|
Chora-tadbirlar nomi |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro muddati |
Amalga oshirish uchun masʼullar: | ||
|
vazirlik va idoralardan |
Vazirlar Mahkamasidan | ||||
|
I. Hunarmandchilik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish | |||||
|
1. |
2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 500 milliard soʻm ajratish. Bunda: imtiyozli kreditlarni hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 million soʻmgacha ajratish; imtiyozli kreditlarni hunarmandning talabi boʻyicha depozit hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan keyinchalik unga xizmat koʻrsatuvchi bank tarif siyosatiga muvofiq, naqd pul olish imkoniyati bilan taqdim etish; oldingi yillarda hunarmandlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning soʻndirilgan qismidan hosil boʻlgan mablagʻlarni aynan hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun qayta yoʻnaltirib borish; hunarmandchilik subyektlariga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish va ularni tijorat banklariga oʻz vaqtida qaytarish yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini oʻrnatish. |
Tijorat banklari kreditlari |
2022-yil davomida |
Markaziy bank (Zaxidov), “Xalq banki” AT (Atabayev), “Mikrokreditbank” ATB (Butayev), “Agrobank” ATB (Mamatqulov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Qoʻchqorov, Umurzakov) |
|
2. |
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kredit ajratish boʻyicha “oilakredit.uz” elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qoʻyish va loyihalarini kreditlash uchun alohida boʻlimni ishga tushirish. |
2022-yil yanvar |
Markaziy bank (Zaxidov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Qoʻchqorov) | |
|
3. |
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish: “usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda; shogirdlarga — mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga — internet saytlarini yaratish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmaydigan qismiga. |
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi |
2022-yil yanvar |
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Ubaydullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Qoʻchqorov, Umurzakov) |
|
4. |
2022-yil 1-yanvardan boshlab “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun: ijtimoiy soliq stavkasini yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilash; faoliyat yuritish joyidan qatʼiy nazar kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) haqini toʻlashni aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshirish. |
Doimiy |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Energetika vazirligi (Sultanov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Xidoyatov) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Qoʻchqorov, Umurzakov) | |
|
5. |
Hunarmandlarning yuridik shaxs tashkil qilgan holda faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida, ularning faoliyatini iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi roʻyxatiga qoʻshish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2022-yil yanvar |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Xolxoʻjayev), Davlat xizmatlari agentligi (Muxammadiyev), Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Qoʻchqorov, Umurzakov) | |
|
II. Hunarmandchilik sohasida marketing va savdo tizimini takomillashtirish, eksportga koʻmaklashish va hunarmandchilik mahsulotlarini targʻib qilish | |||||
|
6. |
1. Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida hunarmandlar ishlab chiqaradigan mahsulotlar savdosiga ixtisoslashgan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilyonlarini tashkil etish. Bunda: savdo pavilyonlarini 150 kvadrat metrdan kam boʻlmagan maydonda, Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida tashkil etish; foydalanishga topshirilgan savdo pavilyonlarini Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi bilan berish; savdo pavilyonlari orqali hunarmandchilik mahsulotlarini sotib olish hamda realizatsiya va eksport qilish ishlarini tizimli tashkil etish; savdo pavilyonlari manzilini xorijiy va mahalliy turistlar uchun moʻljallangan turistik marshrutlarga kiritish. |
Mahalliy budjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar |
2022-yil 1-iyunga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Turizm va sport vazirligi (Azamov), Qurilish vazirligi (Zakirov) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Qoʻchqorov, Abduhakimov) |
|
2. Har bir hududning oʻziga xos hunarmandchilik anʼanalari asosida savdo pavilyonlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish. |
2022-yil fevral |
Qurilish vazirligi (Zakirov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) | |||
|
7. |
Toshkent shahri tumanlari, Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda hunarmandchilik rivojlangan tuman va shaharlardagi Davlat xizmatlari markazlari binolarida doimiy faoliyat koʻrsatadigan milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmalari va savdo rastalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil 1-aprelga qadar |
Adliya vazirligi (Davletov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) | |
|
8. |
“Oʻzekspomarkaz” pavilyonlarida “Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasini tashkil etish. |
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi |
Har yili |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
9. |
“Hunarmandchilik markazlari” va “Usta-shogird” maktablarini turistik marshrutlarga kiritib borish. |
Doimiy ravishda |
Turizm va sport vazirligi (Azamov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Abduhakimov) | |
|
10. |
Har bir hududning milliy urf-odatlari, xalq amaliy sanʼati va milliy davlatchilik tarixini oʻzida aks ettirgan, shuningdek, xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uygʻotadigan muzeylardagi noyob eksponatlar replikatsiyalari asosida yangi hunarmandchilik mahsulotlari namunalarini tayyorlab, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish. |
Oʻz mablagʻlari |
2022-yil 1-mayga qadar |
Madaniy meros agentligi (Nurulloyev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Badiiy akademiya (Nuriddinov), Sanʼatshunoslik instituti (Pidayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Abduhakimov) |
|
11. |
Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqishda doimiy amaliy yordam koʻrsatish, jumladan elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishi orqali sotishni kengaytirish. |
Doimiy |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) | |
|
12. |
Milliy hunarmandchilik, xalq amaliy va badiiy sanʼati tarixi hamda mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan videoroliklar va “Milliy hunarmandchilik jurnali”ni tayyorlab, yiliga kamida ikki marotaba yangilab borish. |
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi |
2022-yil aprel |
“Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Abduxoliqov), Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (Koʻchimov), “Dunyo” axborot agentligi (Suyarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Badiiy akademiya (Nuriddinov), Transport vazirligi (Maxkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov), “Uzbekistan Airways” (Xusanov) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Ramatov) |
|
Bunda, ushbu materiallarni xorijiy va mahalliy sayyohlar va yoʻlovchilar eʼtiboriga havola qilish maqsadida “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning aviareys va “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ning poyezd vagonlariga doimiy joylashtirib borish. |
Doimiy | ||||
|
13. |
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari koʻmagida hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va savdo nuqtalarini tashkil etish boʻyicha dasturni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, mazkur savdo nuqtalarini tashkil etish xarajatlarining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berilishini nazarda tutish. |
2022-yil aprel |
Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) | |
|
14. |
Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan pichoqchilik, shuningdek, oʻchoq, bolta, choʻyan qozon kabi eksportbop mahsulotlarni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. |
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi |
2022-yil fevral |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
15. |
Hunarmandlarga oʻz mahsulotlarini elektron savdo, jumladan “Amazon”, “Yebay” va “ETSY” kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish, reklama va targʻibot qilishlariga koʻmaklashish boʻyicha har bir hududda tegishli oʻquv kurslarini tashkil etish. |
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi |
Alohida grafik asosida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
III. Hunarmandchilik faoliyati uchun zarur boʻlgan xom ashyo bazasini yaratish | |||||
|
16. |
Hunarmandchilik mahsulotlari uchun xom ashyo yetishtirish, uni qayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini toʻlaqonli tashkil etish. Bunda: klasterlar ustav kapitalini teng ulushlarda Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan shakllantirish; klasterlarga hunarmandchilik va ipak mato, ipak gilamlari toʻqish faoliyatini tashkil etish hamda qayta tiklanadigan xom ashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraxtlar) bazasini yaratishi uchun zarur boʻlgan yer maydonlarini paxtadan qisqartirilgan yerlar hisobidan ajratish. |
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi |
2022-yil yanvar |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Gʻaniyev) |
|
17. |
Hunarmandchilikning yogʻoch buyumlar yasash va yogʻoch oʻymakorligi yoʻnalishlari rivojlangan hududlarda zarur boʻlgan daraxt turlarini ekish va parvarishlash maqsadida, tashabbuskor hunarmandlarga oʻzlashtirilmagan yoki paxtadan boʻshagan yer maydonlaridan kamida 10 gektardanajratib berish. |
Tashabbuskor hunarmandlar mablagʻlari |
2022-yil fevral |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Gʻaniyev, Qoʻchqorov) |
|
18. |
Hunarmandchilik faoliyati uchun zarur boʻlgan xom ashyo bazasi, shuningdek, hunarmandlarning mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va ularni sotishga moʻljallangan “internet doʻkon” onlayn platformasini ishga tushirish. |
2022-yil noyabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) | |
|
19. |
Hunarmandchilik subyektlari faoliyati uchun zarur boʻlgan, jumladan mis, oltin, kumush kabi xom ashyo turlarini ularning ehtiyojidan kelib chiqib, cheklangan miqdorda xarid qilishga imkon yaratish maqsadida, Tovar-xom ashyo birjasida hunarmandlar uchun alohida savdolar tashkil etish choralarini koʻrish. |
2022-yil aprel |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Tovar-xom ashyo birjasi (Badriddinov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Xolxoʻjayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Qoʻchqorov) | |
|
IV. “Usta-shogird” anʼanalarini yanada rivojlantirish orqali aholini hunarmandchilikka keng jalb qilish | |||||
|
20. |
Fargʻona viloyatida hunarmandchilik faoliyatini kengaytirish hamda hunarmandlarning mahsulotlariga yangi bozorlar topishga sharoit yaratish maqsadida, loyihalarni amalga oshirish uchun 20 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratish va shu orqali 20 mingta yangi ish oʻrinlarini tashkil etish. |
Tijorat banklari kreditlari |
2022 — 2024-yillar |
Markaziy bank (Zaxidov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Xolxoʻjayev), Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Qoʻchqorov, Umurzakov) |
|
21. |
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi sobiq “Baxt uyi” oʻrnida “Milliy hunarmandchilik muzeyi va turizm markazi”ni tashkil etib, ushbu obyektlarni turistik marshrutlarga kiritish. |
Mahalliy budjet |
2022-yil dekabr |
Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Turizm va sport vazirligi (Azamov) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Abduhakimov) |
|
22. |
Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir tumanida yangi dizayndagi mahsulotlar ishlab chiqarish va qadoqlash, elektron savdo platformasi orqali sotish va hunarmandlarni marketingga oʻqitish boʻyicha “Hunarmandlar oʻquv markazi”ni tashkil etish. |
Mahalliy budjet |
2022-yil oktabr |
Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
23. |
Xorazm viloyatida hunarmandchilik mahsulotlari boʻyich? “Xorazm brendi”ni yaratish va bozorlarga olib chiqish dasturini ishlab chiqish. |
Mahalliy budjet |
2022-yil aprel |
Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
24. |
Andijon viloyatining Shahrixon tumanida “Hunarmandlar markazi”ni tashkil etish va Shahrixonga Butunjahon hunarmandlar kengashi “World craft counsil” tomonidan beriladigan hunarmandlar shahri maqomini olish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Respublika budjeti |
2022 — 2024-yillar |
Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmonov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
25. |
Jizzax viloyatining har bir tumani va shahrida talab yuqori boʻlgan tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlarda “Ayollar biznes markazlari”ni tashkil etish orqali 25 ming nafar xotin-qizlarni davlat hisobidan kasbga oʻqitish choralarini koʻrish. |
Mahalliy budjet, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi |
2022-2023-yillar |
Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev), Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Ubaydullayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Qoʻchqorov) |
|
26. |
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Kitob, Kasbi tumanlari hamda Qarshi shahrida hunarmandchilik markazlarini tashkil etib, 15 mingdan ortiq yoshlarning shogirdlikka jalb etilishini taʼminlash. |
Mahalliy budjet, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi |
2022-2023-yillar |
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Qoʻchqorov) |
|
27. |
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” maydonida joylashgan sobiq “Chorsu” bozori negizida zamonaviy “Hunarmandchilik markazi”ni tashkil etib, “usta-shogird” anʼanalarini yoʻlga qoʻyish. |
Mahalliy budjet |
2022-yil noyabr |
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Turizm va sport vazirligi (Azamov) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
28. |
Qashqadaryo viloyatida qadimiy Kasbi kulolchiligini qayta tiklash, shuningdek, tumanda yogʻoch oʻymakorligi va kasanachilikni rivojlantirish maqsadida “Kasbi hunarmandlar markazi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Mahalliy budjet |
2023-yil aprel |
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
29. |
Samarqand tumanidagi “Konigil” mahallasida tashkil etilgan “Turizm qishlogʻi” loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va ushbu loyiha doirasida 28 ta ixtisoslashgan hunarmandchilik ustaxonalarini tashkil etish. |
Tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari |
2022-yil dekabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), Turizm va sport vazirligi (Azamov) “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Abduhakimov) |
|
30. |
Sirdaryo tumani va Toshkent viloyati chegarasida zamonaviy “Karvonsaroy” majmuasini ishga tushirib, hunarmandchilik mahsulotlari boʻyicha savdo doʻkonlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Mahalliy budjet, tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari |
2022-yil sentabr |
Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Xolxoʻjayev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
31. |
Buxoro shahrining Mirdoʻstim koʻchasida joylashgan “Abdullaxon” va “Modarixon” madrasalarini taʼmirlab, zardoʻzlik va zargarlik markazlarini tashkil etish. |
Mahalliy budjet |
2023-yil mart |
Buxoro viloyati hokimligi (Zaripov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |
|
32. |
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Sayilgoh koʻchasida har yili mustaqillik bayrami arafasida “Toshkent suvenirlari” koʻrgazma-yarmarkasini tashkil etish. |
Mahalliy budjet |
Doimiy |
Toshkent shahar hokimligi (Ortiqxoʻjayev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Turizm va sport vazirligi (Azamov) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Abduhakimov) |
|
33. |
Milliy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati yoʻnalishlari boʻyicha bolalar musiqa va sanʼat maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda kasbga oʻqitish maskanlarida oʻquv-mashgʻulotlarini tashkil etish. Bunda, oʻquv jarayonlariga mentor sifatida Xalq amaliy sanʼati ustalari milliy katalogiga kirgan va uzoq yillik tajribaga ega boʻlgan ustalarni jalb etish. |
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi |
Doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Ubaydullayev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Qoʻchqorov) |
|
34. |
Yosh hunarmandlar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish va sogʻlom raqobatni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Yosh hunarmandlar” festivalini oʻtkazish. Bunda, mazkur festivalning tuman va shahar hamda viloyat bosqichlarida saralangan yosh hunarmandlar ishtirokida respublika bosqichini Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida yuksak darajada oʻtkazish. |
Respublika va mahalliy budjet |
2022-yil iyul — sentabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Qoʻchqorov) |
|
35. |
Har bir tuman va shaharda, jumladan hunarmandchilik kirib borgan 5 657 ta mahallada 10 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirish. Bunda, loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama koʻmaklashish yuzasidan joylardagi hokim yordamchilari va “Hunarmand” uyushmasi boʻlimlarining oʻzaro hamkorlik tizimini yaratish. |
2022-yil davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Ubaydullayev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Qoʻchqorov) | |
|
36. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanidagi “Jaloliddin Manguberdi istirohat bogʻi” hududida doʻppi, gilam, kigiz toʻqish, teridan poʻstak, choʻgirma, yogʻoch oʻymakorlik buyumlarini tayyorlashga ixtisoslashgan “Hunarmandlar shaharchasi”ni tashkil etib, uni turistik marshrutga kiritish. |
Tashabbuskor tadbirkor va hunarmandlar mablagʻlari |
2022-yil sentabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Turizm va sport vazirligi (Azamov) |
Bosh vazir oʻrinbosarlari (Umurzakov, Abduhakimov) |
|
37. |
Qadimiy qoraqalpoq milliy “koʻk koʻylak” matosini oʻrganish va qayta tiklash, shuningdek, ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritadigan hunarmandlarga zarur sharoit yaratish maqsadida Xoʻjayli tumanida “Hunarmandlar markazi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Mahalliy budjet, tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari |
2023-yil iyun |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
Bosh vazir oʻrinbosari (Umurzakov) |