻqimachilik sanoatiga xalqaro standartlarni joriy qilish
18.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi paxta, toʻqimachilik mahsulotlarining eksportini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish:
paxta va mahsulotlar eksportining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, eksport qiluvchilarni diversifikatsiyalash, shuningdek, ichki bozor ehtiyojlarining hisobini yuritish;
bojxona toʻlovlarini optimallashtirish va tayyor mahsulotlar yirik isteʼmolchilari hisoblangan xorijiy mamlakatlar bozoriga chiqish imkoniyatlarini soddalashtirish masalasida ular bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish.
Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2018-yil 15-yanvarga
qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Davlat investitsiya qoʻmitasi
19.
Mahalliy paxta-tolasini sotish uchun, shu jumladan boshqa ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning paxta hajmlarini jalb qilishni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan elektron birja savdolari maydonlarini yaratish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2018-yil 1-martga
qadar
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
“Oʻzpaxtasanoat” AJ,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
20.
Quyidagilarga yoʻnaltirilgan ishlab chiqaruvchilarning transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida samarali logistika tizimini rivojlantirish:
yirik koʻp funksiyali transport-logistika xablarini qurish;
toʻqimachilik mahsulotlarini yetkazishning optimal yoʻnalish va yoʻlaklarini tanlash;
tashish tariflarini optimallashtirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2018-yil 1-martga
qadar
Tashqi savdo vazirligi,
Avtomobil va daryo transporti agentligi, DBQ,
“Oʻzpaxtasanoat” AJ, Iqtisodiyot vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
21.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi toʻqimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish:
xalqaro akkreditatsiyaga ega boʻlgan mavjud laboratoriyalar sonini koʻpaytirish;
toʻqimachilik sanoati korxonalarida zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy qilish.
Kompleks
chora-tadbirlar
2018-yil 1-martga
qadar
“Oʻzstandart”agentligi,
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
22.
Quyidagilar hisobiga mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorda reklama qilish va ilgari surish boʻyicha samarali ishlarni yoʻlga qoʻyish:
toʻqimachilik mahsulotlari yirik bozorlarida Oʻzbekiston savdo uylari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqaruvchilar mablagʻlarini jalb qilish va tarmoq korxonalarining amaldagi xorijiy savdo uylaridan foydalanish orqali tashkil etish;
toʻqimachilik mahsulotlarini, birinchi navbatda, mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarda ilgari surish boʻyicha reklama va marketing faoliyatini faollashtirish;
milliy toʻqimachilik mahsuloti yagona brendini rivojlantirish;
oʻz brendlariga ega boʻlgan yetakchi kompaniyalarni Oʻzbekistonning toʻqimachilik tarmoqlariga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni faollashtirish;
sohani ommaviy axborot vositalari va Internetda, shu jumladan xorijda davriy maxsus dasturlar va reklama roliklarining siklini tayyorlash va chiqarish orqali axborot koʻmagi bilan taʼminlash;
yirik toʻqimachilik korxonalarining xorijiy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uyushmalari bilan uzviy hamkorlik qilish.
Tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar
2018-yil 1-martga
qadar
Tashqi savdo vazirligi,
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat investitsiya qoʻmitasi,
MTRK, “Oʻzekspomarkaz” AJ
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining turlari soha va tartibga solish masalalariga qarab oʻzgartirilishi (bir hujjatga birlashtirilishi) mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 43 birlik
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga 3-ILOVA
Paxta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi komissiya
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Komissiya raisi
2.
Sadikov Sh.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori
3.
Abduraxmonov I.Yu.
—
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri
4.
Xodjayev B.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri
5.
Xaitov A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
6.
Davletov R.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri
7.
Xaydarov A.Ya.
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
8.
Samadov S.I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari
9.
Ravshanov A.E.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri
10.
Vaxobov A.D.
—
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori
15.
Ikramov A.I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
16.
Yusupov B.T.
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
17.
Namozov Sh.E.
—
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 06/17/5285/0409-son; 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son; 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)