Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 16-iyundagi 128-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1591, 2006-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 255-modda) bilan tasdiqlangan Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga naslli mollarni auksion (kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 9-bandning
oltinchi xatboshisidagi “pasport nusxasi” degan soʻzlar “pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi nusxasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Auksion savdosini oʻtkazishga tayyorlash va amaldagi tartib va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilish uchun auksion savdosi tashkilotchisi tarkibi kamida 4 kishidan iborat boʻlgan doimiy yoki muvaqqat faoliyat yurituvchi auksion savdosi komissiyasini tuzadi.
Auksion savdosi komissiyasi tarkibiga mulkdor vakilidan tashqari quyidagilar kiradi:
tuman (shahar) hokimligi vakili;
tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi;
tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi vakili.”.