toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining
buyrugʻi
Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 9-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3041-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2018-yil 26-iyundagi 6-son qarori (roʻyxat raqami 3041, 2018-yil 21-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2018-y., 10/18/3041/1551-son) bilan tasdiqlangan Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-iyul,
MN-9-son
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2023-yil 22-iyuldagi MH-9-son buyrugʻiga
ILOVA
Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6-banddagi “Qoʻmitaning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 9, 15 va 20-bandlardagi “Qoʻmita” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 10/23/3041-1/0584-son)