Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xususiy mulk muhofazasi va kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlida byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, investitsiya muhiti va ishbilarmonlik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan oʻzaro munosabatlarda tadbirkorlarning huquqlari ustuvorligini, xususan, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ishonchli huquqiy kafolatlarni taʼminlab beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.
Bugungi kunda yurtimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortigʻi kichik va xususiy biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan boʻlib, ular respublikamiz mehnatga layoqatli aholisining 78 foizdan ortigʻini ish bilan taʼminlamoqda.
Shu bilan birga, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari va davlat organlari oʻrtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni takomillashtirish masalalari boʻyicha, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga, avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlari taqdim etilishini taʼminlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining oʻzaro hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini endi boshlagan davrlarda ularni qoʻllab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni taqozo etadi.
Yuqorida koʻrsatilgan vazifalarning hal etilish� nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, maqomi, yoʻnalishi va faoliyati koʻlami, mulk shaklidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektlarini birlashtirib turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan taʼminlanishi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni avvalo tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi va biznesning qonuniy manfaatlari muhofazasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyati tubdan takomillashtirilishini nazarda tutadi.
Farmonda Savdo-sanoat palatasining quyidagi aniq va eng muhim vazifalari belgilab berilgan:
a) tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida — tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa, ularning oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyish davrida qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, sohaning jadal rivojlanishiga har tomonlama koʻmak berish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvorlik roli va daxlsizligini taʼminlash, mamlakatimiz tuman va shaharlarida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;
vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini tahlil qilish hamda tahlil natijalarini tizimli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga taqdim etish;
tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligining avvalambor mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi ustidan jamoat nazoratini oʻrnatishning samarali tizimini joriy etish va ularning faoliyati boʻyicha mustaqil baholash mezonini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan shikoyat arizalari bilan murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyati monitoringini amalga oshirish hamda ular faoliyati tekshiruvlarida Palata aʼzolarining ishtirok etishi.
b) ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida — tadbirkorlikka oid qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini tashkil etish va jamoat nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirish boʻyicha davlat dasturlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga faol jalb qilish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan birgalikda meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini, jumladan, sanoat, transport, qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va xizmatlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar boʻyicha ekspert kengashlarini tashkil etish;
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini mustahkamlash, ularning rivojlanishini ragʻbatlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
respublika tumanlari (shaharlari), viloyatlari kesimida joylardagi ishbilarmonlik muhitining holati hamda qonunchilikdagi meʼyorlar va talablarning amalga oshirilishi natijalari boʻyicha har chorakda tahlil oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga ularni yaxshilash boʻyicha tahliliy materiallar va takliflarni taqdim etish.
v) tadbirkorlik faoliyatiga koʻmaklashish sohasida — tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam koʻrs�tish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari va sharoitlarini taqdim etish, maslahat yordami va axborot taʼminotini taqdim etishda quyidagilar orqali koʻmaklashish:
yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarni joylashtirish uchun biznes-inkubatorlar yaratish va faoliyatini tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish;
tadbirkorlarning investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq zarur axborotlarni olishga koʻmaklashishini taʼminlash;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, ular faoliyati boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazilganida tadbirkorlik subyektlariga huquqiy va yuridik yordam koʻrsatish;
moliyaviy va tovar-xomashyo resurslari, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, texnologik mashinalar va qurilmalar, ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, yer uchastkalaridan foydalanishda amaliy yordam koʻrsatish;
Savdo-sanoat palatasi aʼzolari va hamkorlari ishtirokida jamoatchilik asosida qoʻmitalar, ishbilarmonlik va muvofiqlashtirish kengashlarini tashkil etish;
innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, “startup” loyihalar, yoshlarning, avvalambor oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining oʻz biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, aholi bandligi va daromadlarining jadal oʻsishini taʼminlashga xizmat qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli shakllarini jadal rivojlantirishga faol koʻmaklashish.
g) davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik sohasida — davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari — qonunchilik, sud va ijro hokimiyatlari, shuningdek, bank-moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa subyektlari bilan oʻzaro ha�korlikning samaradorligiga xizmat qiladigan tizimning yangi shakllarini joriy etish;
tadbirkorlik subyektlari bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni samarali tashkil etishga koʻmaklashish, “toʻgʻridan-toʻgʻri va qayta aloqa” tamoyili boʻyicha oʻzaro hamkorlikning amaliy va samarali mexanizmini yaratish;
tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash, vakolatli organlarga koʻrib chiqish uchun taqdim etish, shuningdek, ularning ijro etilishi monitoringi va tahlilini olib borish;
viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatli davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, davlat xizmatlari taqdim etuvchi xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash.
d) tadbirkorlik subyektlarini oʻqitish va kadrlar tayyorlash sohasida — tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklari boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va shaharlarda quyidagi usullar orqali kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy kurslarini tashkil etish:
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, shuningdek, Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish markazi va uning hududiy filiallari bilan kasb-hunar kollejlari negizida mashgʻulotlardan boʻsh vaqtlarda oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
markaz faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet davlatlarning tadbirkorlarni oʻqitish boʻyicha muqobil markazlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga oʻqitishni tashkil etish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv kurslarini ishlab chiqish va oʻtkazish;
xodimlarni tanlash va oʻqitishda, ularning professional malakasini doimiy oshirishda tadbirkorlarga yaqindan koʻmaklashish, hududlar va tadbirkorlik sohalarida malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirishda ishtirok etish;
taʼlimni tashkil etish uchun oliy oʻquv yurtlari, kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchilari, amaliyotchi-mutaxassislar, yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
e) tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida — mamlakatimizdagi tadbirkorlik subyektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, mahalliy korxonalar mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini taʼminlash, milliy brendlarni xorijda faol ilgari surish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish;
biznes-forumlar, koʻrgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini taʼminlash;
tadbirkorlik subyektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga yoʻnaltirish, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ularga huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda yordam koʻrsatish;
tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlarga har tomonlama koʻmaklashish;
ushbu muhim va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining chet eldagi vakolatxonalari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.
Davlatimiz rahbarining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash toʻgʻrisidagi xulosani berish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi. Yaʼni, tadbirkorlik sohasidagi barcha loyihalar majburiy ravishda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi zarur.
Nazorat organlari tomonidan rejalashtirilgan tekshiruvlar haqida avvaldan Savdo-sanoat palatasiga xabar berilishi, shuningdek, davlat organlari, jumladan, nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari huzurida tashkil etiladigan jamoat maslahat kengashlari tarkibiga Savdo-sanoat palatasi vakillarining kiritilishi tartibi joriy etilmoqda.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida biznes-hamjamiyati bilan davlat organlari oʻrtasida muloqot qilishing samarali mexanizmini yoʻlga qoʻyish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Farmonda Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalari hamkorlikda xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining hisobotlarini tinglash nazarda tutilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan muammoli masalalarni, biznes-gʻoyalarni hamda loyihalarni muhokama qilish boʻyicha tizimli asosda uch�ashuvlar oʻtkazish, biznes doiralar, ilmiy hamjamiyat, Hukumat va aholi oʻrtasidagi muloqotlarga koʻmaklashish maqsadida har yili biznes-hamjamiyat, mintaqaviy va xalqaro biznes vakillarining Iqtisodiy forumini oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni hamda berilgan qoʻshimcha huquq va vakolatlarni toʻliq va samarali amalga oshirish maqsadida Farmon ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unda Savdo-sanoat palatasining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan.
Xususan, Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarining tashkil etilishi koʻzda tutilgan boʻlib, ular davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlarining xizmatlari, biznes-xizmatlardan bir joyda foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratish va imkoniyatlarni taqdim etish orqali tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Bunda tashkil qilinayotgan Markazlarning tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmati koʻrsatish subyektlari bilan, shuningdek, bank, lizing, sugʻurta, auditorlik, baholash, rieltorlik kompaniyalar va boshqalar kabi bozor infratuzilmasi subyektlari bilan uzviy aloqalar tashkil qilish nazarda tutilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shahrida ularning shahar va tumanlarda boʻlinmalari bilan Markazlar tashkil etiladi.
Shu bilan birga, xorijiy investorlar, shuningdek, chet ellik hamkorlar bilan oʻzaro munosabatlarda milliy kompaniyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofaza qilishini taʼminlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tarkibida Xalqaro arbitraj sudini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Qabul qilingan chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasi kafolat�ari kuchayishini taʼminlash, biznesni tashkil etish va yuritishda har tomonlama koʻmak koʻrsatish, sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, biznes-muhitni takomillashtirish masalalari boʻyicha tadbirkorlar bilan axborot almashinuvining samarali usulini joriy etish imkonini beradi va mamlakatimizda xususiy mulk va tadbirkorlikning yanada rivojlanishi, chet el investitsiyalarining keng jalb qilinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga xizmat qiladi.