Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2011-yil 18-maydagi 81-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2232, 2011-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
27-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
3-ilovaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
4-ilovaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.