oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
oʻzbekiston respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh, 55-son qarori (roʻyxat raqami 2821, 2016-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 406-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 5-bobning
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-bob. Kam taʼminlangan oilalarning va boquvchisini yoʻqotgan ayollarning hamda vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlarini toʻlovlardan ozod qilish”.
“Boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.”.
3.
20-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchi yoki xodimning oʻlim haqidagi guvohnomasi.”;
4.
26-banddagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.