1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ekologik audit sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik audit toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, ishlab chiqarishning ekologik nazoratini amalga oshirishda ekologik audit faoliyatini samarali tashkil qilish hamda ekologik auditorlik xizmati sohasini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik audit toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish xavfi kam boʻlgan yoki unchalik koʻp boʻlmagan (lokal taʼsirga ega) ekologik audit subyektlarining faoliyatiga nisbatan ekologik audit ixtiyoriy tartibda oʻtkazilishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son “Atrof-muhitga taʼsirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
atrof-muhitga yuqori va oʻrtacha taʼsir koʻrsatish xavfiga ega boʻlgan ekologik audit subyektlari har yilgi majburiy ekologik auditdan oʻtkazilishi;
ekologik auditorlik faoliyati ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi;
ekologik auditorlik tashkiloti shtatida asosiy ish joyi ekologik auditorlik tashkiloti boʻlgan kamida toʻrt nafar ekologik auditor mavjud boʻlishini taʼminlanishi shartligi;
ekologik auditorga unda ekologik auditorning malaka sertifikati mavjud boʻlishi talabi qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
2. Belgilansinki:
ekologik auditorning malaka sertifikatini berish uchun malaka imtihonini tashkil etish, malaka sertifikatini berish, ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestrlarini yuritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) vakolatli organ hisoblanadi;
malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish uchun Ekologiya vazirligi huzurida imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
3. Quyidagilar:
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
4. Ekologiya vazirligi:
bir hafta muddatda imtihon komissiyasining shaxsiy tarkibi va uning nizomi tasdiqlanishini;
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ekologik auditorning malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinishini;
ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestrlari Ekologiya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirib borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-avgust,
402-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-son qaroriga 1-ILOVA
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) ekologik auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-171-sonli “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
talabgor — malaka sertifikatini olish uchun murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
ekologik auditor — ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
ekologik auditorning malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati) — ekologik auditorning malakasini tasdiqlovchi va ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
Ekologik auditorlar reyestri — vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan ekologik auditorlar roʻyxati.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
3. Malaka sertifikatini berish va qayta rasmiylashtirish boʻyicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
4. Ekologik auditorning malaka sertifikati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
5. Malaka sertifikatini olish uchun talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy maʼlumotga;
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlish.
2-bob. Malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
6. Talabgor malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
7. Talabgor davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi anketani elektron shaklda toʻldiradi.
Anketa davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilganda, talabgor undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirgandan soʻng, uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻz ERIsini shu joyning oʻzida olishi uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashi shart.
Anketani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli maʼlumot identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
8. Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
talabgorning belgilangan shakldagi fotosurati;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer godeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki oliy maʼlumot haqidagi xorijiy hujjatni tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi;
ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqidagi maʼlumotlar.
Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi ERIni qoʻllagan holda, faqat idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
9. Talabgor davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etganda, uning anketasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgorning ERIsi bilan tasdiqlangandan soʻng real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqt ichida, YIDXP orqali murojaat qilganda esa avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
10. Talabgorning malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim (keyingi oʻrinlarda — yigim) undiriladi.
Talabgor davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
0,5 foizi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
11. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning anketasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
3-bob. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
12. Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
13. Ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida vakolatli organ talabgorni uch ish kuni ichida elektron shaklda xabardor qiladi. Ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uning asoslari koʻrsatiladi.
Talabgor tomonidan anketa tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganligi, yigim toʻlanmaganligi, talabgorning ushbu Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmasligi, shuningdek, ushbu Reglamentning 51-bandida nazarda tutilgan holat talabgorga davlat xizmatlari koʻrsatilishini hamda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
14. Murojaati rad etilgan talabgor rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng ushbu Reglamentda belgilangan tartibda vakolatli organga oʻn ish kunida qayta murojaat qilishga haqli.
Talabgor belgilangan muddatda qayta murojaat qilganda yigʻim undirilmaydi.
Talabgor oʻn ish kuni oʻtgandan keyin murojaat qilgan taqdirda, murojaat yangidan berilgan deb hisoblanadi va talabgordan yigim undiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
15. Talabgorning arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha malaka imtihonini topshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, vakolatli organ malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar roʻyxatini imtihon komissiyasiga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
16. Vakolatli organ tomonidan malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganda, malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida imtihon oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda uni talabgorga anketada koʻrsatilgan elektron manzil boʻyicha yuboradi. Davlat xizmatlari markazi talabgorning soʻroviga koʻra xabarnomani qogʻoz shaklida ham berishi lozim.
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan talabgorga undirilgan yigʻim qaytarilmaydi.
4-bob. Imtihon komissiyasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
17. Malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish uchun vakolatli organ tomonidan doimiy faoliyat yurituvchi, jami toʻqqiz nafar aʼzodan iborat tarkibda imtihon komissiyasi tashkil qilinadi. Imtihon komissiyasi rais, rais oʻrinbosari, komissiya aʼzolari va kotibdan iborat boʻladi.
Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organning xodimlari va boshqa davlat boshqaruvi organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari jalb etilishi mumkin.
Imtihon komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
18. Imtihon komissiyasi kuyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
malaka imtihonini oʻtkazish tartibini tasdiqlash;
malaka imtihoni savollarini tuzish;
malaka imtihoni oʻtkaziladigan sana, joy va vaqt boʻyicha taklif tayyorlash;
malaka imtihonini oʻtkazish;
malaka imtihoni natijalarini rasmiylashtirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
19. Imtihon komissiyasining majlislari zarurat boʻlganda, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi, talabgorlardan ariza kelib tushmagan hollar bundan mustasno. Imtihon komissiyasining kotibi komissiya majlislarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Imtihon komissiyasining majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan tarkibda va rais yoki rais oʻrinbosarining ishtirokida oʻtkaziladi.
20. Imtihon komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
5-bob. Malaka imtihonini oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
21. Malaka imtihoni kamida uch nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
22. Malaka imtihoni test koʻrinishida kompyuter vositasi orqali olinadi. Malaka imtihonining test savollari imtihon komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Malaka imtihonining test savollariga kiritilgan sohalar boʻyicha mavzular vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Imtihon komissiyasi raisining imzosi qoʻyilmagan test savollari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Malaka imtihonining test savollari mazmuni qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
23. Talabgor tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) taqdim etilgan taqdirda, unga malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat beriladi. Ushbu hujjatlari boʻlmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan talabgor imtihonga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
24. Malaka imtihonining test savollari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha jami 50 ta nazariy savollardan iborat boʻladi:
oʻsimlik va hayvonot dunyosini (shu jumladan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni) muhofaza qilish sohasida — 10 ta;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida — 10 ta;
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida — 10 ta;
suv va yer resurslari muhofazasi sohasida — 10 ta;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar boʻyicha — 10 ta.
Har bitta toʻgʻri javob uchun bir ball beriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
25. Malaka imtihoni natijalarini ijobiy deb eʼtirof etish uchun asos boʻladigan toʻplangan ballar yigʻindisi 40 balldan kam boʻlmasligi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
26. Malaka imtihoni oʻtkazilayotgan vaqtda qonunchilik hujjatlari va yoʻriqnoma materiallari, maʼlumotnomalar hamda maxsus adabiyotlardan foydalanish, boshqa talabgorlar bilan gaplashish, shuningdek, aloqa vositalaridan foydalanish man qilinadi. Ushbu talablarni buzgan talabgorlarga malaka imtihonini oʻtkazish tartibi buzilganligi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, ular auditoriyadan chiqarib yuboriladi hamda malaka imtihonini topshirmagan deb hisoblanadi.
Malaka imtihonida begona shaxslarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida malaka imtihonini oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi va ushbu videomateriallar vakolatli organda kamida bir yil saqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
27. Malaka imtihoni natijalari imtihon oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Malaka imtihoni natijalari imtihon oʻtkazilgan sanadan soʻng bir ish kunida imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda vakolatli organ rahbariga topshiriladi.
Imtihon komissiyasi bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
imtihon komissiyasining tarkibi;
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar roʻyxati va ularning toʻplagan ballari;
malaka imtihonini topshira olmagan talabgorlar roʻyxati va ularning toʻplagan ballari.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
28. Malaka imtihonini oʻtkazish boʻyicha hujjatlar (test savollari va ularga javoblar), shuningdek, imtihon komissiyasining bayonnomalari vakolatli organda besh yil mobaynida saqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
29. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor yigʻimni toʻlash sharti bilan malaka imtihonini topshirish uchun hujjatlarni mazkur Reglamentga muvofiq qayta taqdim etishga haqlidir.
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgorlarga yigʻim qaytarilmaydi.
6-bob. Malaka sertifikatini berish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
30. Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan shaxsga ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ekologik auditor malaka sertifikati beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
31. Vakolatli organ imtihon komissiyasining bayonnomalarini qabul qilib olganidan soʻng bir ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
32. Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan malaka sertifikati elektron shaklda kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi hamda talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markaziga talabgor oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, talabgorning soʻroviga koʻra unga malaka sertifikati elektron yoki qogʻoz shaklida beradi.
Malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan talabgorga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilganda, u avtomatik ravishda talabgorning elektron kabinetida namoyon boʻladi.
Malaka sertifikati hisobga olish seriyasi va raqamiga ega boʻladi hamda besh yil muddatga amal qiladi.
7-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
33. Malaka imtihoni natijalariga koʻra qabul qilingan qarorlar natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar malaka imtihoni natijalari eʼlon qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida vakolatli organga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma shaklda taqdim etiladi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi lozim.
34. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan Apellyatsiya komissiyasi tashkil qilinadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga imtihon komissiyasi tarkibiga kirgan shaxslar kiritilmaydi.
Apellyatsiya komissiyasi besh ish kunida berilgan apellyatsiyani talabgor ishtirokida koʻrib chiqadi. Apellyatsiya komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma apellyatsiya komissiyasining barcha aʼzolari va talabgor tomonidan imzolanadi.
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
imtihon komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida.
35. Imtihon komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
apellyatsiya ushbu Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellyatsiyada keltirilgan sabablar oʻz tasdigʻini topmasa.
36. Imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qaror malaka imtihoni ushbu Reglament talablari buzilgan holda oʻtkazilgan taqdirda qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
37. Malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng vakolatli organ talabgorga malaka sertifikatini beradi.
38. Qayta apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
8-bob. Ekologik auditorlarning malakasini oshirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
39. Ekologik auditorlar har ikki yilda bir marta ekologik auditorlarning malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari shart.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.03.00 Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]
40. Ekologik auditorlarning malakasini oshirish Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi yoki belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan nodavlat taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
41. Malaka oshirish kurslari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan yagona oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
42. Malaka oshirish kurslari yakuni natijalariga koʻra Ekologik auditorlar reyestriga ekologik auditorlarning malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar kiritiladi. Bunda taʼlim tashkilotlari tomonidan malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan ekologik auditorlar roʻyxati malaka oshirish kursi tugagan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay, Ekologik auditorlar reyestriga tegishli yozuvlar kiritish uchun vakolatli organga yuboriladi.
9-bob. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
43. Ilgari berilgan malaka sertifikatida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, talabgor malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun oʻn ish kunida davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat qiladi yoxud YIDXP orqali elektron shakldagi tegishli murojaat yuboradi.
Anketaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
44. Anketada xato maʼlumotlar koʻrsatilgan taqdirda, murojaat avtomatik ravishda rad etiladi hamda bu haqda talabgorga onlayn tarzda elektron shaklda javob qaytariladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
45. Vakolatli organ talabgorning murojaati kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda dastlab berilgan malaka sertifikatining raqami va amal qilish muddati bilan malaka sertifikatini qayta rasmiylashtiradi hamda ushbu Reglamentning 31-bandida belgilangan tartibda talabgorga yuboradi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
46. Vakolatli organ malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
47. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun talabgor qayta imtihondan oʻtkazilmaydi va yigʻim undirilmaydi.
48. Malaka sertifikatining egasi ushbu sertifikat qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan malaka sertifikati asosida amalga oshiradi.
10-bob. Malaka sertifikatini bekor qilish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
49. Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
malaka sertifikati egasi tomonidan sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisida murojaat etilganda;
malaka sertifikati egasi vafot etganda;
malaka sertifikati egasi oʻz vaqtida malaka oshirish kursidan oʻtmaganda;
malaka sertifikati egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;
vakolatli organning malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi isbotlanganda;
malaka sertifikati egasi tomonidan ekologik audit xizmatidagi faoliyati mobaynida olingan maxfiy axborot xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganda, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentining 5-bobi.
malaka sertifikati qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi isbotlanganda;
malaka sertifikati egasi soxta ekologik audit xulosasini tuzganligi isbotlanganda.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
50. Ushbu Nizomning 49-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda malaka sertifikati vakolatli organning qaroriga muvofiq bekor qilinadi.
Mazkur Nizomning 49-bandi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda malaka sertifikati sud tomonidan bekor qilinadi. Vakolatli organ malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, malaka sertifikatini bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda bu haqda malaka sertifikatini olgan shaxsni yozma shaklda xabardor qiladi.
51.Ushbu Nizomning 49-bandi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha malaka sertifikati bekor qilingan shaxs ushbu malaka sertifikatini bekor qilish haqidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini qayta olish uchun malaka imtihonini topshirishga qoʻyilmaydi.
52. Malaka sertifikatining bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
11-bob. Ekologik auditorlar reyestrini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
53. Vakolatli organ Ekologik auditorlar reyestrini yuritadi hamda unda ekologik auditorlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta maʼlumotlari va yashash manzili;
ish joyi;
malaka sertifikatining seriyasi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
vakolatli organ zarur deb hisoblaydigan boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
54. Ekologik auditorlar reyestridagi quyidagi maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda barchaning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi:
ekologik auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
malaka sertifikatining seriyasi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
ekologik auditorlar malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
55. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
56. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.04.00 Maʼmuriy javobgarlikning umumiy shartlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
57. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
Malaka sertifikatini olish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki elektron shaklda YIDXP orqali murojaat qiladi.
Talabgorning xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Talabgor davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, uning anketasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgorning ERIsi bilan tasdiqlangandan soʻng yoki YIDXP orqali murojaat qilganda — anketa talabgor tomonidan mustaqil ravishda toʻldirilib, soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqtda, YIDXP orqali esa avtomatik tarzda
3-bosqich
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (vakolatli organ)
1. Talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1. Murojaat elektron koʻrinishda kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida
2. Ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror haqida vakolatli organ talabgorni elektron shaklda xabardor qiladi.
2. Qaror qabul qilingan sanadan keyin uch ish kunida
3. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar, malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
3. Malaka imtihoni oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin
Davlat xizmatlari markazi
4. Vakolatli organdan kelib tushgan elektron shakldagi xabarnomani talabgorga anketada koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
4. Vakolatli organ tomonidan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda
4-bosqich
Talabgor
Belgilangan sana va vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan imtihon oʻtkaziladigan joyga yetib keladi.
Imtihon oʻtkazish sanasi uch nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin kamida uch oyda bir marta belgilanadi
5-bosqich
Vakolatli organ huzurida tashkil etiladigan imtihon komissiyasi
1. Malaka imtihonini oʻtkazadi va imtihon natijalarini eʼlon qiladi.
1. Imtihon oʻtkazilishi belgilangan kuni
2. Malaka imtihoni natijalarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi va vakolatli organga topshiradi.
2. Bir ish kunida
6-bosqich
Vakolatli organ
1. QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.
1. Imtihon komissiyasining bayonnomasi qabul qilib olingandan soʻng keyingi bir ish kuni mobaynida
Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP
2. Malaka sertifikatini elektron shaklda talabgorning elektron pochta manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Malaka sertifikati elektron shaklda kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida
3. Davlat xizmatlari markaziga talabgor oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, talabgorning soʻroviga koʻra unga malaka sertifikatini elektron yoki qogʻoz shaklda beradi.
3. Talabgorning soʻroviga koʻra
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
ANKETA
fotosurat
(elektron hamkorlik asosida maʼlumotlar bazasidan olinadi)
Anketani toʻldirish qoidalari:
anketa elektron shaklda toʻldiriladi;
barcha sanalar arab sonlarida keltiriladi;
anketaning barcha savollariga toʻliq javob berilishi lozim;
anketaning barcha qatorlari toʻldirilishi lozim (toʻldirilmagan qatorning mavjudligi butun anketaning toʻldirilmaganligini anglatadi).
T/r
Talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1.
Familiyasi (oʻzgargan boʻlsa, yozilishi kerak)
2.
Ismi (oʻzgargan boʻlsa, yozilishi kerak)
3.
Otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, yozilishi kerak)
4.
Tugilgan yili va sanasi
avtomatik toʻldiriladi
5.
Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil
avtomatik toʻldiriladi
6.
Pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami
avtomatik toʻldiriladi
7.
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
8.
Telefon raqami
Talabgorning elektron raqamli imzosi
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Hujjat raqami:
Hujjat yaratilgan sana:
EKOLOGIK AUDITORNING
MALAKA SERTIFIKATI
JSHSHIR:
_______________________
Fotosurat
(elektron hamkorlik asosida maʼlumotlar bazasidan olinadi)
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishi qatʼiyan taqiqlangan.
QR-kod
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-son qaroriga 2-ILOVA
Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
1. Mazkur Nizom Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
ekologik auditor — ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
ekologik auditorlik tashkiloti — ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
3. Reyestrga kiritish vakolatli organ tomonidan bepul amalga oshiriladi.
2-bob. Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
4. Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ekologik auditorlik tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish va manfaatdor shaxslar uchun ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan elektron foydalanish imkoniyatini yaratish;
ekologik auditorlik tashkilotlari tomonidan ekologik auditorlik xizmatlarini koʻrsatish haqidagi maʼlumotlarning yagona elektron bazasini yaratish;
ekologik auditorlik tashkilotlarining holati va salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli jamlab borish;
ekologik auditorlik tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar monitoringini yuritish imkoniyatini yaratish.
3-bob. Reyestrni shakllantirish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
5. Reyestrni shakllantirish va tizimli yuritish vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan belgilangan masʼul xodim (keyingi oʻrinlarda — masʼul xodim) tomonidan amalga oshiriladi.
Ekologik auditorlik tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin Reyestrga kiritish haqida vakolatli organga mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza bilan ixtiyoriy ravishda murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.07.00 Elektron pochta;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
6. Ariza ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda vakolatli organning elektron yoki pochta manziliga olinganligi toʻgʻrisida xabardor qilish sharti bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
7. Ekologik auditorlik tashkilotining arizasi vakolatli organ tomonidan qabul qilingandan soʻng besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
8. Ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan taqdim etilgan arizada:
kamchiliklar mavjud boʻlmagan taqdirda, masʼul xodim tomonidan imzolangan hamda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlangan xulosaga asosan ekologik auditorlik tashkiloti Reyestrga kiritiladi va ekologik auditorlik tashkilotiga uning Reyestrga kiritilganligi haqida (reyestr raqamini koʻrsatgan holda) xabarnoma yuboriladi;
kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, uch ish kunida vakolatli organ bu haqda asoslarni koʻrsatgan holda, ekologik auditorlik tashkilotini yozma ravishda xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
9. Ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan Reyestrga kiritmaslikka asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilganda, arizani qabul qilishda takroran rad qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Reyestrni yuritish tartibi
10. Reyestr elektron maʼlumotlar bazasi shaklida vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali yuritiladi.
Reyestrning shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.07.00 Elektron pochta;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
11. Reyestrda ekologik auditorlik tashkiloti toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
davlat roʻyxatiga olish raqami;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
joylashgan yeri (pochta manzili);
telefoni raqami;
elektron pochta manzili va rasmiy veb-sayti (agar mavjud boʻlsa);
ekologik auditorlarning jamoat birlashmalariga aʼzoligi (agar aʼzo boʻlsa);
tashkilot rahbari va ekologik auditorlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ekologik auditorning malaka sertifikati berilgan sanasi, raqami va amal qilish muddati;
ekologik auditorlik tashkilotining Reyestrga kiritilgan sanasi;
ekologik auditorlik tashkilotining Reyestrdan chiqarilish asoslari va sanasi (agar mavjud boʻlsa).
Reyestrga kiritilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar ekologik auditorlik tashkilotlari arizasida koʻrsatilgan, shuningdek, vakolatli organ tomonidan oʻzaro maʼlumot axborot hamkorligi orqali belgilangan tartibda olinadigan boshqa vakolatli organlardagi qoʻshimcha maʼlumotlar asosida mustaqil yuritiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
12. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu oʻzgarishlar haqida oʻn ish kunida vakolatli organga oʻzgarishlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar taqdim etilishi lozim. Bunday maʼlumotlar vakolatli organga taqdim etilganda, besh ish kunida masʼul xodim tomonidan imzolangan hamda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlangan xulosa asosida Reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
13. Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi hollarda Reyestrdan chiqarilishi mumkin:
ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan Reyestrdan ixtiyoriy chiqarish toʻgʻrisida yozma murojaat qilinganda;
ekologik auditorlik tashkilotining faoliyat turi oʻzgarganda;
ekologik auditorlik tashkiloti tugatilganda;
ekologik auditorlik tashkilotining qonunchilik hujjatlarida ekologik auditorlik tashkilotiga qoʻyilgan talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda.
14. Masʼul xodim tomonidan imzolangan hamda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tegishli xulosa sanasi Reyestrga kiritish yoki undan chiqarish sanasi hisoblanadi.
15. Reyestrni yuritish davomida toʻplangan barcha hujjatlar vakolatli organda besh yil mobaynida saqlanadi.
5-bob. Reyestrdan maʼlumotlar taqdim etish
16. Vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan Reyestr maʼlumotlari barcha foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi.
17. Reyestrdan maʼlumotlar manfaatdor shaxslarning murojaatlariga asosan ham berilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Vakolatli organ maʼlumotlarning Reyestrga toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi hamda undan doimiy ravishda maʼlumotlar olish imkoniyatining yaratilishi uchun masʼul hisoblanadi.
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga
________________________ga
(F.I.O)
__________________________dan
(ariza beruvchi F.I.O)
Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritish uchun
ARIZA
Sizdan ___________________________________________________________ ni
Sizdan __________(ekologik auditorlik tashkilotining toʻliq nomi)____________ ni
Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritishingizni soʻrayman.
Ekologik auditorlik tashkiloti toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni tasdiqlayman:
joylashgan yeri (pochta manzili) ______________________________________
telefon raqami (kodi bilan) _________________________________________
STIR raqami ______________________________________________________
elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) ________________________________
rasmiy veb-sayti (mavjud boʻlsa) _____________________________________
ekologik auditorlarning jamoat
birlashmalariga aʼzoligi (agar aʼzo boʻlsa)
__________________________
_(jamoat birlashmasi nomi)
ekologik auditorlarning malaka sertifikati raqamlari
1) _____________________
2) _____________________
_______________________
Tashkilot rahbari
imzo yoki
elektron
raqamli imzo
oʻrin
______________________
(F.I.O)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qarorida:
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilova 65-bandining “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-apreldagi 258-son qaroriga 1-ilova izohining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi-oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“****** Maktabgacha va maktab taʼlimi, Qishloq xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Kadastr va Adliya boʻlimlariga, shuningdek, Soliq inspeksiyalariga 1 tadan navbatchi xizmat avtotransport vositalari belgilanadi.
Ushbu ilovada belgilangan eng yuqori narx (bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan) meʼyorlari davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xarid qilinadigan elektrodvigatelli va gibrid quvvatli avtotransport vositalariga nisbatan ham tatbiq etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)