OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175, 2010-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 531-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
1. Buyruqning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimchachora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:”.
1)
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmini belgilaydi.”;
“a) 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar. Urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilangan;
b) oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensiya yoki nafaqa oluvchilar;”;
“e” kichik banddagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3)
11-banddagi “1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari” degan soʻzlar “1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4)
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari jami daromad tarkibiga kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi orqali pensiya va nafaqalar toʻlanadigan tartib va muddatlarda toʻlanadi.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchi pensionerlarga kompensatsiyalar pensiyalarni toʻlash muddatlarida pensiya tayinlangan tashkilot orqali toʻlanadi.”;
6)
5-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, ushbu Nizomning 1-bandi “e” kichik bandida keltirilgan imtiyozli shaxslar tomonidan kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida ariza berilganda, arizaga kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilish talab etilmaydi. Mazkur shaxslarning kompensatsiya olish huquqi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron koʻrinishdagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi.”;
“Bunda koʻrsatilgan toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda uning hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.”;
8)
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Kompensatsiyalarni tayinlash va toʻlash ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.”.