Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 23-avgustdagi 64-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2506, 2013-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 37-son, 487-modda) bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom avtotransport vositalari haydovchilarining (bundan buyon matnda haydovchi deb yuritiladi) ish vaqti va dam olish vaqtini belgilaydi.”.
2.
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Haydovchilar bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashlari man etiladi. Haydovchilarni shu kunlari ish beruvchining buyrugʻi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 210 va 212-moddalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlab chiqarish-texnik sharoitlarga koʻra (uzluksiz ishlaydigan tashkilotlar) toʻxtatib turish imkoni boʻlmagan ishlarni (xizmatlarni), aholiga xizmat koʻrsatish zarurati yuzaga keltiradigan ishlarni, shuningdek kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash va yuk ortish-tushirish ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari bajarilgan ishlar uchun haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 263-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.”.