Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevraldagi 2-yu va 7-son qarori (roʻyxat raqami 2329, 2012-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
9-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
11-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
111-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
12-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning hisoblangan va toʻlangan summalari toʻgʻrisidagi yigʻma axborotni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.”.
6.
15-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.