Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-oktabrdagi 63-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2046, 2009-yil 24-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 48-son, 515-modda) bilan tasdiqlangan Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
84-band va 94-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
127-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“127. Sex va uchastkalarda ishlab chiqarish elektr-uskunasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq joylashtirish va oʻrnatish zarur.”.
3. 142-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
146-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“146. Yuk koʻtarish kranlari va yordamchi moslamalarning tuzilishi, texnik jihatdan shahodatlab va foydalanish “Yuk koʻtarish kranlarining tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari”, shuningdek GOST 12.2.065-81 SSBT “Yuk koʻtarish kranlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga javob berishi kerak.”.