Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining
“Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari va boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-maydagi 208-son “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 11-apreldagi 168-son “Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari va boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3007, 2018-yil 8-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 10/18/3007/1190-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2021-yil 20-maydagi 213-mh-son “Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari va boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3007-1, 2021-yil 5-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 10/21/3007-1/0531-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 17-avgustdagi 226-mh-son “Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari va boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3007-2, 2022-yil 9-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3007-2/0825-son).