Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 4-apreldagi 44-n-son “Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish” aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-182) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2576, 2014-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16 son, 188-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruq
muqaddimasidagi “2000-yil 5-iyuldagi 256-son” degan soʻzlar “2019-yil 25-yanvardagi 59-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
b)
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Dastlabki sertifikatsiyadan oʻtish uchun instruktorlikka nomzod yoki takroriy sertifikatsiyadan oʻtish uchun aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktor arizani komissiyaga taqdim etadi.”;
d)
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtish uchun aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlari oʻtkaziladigan joyga oʻz vaqtida pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan yetib kelishi shart.”;
e)
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Sertifikatsiya imtihonlariga pasportsiz yoki identifikatsiya ID-kartasiz kelgan, shuningdek kechikib kelgan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar sertifikatsiya imtihonlariga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi sertifikatsiya imtihonlaridan oʻtadigan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha instruktorlar va instruktorlikka nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi.”.