Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
“Reabilitatsiya va mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 644-son “Alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2001-yil 9-iyuldagi 4 va 4-son “Reabilitatsiya va mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1050, 2001-yil 18-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 13-iyuldagi 31 va 93-son “Reabilitatsiya va mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1050-1, 2017-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 750-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-noyabrdagi 75 va 132-son “Reabilitatsiya va mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1050-2, 2020-yil 21-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2020-y., 10/20/1050-2/1643-son).