1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2023-yil hosilidan bugʻdoy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-noyabrdagi PQ-10-son qaroriga muvofiq, shuningdek, gʻalla bozorini erkinlashtirish boʻyicha islohotlarni davom ettirish, ichki bozorni bugʻdoy va un mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda ularning narxlari barqarorligini saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining 2023-yilda sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonnadan, jami 2 mln 565 ming tonna bugʻdoyni, jumladan:
1 mln 283 ming tonna tovar bugʻdoyni davlat resursi sifatida hamda 240 ming 450 tonna urugʻlik bugʻdoyni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan xarid qilish;
1 mln 41 ming 550 tonna tovar bugʻdoyni fermer xoʻjaliklari hamda boshqa bugʻdoy yetishtiruvchilar (keyingi oʻrinlarda — bugʻdoy yetishtiruvchilar) tomonidan keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Jamgʻarmaning tijorat vakilida vaqtincha saqlashga qabul qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Belgilansinki, “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar va bugʻdoyni saqlash quvvatiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari Jamgʻarma nomidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan tovar bugʻdoyni sotib olish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab joʻnatish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat vakili hisoblanadi.
2. 2023-yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonnadan, jami 2 mln 565 ming tonna bugʻdoyni qabul qilish dislokatsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat resursi sifatida xarid qilinadigan va vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan hamda urugʻlik bugʻdoy hajmlarini bugʻdoy yetishtiruvchilar kesimida roʻyxatini tasdiqlasin.
3. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat resursi sifatida xarid qilinadigan tovar bugʻdoyni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qarorida belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotish belgilab qoʻyilsin.
Bunda bugʻdoy yetishtiruvchilar tomonidan vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan 5 va undan yuqori sinflardagi tovar bugʻdoy barcha tadbirkorlik subyektlariga birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotiladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil hosili uchun:
a) Jamgʻarmaning tijorat vakili tovar bugʻdoyni Jamgʻarma nomidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan sotib olish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab joʻnatish tadbirlarini amalga oshiradi;
b) davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoy uchun toʻlovlar 2023-yilning mart — may oylarida Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida 3-sinf bugʻdoy uchun shakllangan oʻrtacha narxdan (oʻrtacha kotirovkadan) kelib chiqqan holda, bugʻdoy topshirilgan kundan eʼtiboran ikki hafta muddatda bugʻdoy yetishtiruvchilarning maxsus hisobvaraqlariga toʻliq oʻtkazib beriladi. Bunda davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoyning boshqa sinflari uchun toʻlov miqdori 2-ilovada koʻrsatilgan bugʻdoyning xarid narxlarini aniqlash koeffitsiyentlaridan kelib chiqib aniqlanadi;
v) davlat resursi sifatida xarid qilinadigan tovar bugʻdoyni xarid qilish uchun Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻlarni Jamgʻarmaning tijorat vakillari hisobvaraqlaridagi debit aylanmasidan bank xizmatlari uchun haq undirilmaydi;
g) vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan tovar bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish xarajatlari tijorat vakili va bugʻdoy yetishtiruvchilar oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan hamda ushbu bugʻdoyni tashib keltirish uchun transport xarajatlari bugʻdoy yetishtiruvchilar hisobidan amalga oshiriladi;
d) bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdori Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 25-maydagi 95-son qarorida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi;
e) davlat resursi sifatida hamda vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoyning sifati, saqlanishi hamda xaridorlarga yuklab joʻnatilishida tovar bugʻdoyning sifati boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi uch kun muddatda 2023-yilning mart — may oylarida birja savdolarida 3-sinf bugʻdoy uchun shakllangan oʻrtacha narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
6. 2023-yil hosili uchun bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarni oʻz vaqtida soʻndirish maqsadida:
fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan bugʻdoy yetishtiruvchilar tomonidan gʻalla oʻrim-yigʻimi davrida 2023-yil hosili uchun olingan avans qiymatidan kam boʻlmagan miqdordagi bugʻdoy gʻallachilik klasterlariga topshiriladi;
vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoyni birja savdolarida sotishdan tushadigan mablagʻlar, birinchi navbatda, 2023-yil hosili uchun bugʻdoy yetishtirish maqsadida olingan avans (kredit)dan yuzaga kelgan qarzni qoplash uchun yoʻnaltiriladi va qarzdorlik toʻliq qoplangandan soʻng qolgan mablagʻlar erkin tasarruf etiladi.
7. Belgilansinki, urugʻlik bugʻdoy tayyorlash korxonalari tomonidan urugʻlik bugʻdoyning har bir tonnasi 2023-yilning mart — may oylarida Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida 3-sinf bugʻdoy uchun shakllangan oʻrtacha narx (oʻrtacha kotirovka)ga Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi 641-son qarorida boshoqli don urugʻi avlodlari uchun belgilangan ustamalar hisobga olingan holda xarid qilinadi.
Bunda urugʻlik bugʻdoy tayyorlash korxonalariga urugʻlik bugʻdoyni xarid qilish, tayyorlash va sugʻurta toʻlovlari uchun Jamgʻarma tomonidan olti oy muddatga (mablagʻ ajratilgan oydan boshlab) yillik 1,5 foiz stavkada qarz mablagʻlari ajratiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻn kun muddatda:
a) Transport vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil uchun bugʻdoy hosilini tashishning tavsiyaviy tarifini;
“Oʻzdonmahsulot” AK hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish boʻyicha xizmatlar tarifining eng yuqori cheklangan darajasini tasdiqlasin va joylarga yetkazilishini taʼminlasin;
b) Jamgʻarma va Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan bugʻdoy yetishtiruvchilar kesimida tasdiqlangan vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyish boʻyicha oylik grafiklarni umumlashtirgan holda tasdiqlasin hamda kelgusi oylarning 28-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining rasmiy veb-saytiga joylashtirib borsin;
v) Jamgʻarma bilan birgalikda:
davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyish boʻyicha oylik grafikni 2023-yil 30-sentabrga qadar ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
kelgusi oylarda birja savdolariga qoʻyiladigan bugʻdoy toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kalendar oy boshlanishidan uch kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining rasmiy veb-saytiga joylashtirish uchun taqdim etib borsin;
zarur hollarda, ichki bozorda narx barqarorligini saqlash maqsadida bugʻdoy tanqisligi kuzatilgan hududlar uchun birja savdolariga qoʻshimcha bugʻdoy qoʻyish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Bugʻdoy yetishtiruvchilarning vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoy birja savdolari orqali oyma-oy grafik asosida sotilishini inobatga olib, 2023-yil hosili uchun bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2023-yil 1-noyabrga qadar uzaytirilsin.
Bunda Jamgʻarma tomonidan 2023-yil hosili uchun bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga joylashtirilgan kredit resurslarining muddati mutanosib ravishda uzaytiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga:
birja savdolaridan bugʻdoy xarid qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarining grafik asosida birja savdolariga chiqarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish vazifasi yuklansin;
zarur hollarda, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan bugʻdoy va un mahsulotlarining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda unga oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.
11. Belgilansinki, davlat zaxirasidagi bugʻdoy Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi va Jamgʻarmaning yozma koʻrsatmasiga asosan tijorat vakili tomonidan xarid qilinadigan yangi hosilni jamlash va avval zaxirada saqlangan bugʻdoyni birja savdolariga chiqarish orqali yangilanadi (almashtiriladi).
Bunda bugʻdoyni yangilash jarayonida ajratib olinadigan donli aralashma (oraliq mahsulot) birja savdolari orqali sotiladi hamda yuzaga kelgan salbiy farq va qoʻshimcha xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi hamda “Oʻzdonmahsulot” AK bilan birgalikda 2023-yil 10-iyun holatiga davlat resursi sifatida “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarda saqlanayotgan bugʻdoy hajmlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin.
Bunda xatlovdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzdonmahsulot” AK tomonidan taqdim etiladigan asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
13. Ichki bozorda bugʻdoy narxi barqarorligini saqlash uchun bugʻdoyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining, birinchi navbatda, qolipli non ishlab chiqaruvchi va un mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarning mahalliy un mahsuloti boʻyicha oʻtkaziladigan birja savdolarida ishtirok etishiga koʻmaklashsin.
15. Jamgʻarma tomonidan tijorat vakiliga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar va vaqtincha saqlash uchun bugʻdoy topshirgan bugʻdoy yetishtiruvchilarning mahsulot sotishdan tushgan mablagʻlari harakati qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlarda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “2022-yil hosilidan bugʻdoyni xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi 284-son qarorining 12-bandi va unga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-iyun,
227-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 227-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlardan bugʻdoyni qabul qilish
DISLOKATSIYASI
tonna
T/r
Korxonalar nomi
Jami qabul qilinadigan bugʻdoy
Shu jumladan:
Tovar bugʻdoy
shundan:
Urugʻlik bugʻdoy
Davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoy
Vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoy
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ
26 158
26 158
14 309
11 849
2.
“Chimboydonmahsulotlari” MCHJ
29 792
27 292
14 929
12 363
2 500
3.
“Taxiatoshdonmahsulotlari” AJ
41 328
37 528
20 528
17 000
3 800
4.
“Qoʻngʻirot un zavodi” AJ
7 955
7 555
4 132
3 422
400
5.
“Toʻrtkoʻldonmahsulotlari” MCHJ
20 068
18 468
10 102
8 366
1 600
6.
“NOʻKUS BEST-SEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
4 700
4 700
Jami:
130 000
117 000
64 000
53 000
13 000
Andijon viloyati
7.
“Andijondonmahsulotlari” AJ
73 352
63 852
35 203
28 649
9 500
8.
“Asakadonmahsulotlari” AJ
64 052
60 052
33 108
26 944
4 000
9.
“Qoʻrgʻontepadonmahsulotlari” AJ
52 596
46 596
25 689
20 907
6 000
Jami:
190 000
170 500
94 000
76 500
19 500
Buxoro viloyati
10.
“Buxorodonmahsulotlari” AJ
63 517
60 117
32 911
27 206
3 400
11.
“Qorakoʻldonmahsulotlari” AJ
54 060
54 060
29 595
24 465
12.
“Kogondonmahsulotlari” AJ
22 823
22 823
12 494
10 329
13.
“BUXARA BESTSEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
4 600
4 600
14.
“Yakkatut paxtachilik, gʻallachilik, sholichilik va urugʻchilik” klasteri
7 000
7 000
Jami:
152 000
137 000
75 000
62 000
15 000
Jizzax viloyati
15.
“Jizzaxdonmahsulotlari” AJ
90 519
90 519
49 969
40 550
16.
“Zarbdor elevatori” AJ
47 348
46 448
25 640
20 807
900
17.
“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ
67 733
67 733
37 390
30 343
18.
“DOʻSTLIK BESTSEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
15 900
15 900
19.
“Semurugʻ klaster” MCHJ
347
347
20.
“Dafna ifori” MCHJ
3 153
3 153
Jami:
225 000
204 700
113 000
91 700
20 300
Qashqadaryo viloyati
21.
“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ
38 300
33 500
21 000
12 500
4 800
22.
“Koson DMQQ” MCHJ
88 000
81 500
44 800
36 700
6 500
23.
“Don-xalq rizqi” AJ
39 750
37 950
20 240
17 710
1 800
24.
“Dunyo-M” AJ
96 800
93 100
54 400
38 700
3 700
25.
“Qamashi DQQ” MCHJ
45 350
45 350
24 400
20 950
26.
“Indorama agro” MCHJ
30 250
26 400
10 160
16 240
3 850
27.
“YAKKABOGʻ BESTSEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
7 000
7 000
28.
“NISNON NEW DON BESTSEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
1 600
1 600
29.
“KASBI DON BESTSEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
2 950
2 950
Jami:
350 000
317 800
175 000
142 800
32 200
Navoiy viloyati
30.
“Navoiydonmahsulotlari” AJ
66 226
62 726
34 201
28 525
3 500
31.
“Qiziltepa un zavodi” AJ
23 474
23 474
12 799
10 675
32.
“NAVOIY-GʻALLA BEST SEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
5 300
5 300
Jami:
95 000
86 200
47 000
39 200
8 800
Namangan viloyati
33.
“Namangandonmahsulotlari” AJ
63 128
63 128
34 776
28 352
34.
“Uchqoʻrgʻondonmahsulotlari” AJ
49 476
49 476
27 255
22 221
35.
“Popdonmahsulotlari” AJ
41 696
41 696
22 969
18 727
36.
“UCNQOʻRGʻON BEST SEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
5 800
5 800
37.
“CNORTOQ DON BESTSEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
6 000
6 000
38.
“Art soft seeds” MCHJ
3 900
3 900
Jami:
170 000
154 300
85 000
69 300
15 700
Samarqand viloyati
39.
“Samarqanddonmahsulotlari” AJ
58 646
56 846
30 935
25 911
1 800
40.
“Oqtosh don” AJ
66 044
60 344
32 838
27 506
5 700
41.
“Juma elevatori” AJ
39 248
39 248
21 358
17 890
42.
“Jomboydonmahsulotlari” AJ
60 362
58 562
31 869
26 694
1 800
43.
“Kattaming urugʻchilik klasteri” MCHJ
2 500
2 500
44.
“MOTRID BESTSEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
6 200
6 200
45.
“ZIRABULOQ BESTSEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
2 000
2 000
Jami:
235 000
215 000
117 000
98 000
20 000
Surxondaryo viloyati
46.
“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ
88 105
80 105
44 503
35 602
8 000
47.
“Shoʻrchidonmahsulotlari” AJ
134 895
126 895
70 497
56 398
8 000
48.
“JARQOʻRGʻON BEST SEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
4 000
4 000
Jami:
227 000
207 000
115 000
92 000
20 000
Sirdaryo viloyati
49.
“Oqoltindonmahsulotlari” AJ
89 300
83 050
72 000
11 050
6 250
50.
“Xovosdonmahsulotlari” AJ
39 400
39 400
26 000
13 400
51.
“Indorama agro” MCHJ
37 000
37 000
37 000
52.
“Poli Tex Sirdaryo” MCHJ
8 200
4 200
4 200
4 000
53.
“White gold cluster” MCHJ
8 100
8 100
8 100
54.
“OQOLTIN BEST SEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
8 000
8 000
Jami:
190 000
171 750
98 000
73 750
18 250
Toshkent viloyati
55.
“Toshkentdonmahsulotlari” AJ
117 715
116 715
63 847
52 868
1 000
56.
“Ohangaron don” AJ
88 820
84 820
46 400
38 420
4 000
57.
“Gʻalla-Alteg” AJ
40 765
39 765
21 753
18 012
1 000
58.
“TST agroklaster” MCHJ
3 000
3 000
59.
“Nurli diyor agro” MCHJ
3 200
3 200
60.
“TASNKENT BEST SEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
7 100
7 100
61.
“YUQORICNIRCNIQ BEST SEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
6 400
6 400
Jami:
267 000
241 300
132 000
109 300
25 700
Fargʻona viloyati
62.
“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ
65 808
60 108
33 393
26 715
5 700
63.
“Bogʻdoddonmahsulotlari” AJ
48 540
48 540
26 966
21 573
64.
“Qoʻqondonmahsulotlari” AJ
110 112
103 312
57 396
45 916
6 800
65.
“Quvadonmahsulotlari” AJ
14 541
13 041
7 245
5 796
1 500
66.
“BAGʻDOD BEST SEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
10 000
10 000
Jami:
249 000
225 000
125 000
100 000
24 000
Xorazm viloyati
67.
“Xorazmdonmahsulotlari” AJ
26 429
22 029
12 302
9 727
4 400
68.
“Bogʻot don” AJ
18 391
18 391
10 270
8 121
69.
“Shovotdonmahsulotlari” AJ
19 812
19 812
11 064
8 748
70.
“Xonqadonmahsulotlari” AJ
18 168
16 768
9 364
7 404
1 400
71.
“URGANCN BESTSEEDS” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)
2 200
2 200
Jami:
85 000
77 000
43 000
34 000
8 000
Respublika boʻyicha jami:
2 565 000
2 324 550
1 283 000
1 041 550
240 450
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil hosili boʻyicha aprobatsiya natijalariga koʻra ushbu dislokatsiyaga don korxonalari kesimida oʻzgartirishlar kiritish vakolati beriladi. Bugʻdoy yetishtiruvchilar oʻz xohishlariga koʻra yetishtirilgan tovar bugʻdoyni belgilangan dislokatsiyadan ortiqcha topshirishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 227-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoy narxlarini aniqlash
KOEFFITSIYENTLARI
Bugʻdoy sinflari
Kleykovina miqdori
(foizdan kam boʻlmaganda)
Qoʻllaniladigan koeffitsiyent
Qattiq bugʻdoy
1 sinf
28
1,641
2 sinf
25
1,447
3 sinf
22
1,316
4 sinf
18
1,000
Yumshoq bugʻdoy
1 sinf
32
1,366
2 sinf
28
1,162
3 sinf
23
1,000
4 sinf
18
0,895
5 sinf qattiq va yumshoq bugʻdoy
chegaralanmagan
0,827
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 227-son qaroriga 3-ILOVA
Ichki bozorda bugʻdoy narxi barqarorligini taʼminlash uchun bugʻdoyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ichki bozorda bugʻdoy narxi barqarorligini taʼminlash uchun bugʻdoyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
birja — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyaga ega tovar-xom ashyo birjalari;
Jamgʻarma — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
PK-10qabul qilish kvitansiyasi — seriyasi va tartib raqami maʼmuriy-hududiy birliklar boʻyicha belgilanadigan tovar bugʻdoyni qabul qilish kvitansiyasi;
tijorat vakili — davlat resursi sifatida tovar bugʻdoyni sotib olish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab joʻnatish ishlarini amalga oshiradigan “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar hamda bugʻdoyni saqlash quvvatiga ega boʻlgan boshqa tadbirkorlik subyektlari;
23210 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlarning maxsus hisobvaragʻi.
2-bob. Ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash uchun xarid qilinadigan bugʻdoy hajmini shakllantirish va Jamgʻarmaning tijorat vakilini tanlab olish tartibi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi har yili 1-mayga qadar erkin birja savdolariga qoʻyiladigan bugʻdoyning fermer xoʻjaliklari va boshqa gʻalla yetishtiruvchilar (keyingi oʻrinlarda — bugʻdoy yetishtiruvchilar) hamda tumanlar kesimidagi taqsimotini va tijorat vakillari roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
4. Tanlovda qatnashadigan don korxonalari quyidagi talablarga javob berishi shart:
maxsus sigʻimga ega boʻlishi;
davlat qiyoslovidan oʻtkazilgan temir yoʻl va/yoki yuk avtomobillarini oʻlchash elektron tarozisi, metrologik koʻrikdan oʻtgan laboratoriya, qurituvchi va buntlovchi koʻchma uzatuvchi transportyorlar, don tozalovchi separatorlarga ega boʻlishi;
tunu-kun yuqori tezlikda ishlovchi onlayn videokuzatuv va qoʻriqlash tizimiga ega boʻlishi;
bugʻdoyni xavfsiz saqlash boʻyicha talablarga javob beradigan maxsus sigʻimlarga egaligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining ijobiy xulosasiga ega boʻlishi;
Jamgʻarma nomidan xarid qilinadigan bugʻdoy qiymatining 120 foizi miqdoridan kam boʻlmagan mol-mulkka, shu miqdordagi kafillikka yoki sugʻurta polisiga ega boʻlishi;
don tayyorlash va saqlash bilan kamida oxirgi 24 oy davomida shugʻullangan boʻlishi lozim.
3-bob. Jamgʻarma bilan tijorat vakili oʻrtasidagi munosabatlar
5. Jamgʻarma va uning tijorat vakili oʻrtasida Jamgʻarma nomidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan bugʻdoyni xarid qilish, tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish toʻgʻrisida topshiriq shartnomasi tuziladi.
6. Topshiriq shartnomasi muddati davomida tijorat vakilining Jamgʻarma nomidan xarid qilgan bugʻdoyga doir faoliyati Jamgʻarma tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
4-bob. Jamgʻarma tomonidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan bugʻdoyni xarid qilish tartibi
7. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan taqsimot va belgilangan hajmdagi bugʻdoy miqdoriga asosan bugʻdoy yetishtiruvchilar tomonidan yetishtirilgan bugʻdoy gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumida tijorat vakilining don saqlash sigʻimiga joylashtiriladi. Bunda:
bugʻdoyning sifati va xavfsizlik koʻrsatkichlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar asosida sinovdan oʻtkazilib qabul qilinadi;
bugʻdoy yetishtiruvchilar tomonidan topshirilgan tovar bugʻdoy uchun tijorat vakiliga toʻrt nusxada PK-10 qabul qilish kvitansiyasi hamda elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi;
zarur hollarda, bugʻdoyni quritish va tozalash xarajatlari shartnomada belgilangan tariflarda bugʻdoy yetishtiruvchilar tomonidan tijorat vakiliga toʻlab beriladi;
tijorat vakilining bugʻdoyni tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish xarajatlari topshiriq shartnomasida belgilangan tariflar asosida Jamgʻarma tomonidan toʻlab beriladi hamda Jamgʻarmaning xarajatlarida aks ettiriladi.
8. Tijorat vakilining arizasiga asosan xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan unga Jamgʻarma nomidan bugʻdoyni xarid qilish uchun 23210 maxsus hisobvaraq ochiladi.
9. Jamgʻarma oʻzining tijorat vakili tomonidan taqdim etilgan elektron buyurtmanomaga asosan Jamgʻarma nomidan bugʻdoyni xarid qilish uchun tijorat vakilining 23210 maxsus hisobvaragʻiga foizsiz mablagʻlarni oʻtkazadi.
Bunda tijorat vakili tomonidan taqdim etilgan elektron buyurtmanomaga asosan bugʻdoyni tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va xaridorga yuklab joʻnatish xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan boʻnak (avans) Jamgʻarma tomonidan tijorat vakiliga oldindan oʻtkazib berilishi mumkin.
10. Tijorat vakili bugʻdoy yetishtiruvchilardan bugʻdoyni davlat standarti (Oʻz DSt 880:2015) talablariga muvofiq sifat koʻrsatkichlari (namlik, ifloslik, donli aralashmasi, natura ogʻirligi, kleykovina miqdori, sifati va turi) hamda bugʻdoy sinflari aniq koʻrsatilgan hujjatlarga (muvofiqlik va sifat sertifikatlari) asosan xarid qiladi.
Xarid qilingan bugʻdoyning sifati boʻyicha yuzaga keladigan nizolar Oʻzagroinspeksiya tomonidan koʻrib chiqiladi hamda koʻrib chiqish natijalariga koʻra Jamgʻarmaga yakuniy xulosa taqdim etiladi.
11. Jamgʻarma tomonidan tijorat vakilining 23210 maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
davlat resursi sifatida tovar va urugʻlik bugʻdoyni xarid qilish uchun hisob-kitoblarga;
bugʻdoyni don qabul qilish korxonalari va shoxobchalariga tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarga.
Bunda Jamgʻarmaning tijorat vakili tomonidan avtotransport vositalarida (xususan, maxsus texnikalar) koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha qarzdorliklari boʻlmaganda, 23210 maxsus hisobvaraqdagi qoldiq mablagʻlar ularning talab qilib olguniga qadar hisobvaraqlariga oʻtkazilib, belgilangan tartibda ishlatilishi mumkin. Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlardan boshqa maqsadlardagi toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
5-bob. Davlat resursi sifatida xarid qilingan bugʻdoyni tijorat vakili tomonidan saqlash tartibi
13. Tijorat vakili bugʻdoyni saqlash standartlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Don xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2016-yil 31-martdagi 99-son qarori talablariga rioya etishi shart.
6-bob. Davlat resursi sifatida xarid qilingan bugʻdoyni birja savdolarida sotish tartibi
14. Davlat resursi sifatida xarid qilingan bugʻdoy tasdiqlangan oylik grafikka muvofiq Jamgʻarma tomonidan birja savdolariga qoʻyib boriladi.
Jamgʻarma tomonidan bugʻdoy birja savdolariga oxirgi savdo haftasida shakllangan oʻrtacha narxlar (kotirovkalar)da, shu jumladan bugʻdoy yetishtiruvchilardan xarid qilingan bugʻdoy qiymatiga, tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash, yuklash va sotish xarajatlarini qoʻshganda hosil boʻladigan qiymatdan kam boʻlmagan narxlarda qoʻyiladi.
Bunda bugʻdoyni tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash, yuklash va sotish xarajatlari yillik oʻrtacha xarajatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan bugʻdoyning narxi mazkur bandda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda aniqlangan narxlarda ham belgilanishi mumkin.
15. Davlat resursi sifatida xarid qilingan bugʻdoy birja savdolarida Jamgʻarma tomonidan birja savdolari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
7-bob. Tijorat vakili tomonidan don saqlash sigʻimlarida saqlanayotgan bugʻdoyni birja savdolari orqali sotib olgan xaridorlarga yuklab joʻnatish tartibi
16. Birja bugʻdoyni sotib olgan xaridor bugʻdoy qiymatini toʻliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Ushbu maʼlumotnomaga asosan Jamgʻarma oʻzining tijorat vakiliga don saqlash sigʻimida saqlanayotgan bugʻdoyni xaridorga yuklab joʻnatish yoʻriqnomasini taqdim etadi.
17. Tijorat vakili yuklab joʻnatish yoʻriqnomasiga asosan don saqlash sigʻimida saqlanayotgan bugʻdoyni xaridorning transport (temir yoʻl yoki avtomobil) vositasiga yuklaydi, shuningdek, yuk xatini yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
18. Tijorat vakili bugʻdoy xaridorga yuklab joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi yuk xatini yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasini hamda bugʻdoy sotib olinganda hisoblangan qoʻshimcha qiymat soligʻi (xizmat koʻrsatish ustamasini hisobga olmagan holda) koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturani bugʻdoy yuklangandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Tijorat vakili taqdim etgan hujjatlarga asosan Jamgʻarma bugʻdoyni sotib olgan xaridorga tegishli hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi.
19. Jamgʻarma oʻzining tijorat vakili tomonidan taqdim etilgan yuk xatini yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasini birjaga yuboradi.
Birja yuk xati yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga asosan har bir shartnoma boʻyicha bugʻdoy sotishdan tushgan mablagʻlarni xaridor nomini koʻrsatgan holda bir ish kunida Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
20. Jamgʻarma va uning tijorat vakili oʻrtasida har chorakda hamda shartnoma shartlari bajarilishi toʻliq yakunlangandan soʻng oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida solishtirma dalolatnoma tuziladi.
8-bob. Bugʻdoy yetishtiruvchilardan xarid qilingan bugʻdoyni qabul qilish, tashish, saqlash, yuklash va uning tabiiy kamayishi hamda kamomad bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi
21. Tijorat vakili topshiriq shartnomasida kelishilgan tariflarga asosan bugʻdoyni tashish, qabul qilish, saqlash va yuklash bilan bogʻliq xarajatlarni, shuningdek, tabiiy kamayish xarajatlarini qoplash uchun har oy yakunida Jamgʻarmaga hisobvaraq-faktura taqdim etadi.
Bunda bugʻdoyning yuzaga kelgan tabiiy kamayishi Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 25-maydagi 95-son qarorida belgilangan standartlarga (normalarga) mosligi boʻyicha Oʻzagroinspeksiyaning ijobiy xulosasi taqdim etilishi shart.
Tijorat vakili tegishli hujjatlarni toʻliq taqdim etganda, qilingan xarajatlar Jamgʻarma tomonidan uch ish kuni ichida toʻlab beriladi.
22. Davlat resursi sifatida xarid qilinib tijorat vakilining don saqlash sigʻimida saqlanayotgan bugʻdoy hajmida kamomad yoki normativdan ortiqcha yoʻqotishlar (kamayish) aniqlanganda, yuzaga kelgan bugʻdoy kamomadi qiymati kamomad aniqlangan kundagi bugʻdoyning birja savdolaridagi narxiga 20 foiz ustama qoʻllagan holda tijorat vakilidan Jamgʻarmaning foydasiga undiriladi.
9-bob. Bugʻdoyni birja savdolarida sotishdan yuzaga keladigan ijobiy tafovut summasini ishlatish va salbiy tafovut summasini qoplash tartibi
23. Bugʻdoyni birja savdolarida sotishda yuzaga keladigan ijobiy yoki salbiy tavofut bugʻdoyning birja savdolaridagi sotish narxidan bugʻdoyni sotib olish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (tijorat vakiliga toʻlangan xizmat haqi, sotish xarajatlari, jalb qilingan xorijiy kreditlar boʻyicha xorijiy valyutaning soʻmdagi kursi farqi, jalb etilgan budjet ssudasi boʻyicha foiz xarajatlari) chegirilgan holda aniqlanadi.
24. Bugʻdoyni birja savdolarida sotishdan yuzaga keladigan ijobiy tafovut mablagʻlari qonunchilik hujjatlariga asosan Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi va ushbu mablagʻlar Jamgʻarma tomonidan belgilangan tartibda tasarruf etiladi.
Bugʻdoyni birja savdolarida sotishda yuzaga keladigan salbiy tafovut summasi Jamgʻarmaning xarajatlarida aks ettiriladi.
bugʻdoy yetishtiruvchilardan bugʻdoyni xarid qilish uchun Jamgʻarma tomonidan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi;
Jamgʻarmaga taqdim etiladigan maʼlumotlarning haqqoniyligi;
bugʻdoy yetishtiruvchilardan xarid qilingan bugʻdoyning yaxlit hajmda, sifatli va kafolatli saqlanishi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1758-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobi.
26. Bugʻdoy yetishtiruvchilardan xarid qilingan bugʻdoyning sifatli saqlanishi Oʻzagroinspeksiya tomonidan, bugʻdoyni xarid qilish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli va toʻgʻri foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Jamgʻarma tomonidan bugʻdoyni xarid qilish uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori Jamgʻarma va uning tijorat vakili oʻrtasida tuziladigan topshiriq shartnomasida belgilanadi.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1758-moddasi.