Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 11-apreldagi 168-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3007, 2018-yil 8-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 10/18/3007/1190-son) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari va boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi
uchinchi xatboshisidagi “xodimning pasport maʼlumotlari” degan soʻzlar “xodimning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasiga oid maʼlumotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.