Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 305-son “Aktuariy malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 7-apreldagi 42-son “Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1975, 2009-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 309-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
muqaddimasidan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
a)
muqaddimadan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning
ikkinchi xatboshisidan “maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) 26-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g)
27-banddagi “Agentlikka” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.