Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 409-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 11-apreldagi 168-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3007, 2018-yil 8-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 10/18/3007/1190-son) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari va boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
2-bandidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi” degan soʻzlar “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.