Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 5-noyabrdagi 01-02/12-29-son qarori (roʻyxat raqami 2525, 2013-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 619-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun moʻljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
qoidalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining” degan soʻzlar “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
2-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 224-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizom” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Bojxona omborining egasi bojxona omboriga joylashtirilgan va undan chiqarilgan aviakerosin mahsulotlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining axborot tizimida ushbu aviakerosin mahsulotlarining joylashtirilishi va undan chiqarilishi toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda, avtomatlashtirilgan hisobni yuritadi.”.