Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2015-yil 14-sentabrdagi 32-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2721, 2015-yil 21-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 42-son, 547-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
nomi va
1-bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
nomi hamda
1 va
2-bandlardagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.