Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-15-son
qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Savdo-sanoat palatasining (keyingi oʻrinlarda — Palata) tashkiliy tuzilmasi, uning ijroiya qoʻmitasi va hududiy tuzilmalari Palata tomonidan uning Rayosati bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi;
tadbirkorlikka oid begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirishda Palata loyiha hamkori sifatida jalb etilishi;
Palata va uning hududiy boʻlinmalariga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy qilinishi.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5087-son
Farmonida:
a) 1-bandning “g” kichik bandi
toʻrtinchi xatboshisidagi “viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b)
6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 7-bandning
birinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasi tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5242-son Farmonining 2-bandi
toʻrtinchi xatboshisidagi “Savdo-sanoat palatasi huzuridagi tuman va shahar Tadbirkorlarga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5848-son Farmonining
3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat organlari va idoralar tomonidan tadbirkorlikka oid barcha tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirishda Savdo-sanoat palatasi loyiha hamkori sifatida jalb qilinadi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3068-son
qarorida:
a)
1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar”;
v) 3-bandning
birinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) boʻlimlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g)
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oʻz manfaatlari va tadbirkorlik subyektlarining manfaatlari himoyasida Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga taqdim etadigan ariza, murojaat, shikoyat va daʼvolari uchun davlat boji toʻlovlaridan ozod etilsin”;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3317-son qarorining 5-bandi
ikkinchi xatboshisidagi “Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.