Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligI
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Mehnat vazirligining 2017-yil 17-yanvardagi 1-mb, 3-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 2858, 2017-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
birinchi xatboshidagi “ish vaqti muddatiga” degan soʻzlar “ish vaqti davomiyligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “ish vaqti muddati” degan soʻzlar “ish vaqti davomiyligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “ish vaqtining normal muddati” degan soʻzlar “ish vaqtining normal davomiyligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Ish vaqtining normal davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasiga muvofiq belgilanadi.”.
“ish vaqtining muddati” degan soʻzlar “ish vaqtining davomiyligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“ish vaqtining normal muddati” degan soʻzlar “ish vaqtining normal davomiyligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“115-moddasiga” degan soʻzlar “182-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.