toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-sonli “Jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi Hukumat qarorlarini tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 16-maydagi PQ-244-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-maydagi PQ-244-son qarori bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 7-bandiga muvofiq alkogolli mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki o‘zining qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tuman (shahar) tibbiyot muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari buyrug‘i asosida tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini 10 o‘rindan kam bo‘lmagan holda tashkil qilish;
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan alkogol, giyohvandlik vositalari ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi mezonlarni belgilash;
alkogol, giyohvandlik vositalari ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelish, qabul qilish va yordam ko‘rsatish hamda chiqarib yuborish tartibi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlarining ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarining shtat normativlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Milliy gvardiya bilan birgalikda tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari va xodimlarining tunu-kun qo‘riqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ichki ishlar vazirligi jamoat joylarida alkogol, giyohvandlik vositalari ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablaridan kelib chiqib, tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga yetkazilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-noyabr,
644-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 644-son qaroriga
1-ILOVA
Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni (alkogol va boshqa psixoaktiv moddalardan og‘ir zaharlanish (hushsiz, koma) holatlari bundan mustasno) ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga yetkazish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — mastlik holatidagi shaxs) — psixoaktiv moddalar ta’sirida mastlik holatidagi shaxs;
narkologik kasallik (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) — psixoaktiv moddalarga patologik ruju qo‘yish, ulardan surunkali zaharlanishning psixosomatik (ruhiy va jismoniy) hamda ijtimoiy oqibatlari bilan tavsiflanadigan surunkali kasallik;
psixoaktiv moddalar — markaziy asab tizimiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadigan, muntazam ravishda iste’mol qilganda ruhan va jismonan qaramlikni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy kimyoviy moddalar;
psixoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun shaxslarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish — shaxslarda mastlik holatini aniqlashga qaratilgan tibbiy ko‘rik usullari va tibbiy tekshiruvlar majmui.
3. Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari buyruqlari bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o‘rinli tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilinadi.
4. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida ichki rejim hamda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining qo‘riqlash bo‘linmalari tashkil etiladi.
5. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
6. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga ko‘chalarda, maydonlarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, avtomobil yo‘llarida, vokzallarda, aeroportlarda va boshqa jamoat joylarida (yashash joyidan olib borish bundan mustasno) bo‘lgan mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borish uchun quyidagi mezonlar asos bo‘ladi:
shaxsning maqsadli harakatlar sodir etish yoki o‘zi mustaqil harakatlanish qobiliyatining yo‘qotganligi (biror joyda yotgan yoki o‘tirgan holati);
shaxsning uyquchanligi, uyg‘otishning qiyinligi;
shaxsning tikka holatda mustaqil tura olmasligi;
nutqining noaniq, tushunarsiz, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan uzuq-yuluq alohida so‘zlardan tashkil topishi (g‘o‘ldirashi);
savollarni yaxshi tushunmasligi, o‘zining qayerdaligini aniq anglab yetmasligi.
7. Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarining asosiy vazifalari
8. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
mastlik holatidagi shaxslarni hushyor holatga keltirish bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish;
mastlik holatidagi shaxslarni kecha-kunduz qabul qilish va ro‘yxatini yuritish;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga qabul qilingan shaxslarni xavfsiz va sog‘lig‘iga ziyon yetmaydigan sharoitlarda saqlash;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan shaxslarda boshqa yo‘nalishdagi davolash-profilaktika muassasalarida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni talab etuvchi holatlar (jarohatlar, kuyish, insult, ichki a’zolar funksiyalarining yaqqol dekompensatsiyasi va b.) aniqlangan taqdirda, ularni tegishli davolash-profilaktika muassasasiga yuborish;
mastlik holatidagi shaxslarni hushyor holatga kelgandan so‘ng tibbiy yordam ko‘rsatish punktlaridan chiqarib yuborish;
mastlik holatidagi shaxs hushyor holatga kelgandan so‘ng tibbiy yordam ko‘rsatish punktidan chiqarib yuborish vaqtida undan vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yilgan buyumlarini qaytarish.
3-bob. Mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelish
9. Mastlik holatidagi shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanadi va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib boriladi.
Bunda, ichki ishlar xodimi:
mastlik holatidagilarning shaxsini aniqlaydi;
mastlik holatidagi shaxslarga nisbatan huquqbuzarliklarning, shuningdek ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xavfning oldini olish maqsadida ularga birinchi yordam ko‘rsatadi;
zarurat tug‘ilganda (mastlik holatidagi shaxsning hushsizligi, koma holatidaligi, og‘ir tan jarohati olganligi yoki hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan boshqa holatlarda), ular aniqlangan joyga zudlik bilan tez tibbiy yordam brigadasini chaqiradi;
tez yordam brigadasini kelish imkoni bo‘lmagan taqdirda, yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarni tibbiyot muassasalariga o‘z xizmat avtomashinalarida yetkazib boradi, bu haqda ichki ishlar hududiy organining navbatchilik bo‘limiga xabar beradi, navbatchining ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qiladi;
mastlik holatida bo‘lgan shaxslarning shaxsiy mulki xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi.
10. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari sharoitida yordam ko‘rsatishga tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda, mastlik holatidagi shaxslarni ushbu punktlarga ichki ishlar organlari xodimlari o‘z xizmat avtomashinalarida yetkazadi. Ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishini istisno etuvchi, ushbu shaxslarning yonida bo‘lgan ashyolar, hujjatlar va qimmatli buyumlarning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
11. Mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelishdan oldin ichki ishlar organlari xodimlari ularda o‘ziga yoki boshqa fuqarolarga tan jarohatlari yetkazishi mumkin bo‘lgan sovuq qurol, shuningdek qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa buyum (jism)lar yo‘qligiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Mastlik holatidagi shaxsning yonida sovuq qurol, giyohvand moddalar va muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan buyumlar (jismlar) aniqlangan taqdirda, ushbu buyum (jism)lar ichki ishlar organlari xodimi tomonidan olib qo‘yiladi hamda butun tibbiy yordam ko‘rsatish davri davomida ushbu shaxsning zarur qo‘riqlanishini ta’minlaydi.
12. Mastlik holatidagi shaxsga tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rish va olib qo‘yilgan buyumlar (jismlar) saqlash, topshirish yoki yo‘q qilish masalalarini hal etish uchun hududiy tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga topshiriladi.
4-bob. Mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga qabul qilish
13. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxsga tibbiy yordam ko‘rsatish punktida yordam ko‘rsatish uchun tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, ushbu shaxsni tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga qabul qilish to‘g‘risida navbatchi shifokor tomonidan dalolatnoma tuzilib, tibbiyot xodimi va ichki ishlar organi xodimi tomonidan imzolanadi.
14. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarning kiyim-boshi va boshqa buyumlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiyot xodimlari va xolislar ishtirokida tekshiriladi.
Tekshirish mobaynida mastlik holatidagi shaxsdan uning yonidagi buyumlari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yiladi. Bunda, mazkur buyumlar har bir shaxs uchun alohida yacheykasi bo‘lgan, raqamlangan va qulflanadigan maxsus jihozlangan shkafda saqlanadi.
15. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan barcha shaxslar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki uni olib kelgan ichki ishlar organlari xodimlarining yozma yo‘llanmalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga ko‘ra maxsus tikilgan, raqamlangan, tibbiyot muassasasi rahbari imzosi va tashkilot muhri bosilgan daftarda qayd etiladi.
16. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan shaxs olib kelinganda, ko‘rik dalolatnomasida uning alohida belgilari (chandiqlari, tatiurovkalari, tug‘ma dog‘lari va boshqa) sinchiklab qayd qilinadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni tashqi qiyofasini tuzishda tibbiyot xodimlariga yordam beradi.
17. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan shaxslar ushbu punktlarning xonalariga joylashtiriladi. Bunda erkaklar ayollardan, voyaga yetmaganlar esa voyaga yetganlardan alohida saqlanadi.
18. Navbatchi tibbiy xodimlar ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda olib kelingan shaxsning qarindoshlariga darhol xabar berish choralarini ko‘radi.
19. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda yong‘in xavfsizligi faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan maishiy sharoitlar yaratiladi.
20. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida tegishli ichki ishlar organlari, davolash-profilaktika muassasalari xodimlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yish hamda olib kelingan shaxslarning qarindoshlariga xabar berish uchun telefon apparati o‘rnatiladi.
5-bob. Mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida tibbiy yordam ko‘rsatish
21. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam narkolog-shifokorlar yoki maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatiladi.
22. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslar tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarining shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
23. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari vrachlari tomonidan tuziladigan mastlik holatidagi shaxslarning sog‘lig‘i holatini tekshirish natijalari dalolatnomasida qayd etiladi va ushbu dalolatnoma qat’iy hisobot hujjati hisoblanadi.
24. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida olib kelingan shaxsda bosh miya jarohatlari yoki boshqa og‘ir tan jarohatlari, shuningdek yaqqol ayon bo‘lgan og‘ir holatlar aniqlanganda, tibbiy yordam ko‘rsatish punkti joylashgan muassasada to‘liq hajmda tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni bo‘lmasa, navbatchi shifokor tomonidan yordam ko‘rsatish hajmi yoki boshqa davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazish masalasi hal qilinadi.
25. Tibbiy yordamning ko‘rsatilish hajmi olib kelingan shaxsning ahvolidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlari va protokollariga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatish punktida 12 soatgacha bo‘lganda dalolatnoma, 12 soatdan ko‘p vaqt bo‘lganda va tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan hollarda — kasallik tarixi rasmiylashtiriladi. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktida qo‘llanilishi zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning sarflanishini hisobga olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatilgan shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktidan chiqarish
27. Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatilganidan va hushyor holatga keltirilganidan so‘ng shifokor uni takroran tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va chiqarish mumkinligi to‘g‘risida xulosani beradi. Bunda, mastlik holatidagi shaxsni hushyor holatga keltirish muddati 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
28. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni sutkaning tungi vaqtida, ya’ni soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yoki yilning sovuq davrida chiqarib yuborish, ularning qarindoshlari kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
29. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxsga chiqarib yuborish davomida bayonnomaga yoki kasallik tarixiga imzo qo‘ydirgan holda olib qo‘yilgan hujjatlar, pullar va boshqa buyumlari qaytarib beriladi.
7-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
30. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslar:
shaxsiy xavfsizligi ta’minlangan va sog‘lig‘iga ziyon yetmaydigan sharoitlarda saqlanishga, tegishli tibbiy yordam olishga;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelinganligi to‘g‘risida qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga xabar berishga;
ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga ega bo‘lish va qonunchilikda taqiqlanmagan predmet va buyumlardan foydalanishga haqli.
Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Mastlik holatidagi shaxslar tibbiy yordam ko‘rsatish punktida belgilangan tartibga rioya qilishi shart.
8-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlarining huquqlari va majburiyatlari
31. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlari:
tibbiy yordam ko‘rsatish punkti hududida turgan boshqa shaxslardan tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni darhol to‘xtatishni talab qilish, ularni bartaraf etish va bu haqida darhol ichki ishlar organlariga murojaat etishga;
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mastlik holatidagi shaxslardan tibbiy yordam ko‘rsatish punktida saqlash, tarqatish, iste’mol qilish va ulardan foydalanish taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini olib qo‘yilishida ishtirok etishga haqli.
Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
32. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlari:
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi;
o‘z ishini bajarishda tibbiy etika va deontologiyaga amal qilishi;
o‘zining malakasi, lavozim yo‘riqnomalari va majburiyatlariga muvofiq mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatishi;
mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni qabul qilish vaqtida, ularda tan jarohatlari aniqlangan taqdirda, darhol ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga xabar berishi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlari va protokollariga amal qilishi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxs hushyor holatga kelganidan so‘ng uni tibbiy yordam ko‘rsatish punktidan chiqarib yuborishi shart.
Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlari o‘z zimmasiga qonunchilik hujjatlarga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
33. Tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida tibbiyot xodimlari sog‘lig‘iga zarar yetkazilib, bu uning mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan taqdirda, shuningdek nogironlik yuz berganda ushbu shaxsga, u vafot etgan taqdirda esa uning qonuniy vakiliga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari.
9-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bo‘linmalari naryadlarining vazifa va majburiyatlari
34. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bo‘linmalari naryadlari:
mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga qabul qilish uchun tibbiyot xodimlari ko‘rikdan o‘tkazayotgan va tibbiy yordam ko‘rsatayotgan vaqtda jamoat tartibini ta’minlaydi;
mastlik holatida bo‘lgan shaxslar tomonidan agressiv xatti-harakatlar bilan qonunbuzarlik harakatlari sodir etilgan taqdirda, tegishli choralar ko‘radi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida ichki, ruxsat berish rejimlarini hamda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
qo‘riqlanayotgan obyektlardagi mol-mulkni saqlash shart-sharoitlari, muhandislik-texnik vositalar holatini tekshiradi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jismoniy kuch ishlatish, o‘qotar qurol va maxsus vositalaridan foydalanish choralarini ko‘radi;
 LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi.
qo‘riqlanayotgan obyekt ma’muriyatiga, mansabdor shaxsiga obyektni muhandislik-texnik mustahkamligini ta’minlash, signalizatsiya tizimlari va videokuzatuv bilan jihozlash bo‘yicha taqdimnoma kiritadi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlaridan mol-mulk, moddiy boyliklar va turli yuklarni noqonuniy olib chiqishga yoki olib kirishga urinayotgan shaxslarni ushlaydi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘radi, zarur hollarda esa tegishli qaror qabul qilish uchun ularni hududiy ichki ishlar organlariga topshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-bobi.
mastlik holatidagi shaxslardan xizmat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqbuzarliklar va xatti-harakatlarni to‘xtatishni talab qiladi, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni qo‘llaydi.
35. Qo‘riqlash bo‘linmalari naryadlari:
xizmatni o‘tash joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishi;
qo‘riqlanayotgan obyektda jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik izlarining saqlanishini ta’minlashi;
qo‘riqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, ularni sodir etishga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.
Qo‘riqlash bo‘linmalari naryadlari zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
10-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini boshqarish
36. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga umumiy rahbarlik, ular tashkil etilgan tuman (shahar) tibbiyot muassasalarining bosh shifokori tomonidan, punktlarga bevosita rahbarlik esa ushbu punktlarda joriy etilgan bo‘lim mudirlari tomonidan amalga oshiriladi.
37. Bo‘lim mudiri o‘z vakolatlari doirasida:
tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga bevosita rahbarlik qiladi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punkti vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda tibbiy yordam ko‘rsatish punkti zimmasiga yuklatilgan vazifalarning lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, ular zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tibbiy yordam ko‘rsatish punktida saqlanayotgan shaxslarning kun tartibini tasdiqlaydi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktining ish rejalarini tasdiqlaydi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punkti tibbiyot xodimlari uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, boshqa lavozimga o‘tkazish, shuningdek ularni rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazolarni qo‘llash haqidagi takliflarni tegishli davolash-profilaktika muassasasining bosh shifokoriga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Bo‘lim mudiri qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. Tibbiy yordam punktlarida mastlik holatidagi shahslar uchun ishlatilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek tibbiy hujjatlar hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi gi 714-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risidagi nizom.
39. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekitson Respublikasi Ma’muriy javobganlik to‘g‘risidagi kodeksining 591, 1977-moddalari.
Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Ichki ishlar organlari xodimlari

Ko‘chalarda, maydonlarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, avtomobil yo‘llarida, vokzallarda, aeroportlarda va boshqa jamoat joylarida mastlik holatidagi shaxslarni aniqlaydi va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib boradi.

Mastlik holatidagi shaxs aniqlanishi bilan

2-bosqich

Tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlari va ichki ishlar organlari xodimlari

1. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxsni tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga qabul qilish to‘g‘risida navbatchi shifokor tomonidan dalolatnoma tuzilib, tibbiyot xodimi va ichki ishlar organi xodimi tomonidan imzolanadi.

2. Mastlik holatidagi shaxsni maxsus daftarda qayd etadi va xonaga joylashtiradi.

3. Mastlik holatidagi shaxsning qarindoshlariga bu haqida darhol xabar berish choralarini ko‘radi.

Mastlik holatidagi shaxs olib kelingan vaqtdan boshlab

3-bosqich

Tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlari

1. Mastlik holatidagi shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va mastlik holatidagi shaxslarning sog‘lig‘i holatini tekshirish natijalari dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

2. Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatish punktida 12 soatgacha bo‘lganda dalolatnoma, 12 soatdan ko‘p vaqt bo‘lganda va tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan hollarda — kasallik tarixi rasmiylashtiriladi.

Mastlik holatidagi shaxs tibbiyot punkti xonasiga joylashtirilgan vaqtdan boshlab

4-bosqich

Tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlari

Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatilganidan va hushyor holatga keltirilganidan so‘ng shifokor uni takroran tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va chiqarish mumkinligi to‘g‘risida xulosani beradi.

Bunda, mastlik holatidagi shaxsni hushyor holatga keltirish muddati 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.

Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni sutkaning tungi vaqtida, ya’ni soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yoki yilning sovuq davrida chiqarib yuborish, ularning qarindoshlari kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.

Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxsga chiqarib yuborish davomida bayonnomaga yoki kasallik tarixiga imzo qo‘ydirgan holda olib qo‘yilgan hujjatlar, pullar va boshqa buyumlari qaytarib beriladi.

Mastlik holatidagi shaxs to‘liq o‘ziga kelganda

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 644-son qaroriga
2-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlarining
RO‘YXATI

T/r

T/r

Tumanlararo punktlar

Tumanlararo punktlarga biriktirilgan tuman va shaharlar

Tumanlararo punktlarning manzili

I. 2022-yilda tashkil etiladigan tumanlararo punktlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

1.

Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi

Taxiatosh tumani Xo‘jayli tumani

Xo‘jayli tumani, T. Ibragimov ko‘chasi, 24-uy

2.

2.

Nukus tumani tibbiyot birlashmasi

Nukus tumani

Nukus tumani, Akmangit guzari ko‘chasi, 34-uy

3.

3.

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — RIRSIATM) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali

Nukus shahri

Nukus shahri, U. Bekmanov ko‘chasi, 114-uy

4.

4.

To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi

Beruniy tumani To‘rtko‘l tumani

To‘rtko‘l tumani, Nukus ko‘chasi, 36-uy

5.

5.

Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasi

Ellikqal’a tumani

Ellikqal’a tumani, Navoiy ko‘chasi, raqamsiz uy

6.

6.

Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasi

Mo‘ynoq tumani Qo‘ng‘irot tumani

Qo‘ng‘irot tumani, Oltinko‘l mahallasi

7.

7.

Qonliko‘l tumani tibbiyot birlashmasi

Qonliko‘l tumani

Qonliko‘l tumani, A. Musayev ko‘chasi, 14-uy

8.

8.

Shumanay tumani tibbiyot birlashmasi

Shumanay tumani

Shumanay tumani, Mamiy ovul fuqarolar yig‘ini

9.

9.

Chimboy tumani tibbiyot birlashmasi

Chimboy tumani

Chimboy tumani, Sh. Rashidov ko‘chasi, 43-uy

10.

10.

Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasi

Qorao‘zak tumani Taxtako‘pir tumani

Qorao‘zak tumani, Berdax ko‘chasi, raqamsiz uy

11.

11.

Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasi

Kegeyli tumani Bo‘zatov tumani

Kegeyli tumani, Do‘stlik ko‘chasi, 3-uy

12.

12.

Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi

Amudaryo tumani

Amudaryo tumani, Shifokorlar mahallasi

Andijon viloyati

13.

1.

RIRSIATM Andijon viloyati hududiy filiali

Andijon shahri Andijon tumani Oltinko‘l tumani

Andijon shahri, Yu. Otabekov ko‘chasi, 3-uy

14.

2.

Bo‘ston tumani tibbiyot birlashmasi

Bo‘ston tumani Shahrixon tumani

Bo‘ston tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 1-uy

15.

3.

Asaka tumani tibbiyot birlashmasi

Asaka tumani Marhamat tumani

Asaka tumani, Ilg‘or qishlog‘i

16.

4.

Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi

Baliqchi tumani Ulug‘nor tumani

Baliqchi tuman, Chinobod qishlog‘i

17.

5.

Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi

Paxtaobod tumani Izboskan tumani

Paxtaobod tumani, Kelajak ovozi ko‘chasi, 1-uy

18.

6.

Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot birlashmasi

Qo‘rg‘ontepa ?umani Xonobod shahri Qorasuv shahri

Ko‘rg‘ontepa tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 135-uy

19.

7.

Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasi

Jalaquduq tumani Xo‘jaobod tumani Buloqboshi tumani

Jalaquduq tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 95-uy

Buxoro viloyati

20.

1.

RIRSIATM Buxoro viloyati hududiy filiali

Buxoro shahri

Buxoro shahri, Jo‘bor ko‘chasi, 65-uy

21.

2.

Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasi

Qorako‘l tumani Olot tumani

Qorako‘l tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 21-uy

22.

3.

Jondor tumani tibbiyot birlashmasi

Jondor tumani

Jondor tumani, M. Tarobiy ko‘chasi, 157-uy

23.

4.

G‘ijduvon tumani tibbiyot birlashmasi

G‘ijduvon tumani

G‘ijduvon tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 100-uy

24.

5.

Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi

Vobkent tumani Shofirkon tumani

Vobkent tumani, Tadbirkor ko‘chasi, 35-uy

25.

6.

Romitan tumani tibbiyot birlashmasi

Romitan tumani Peshko‘ tumani

Romitan tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 162-uy

26.

7.

Buxoro tumani tibbiyot birlashmasi

Buxoro tumani

Buxoro tumani, Fitrat ko‘chasi, 17-uy

27.

8.

Kogon shahri tibbiyot birlashmasi

Qorovulbozor tumani Kogon tumani Kogon shahri

Kogon shahri, Oltinko‘l ko‘chasi, 1-uy

Jizzax viloyati

28.

1.

RIRSIATM Jizzax viloyati hududiy filiali

Paxtakor tumani Arnasoy tumani Do‘stlik tumani Mirzacho‘l tumani

Paxtakor tumani, Dilorom ko‘chasi, 2-uy

29.

2.

Zomin tumani tibbiyot birlashmasi

Yangiobod tumani Zarbdor tumani Zomin tumani

Zomin tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 17-uy

30.

3.

Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi

Sharof Rashidov tumani Jizzax shahri Baxmal tumani G‘allaorol tumani

Sharof Rashidov tumani, Uch tol ko‘chasi, 5-uy

31.

4.

Forish tumani tibbiyot birlashmasi

Forish tumani Zafarobod tumani

Forish tumani, Oqtepa mahallasi

Qashqadaryo viloyati

32.

1.

RIRSIATM Qashqadaryo viloyati hududiy filiali

Qarshi shahri Qarshi tumani Nishon tumani

Qarshi shahri, Besh yog‘och ko‘chasi, 7/1-uy

33.

2.

Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi

Mirishkor tumani

Yangi Mirishkor shaharchasi, O‘zbekiston ko‘chasi, 35-uy

34.

3.

Kitob tumani tibbiyot birlashmasi

Kitob tumani Shahrisabz shahri Shahrisabz tumani

Kitob tumani, Katta yo‘l ko‘chasi, 123-uy

35.

4.

Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasi

Yakkabog‘ tumani

Yakkabog‘ tumani, Cho‘mich ko‘chasi, 2-uy

36.

5.

G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi

G‘uzor tumani Qamashi tumani

G‘uzor tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 87-uy

37.

6.

Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi

Dehqonobod tumani

Dehqonobod tumani, Guliston ko‘chasi, 5-uy

38.

7.

Koson tumani tibbiyot birlashmasi

Koson tumani Kasbi tumani

Koson tumani, Quyiobron ko‘chasi, 1-uy

39.

8.

Muborak tumani tibbiyot birlashmasi

Muborak tumani

Muborak tumani, Istiqlol mahallasi

40.

9.

Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi

Chiroqchi tumani Ko‘kdala tumani

Chiroqchi tumani, Yangi qurilish ko‘chasi, 1-uy

Navoiy viloyati

41.

1.

RIRSIATM Navoiy viloyati hududiy filiali

Navoiy shahri Karmana tumani

Navoiy shahri, Binokor ko‘chasi, 5-uy

42.

2.

Zarafshon shahri tibbiyot birlashmasi

Zarafshon shahri Tomdi tumani

Zarafshon shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 4-uy

43.

3.

Uchquduq shahri tibbiyot birlashmasi

Uchquduq shahri Uchquduq tuman

Uchquduq tuman, A. Temur ko‘chasi, 2a-uy

44.

4.

Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi

Xatirchi tumani

Xatirchi tuman, Mustaqillik mahallasi

45.

5.

Nurota tumani tibbiyot birlashmasi

Nurota tumani G‘ozg‘on shahri

Nurota tumani, U. Yusupov ko‘chasi, 132-uy

46.

6.

Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi

Qiziltepa tumani

Qiziltepa tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 1-uy

47.

7.

Navbahor tumani tibbiyot birlashmasi

Navbahor tumani

Navbahor tumani, Arabxona mahallasi

48.

8.

Konimex tumani tibbiyot birlashmasi

Konimex tumani

Konimex tumani, Istiqlol ko‘chasi, 4-uy

Namangan viloyati

49.

1.

RIRSIATM Namangan viloyati hududiy filiali

Namangan shahri Davlatobod tumani Yangi Namangan tumani

Namangan shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 70-uy

50.

2.

To‘raqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

To‘raqo‘rg‘on tumani

To‘raqo‘rg‘on shahri, Namangan ko‘chasi, 6-uy

51.

3.

Namangan tumani tibbiyot birlashmasi

Namangan tumani

Namangan tumani, Nurafshon ko‘chasi, 46-uy

52.

4.

Yangiqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

Yangiqo‘rg‘on tumani Chortoq tumani

Yangiqo‘rg‘on tumani, A. Qo‘chqorov ko‘chasi, 173-uy

53.

5.

Kosonsoy tumani tibbiyot birlashmasi

Kosonsoy tumani

Kosonsoy shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 74-uy

54.

6.

Norin tumani tibbiyot birlashmasi

Norin tumani

Haqqulobod shahri, Beruniy ko‘chasi, 21-uy

55.

7.

Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

Uchqo‘rg‘on tumani Uychi tumani

Uchqo‘rg‘on shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 3-uy

56.

8.

Pop tumani tibbiyot birlashmasi

Pop tumani Chust tumani

Pop shaharchasi, Paxtakor ko‘chasi, 3-uy

57.

9.

Mingbuloq tumani tibbiyot birlashmasi

Mingbuloq tumani

Jomashuy shaharchasi, E. O‘rmonov ko‘chasi, 24-uy

Samarqand viloyati

58.

1.

RIRSIATM Samarqand viloyati hududiy filiali

Samarqand shahri Jomboy tumani Pastdarg‘om tumani

Jomboy tumani, Sh. Burxonov ko‘chasi, 1-uy

59.

2.

Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi

Bulung‘ur tumani

Bulung‘ur shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 80-uy

60.

3.

Tayloq tumani tibbiyot birlashmasi

Samarqand tumani Tayloq tumani

Tayloq tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 7-uy

61.

4.

Urgut tumani tibbiyot birlashmasi

Urgut tumani

Urgut shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 99-uy

62.

5.

Payariq tumani tibbiyot birlashmasi

Payariq tumani

Payariq tumani, Payariq mahallasi

63.

6.

Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi

Ishtixon tumani Oqdaryo tumani

Ishtixon shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 12-uy

64.

7.

Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi

Qo‘shrabot tumani

Qo‘shrabot tumani, G‘. G‘ulom ko‘chasi, 59-uy

65.

8.

Kattaqo‘rg‘on shahri tibbiyot birlashmasi

Kattaqo‘rg‘on shahri Kattaqo‘rg‘on tumani Narpay tumani

Kattaqo‘rg‘on shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 149-uy

66.

9.

Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasi

Paxtachi tumani

Paxtachi tumani, Bo‘ston mahallasi

67.

10.

Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi

Nurobod tumani

Nurobod shahri, Yangiqishloq ko‘chasi, 1-uy

Surxondaryo viloyati

68.

1.

RIRSIATM Surxondaryo viloyati hududiy filiali

Termiz shahri Termiz tumani Jarqo‘rg‘on tumani

Termiz shahri, Uchqun ko‘chasi, 5-uy

69.

2.

Denov tumani tibbiyot birlashmasi

Denov tumani Denov shahri

Denov tumani, Sharof Rashidov mahallasi

70.

3.

Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi

Sariosiyo tumani Uzun tumani

Sariosiyo tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 37-uy

71.

4.

Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasi

Sho‘rchi tumani Oltinsoy tumani

Sho‘rchi tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 68-uy

72.

5.

Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

Qumqo‘rg‘on tumani

Qumqo‘rg‘on tumani, Oxunboboyev ko‘chasi, 15-uy

73.

6.

Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi

Bandixon tumani Qiziriq tumani

Qiziriq tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 1-uy

74.

7.

Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi

Angor tumani Sherobod tumani

Sherobod tumani, Galaguzar mahallasi

75.

8.

Boysun tumani tibbiyot birlashmasi

Boysun tumani

Boysun tumani, Istiqlol ko‘chasi, 33-uy

76.

9.

Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi

Muzrabot tumani

Muzrabot tumani, Amir Temur ko‘chasi, 3-uy

Sirdaryo viloyati

77.

1.

RIRSIATM Sirdaryo viloyati hududiy filiali

Guliston shahri Mirzaobod tumani

Guliston shahri, Ibn-Sino ko‘chasi, 20-uy

78.

2.

Guliston tumani tibbiyot birlashmasi

Guliston tumani

Guliston tumani, Ibrat ko‘chasi, 24-uy

79.

3.

Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi

Sayxunobod tumani Sirdaryo tumani

Sirdaryo tumani, Lochin ko‘chasi, 16-uy

80.

4.

Sardoba tumani tibbiyot birlashmasi

Oqoltin tumani Sardoba tumani

Sardoba tumani, Rohat ko‘chasi, 15-uy

81.

5.

Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi

Shirin shahri Boyovut tumani

Boyovut tumani, Sayilbog‘ ko‘chasi, 4/1-uy

82.

6.

Yangiyer shahri tibbiyot birlashmasi

Xovos tumani Yangiyer shahri

Yangiyer shahri, Beruniy ko‘chasi, 8-uy

Toshkent viloyati

83.

1.

RIRSIATM Toshkent viloyati hududiy filiali

Angren shahri Ohangaron tumani

Angren shahri, Obod turmush ko‘chasi, 20-uy

84.

2.

Bekobod tumani tibbiyot birlashmasi

Bekobod tumani Bekobod shahri

Bekobod tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 2-uy

85.

3.

Bo‘ka tumani tibbiyot birlashmasi

Bo‘ka tumani Oqqo‘rg‘on tumani

Bo‘ka tumani, A. Ikramov ko‘chasi, 2-uy

86.

4.

Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi

Olmaliq shahri Ohangaron shahri

Olmaliq shahri, M. Ulug‘bek ko‘chasi, 51-uy

87.

5.

Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasi

Nurafshon shahri Piskent tumani O‘rta Chirchiq tumani

Nurafshon shahri, Shifokorlar ko‘chasi, 22-uy

88.

6.

Chirchiq shahri tibbiyot birlashmasi

Chirchiq shahri Bo‘stonliq tumani Qibray tumani

Chirchiq shahri, 8-mikrorayon

89.

7.

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi

Parkent tumani Yuqorichirchiq tumani

Parkent shahri, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi

90.

8.

Yangiyo‘l shahri tibbiyot birlashmasi

Yangiyo‘l shahri Quyichirchiq tumani Yangiyo‘l tumani Chinoz tumani

Yangiyo‘l shahri, Toshkent shoh ko‘chasi, 2-uy

91.

9.

Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi

Zangiota tumani Toshkent tumani

Toshkent tumani, Ravnaq ko‘chasi, 2-uy

Farg‘ona viloyati

92.

1.

RIRSIATM Farg‘ona viloyati hududiy filiali

Farg‘ona shahri Quvasoy shahri

Farg‘ona shahri, Yangi zamon ko‘chasi, 61-uy

93.

2.

Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi

Farg‘ona tumani

Farg‘ona tumani, Quvonch ko‘chasi, 96-uy

94.

3.

Bog‘dod tumani tibbiyot birlashmasi

Rishton tumani Bog‘dod tumani

Bog‘dod shaharchasi, Birdamlik ko‘chasi, 12-uy

95.

4.

So‘x tumani tibbiyot birlashmasi

So‘x tumani

So‘x tumani, Mustaqillik ko‘chasi

96.

5.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri 2-sonli narkologiya dispanseri

Qo‘qon shahri Uchko‘prik tumani Buvayda tumani

Qo‘qon shahri, Burchlik ko‘chasi, 5-uy

97.

6.

Dang‘ara tumani tibbiyot birlashmasi

Dang‘ara tumani

Dang‘ara tumani, Istiqlol ko‘chasi, 43-uy

98.

7.

O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasi

O‘zbekiston tumani Furqat tumani

O‘zbekiston tumani, G‘alaba ko‘chasi, 45-uy

99.

8.

Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi

Beshariq tumani

Beshariq shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 76-uy

100.

9.

Marg‘ilon shahri tibbiyot birlashmasi

Marg‘ilon shahri Qo‘shtepa tumani

Marg‘ilon shahri, Xiyobon ko‘chasi, 122-uy

101.

10.

Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasi

Yozyovon tumani

Yozyovon tumani, A. Navoiy ko‘chasi, 17-uy

102.

11.

Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi

Oltiariq tumani

Oltiariq tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 3-uy

103.

12.

Toshloq tumani tibbiyot birlashmasi

Toshloq tumani Quva tumani

Toshloq shaharchasi, Navoiy ko‘chasi, 20-uy

Xorazm viloyati

104.

1.

RIRSIATM Xorazm viloyati hududiy filiali

Xiva shahri Xiva tumani

Xiva tumani, Shomaxulum mahallasi

105.

2.

Urganch shahri tibbiyot birlashmasi

Urganch shahri Urganch tumani

Urganch shahri, Yu. Babajanov ko‘chasi, 2/1-uy

106.

3.

Qo‘shko‘pir tumani tibbiyot birlashmasi

Qo‘shko‘pir tumani Shovot tumani

Qo‘shko‘pir tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 69-uy

107.

4.

Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi

Yangibozor tumani Gurlan tumani

Yangibozor tumani, X. Karimov ko‘chasi, 64-uy

108.

5.

Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasi

Hazorasp tumani Tuproqqal’a tumani

Hazorasp tumani, G‘. G‘ulom ko‘chasi, 3-uy

109.

6.

Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi

Xonqa tumani Yangiariq tumani

Xonqa tumani, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 70-uy

110.

7.

Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasi

Bog‘ot tumani

Bog‘ot tumani, Toshkent ko‘chasi, 2-uy

Toshkent shahar

111.

1.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

Toshkent shahri

Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 2-uy

112.

2.

4-sonli shahar klinik shifoxonasi

Toshkent shahri

Yashnobod tumani, Birlashgan ko‘chasi, 1-uy

113.

3.

7-sonli shahar klinik shifoxonasi

Toshkent shahri

Yunusobod tumani, G‘ayratiy ko‘chasi, 23-uy

114.

4.

Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi

Toshkent shahri

Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 40-uy

II. 2023-2024-yillarda tashkil etiladigan tumanlararo punktlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

1.

Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi

Mo‘ynoq tumani, Jalimbetov ko‘chasi, 1-uy

2.

2.

Taxtako‘pir tumani tibbiyot birlashmasi

Taxtako‘pir tumani, Beskala ko‘chasi, raqamsiz uy

Andijon viloyati

3.

1.

Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi

Shahrixon shahri, R. Yodgorov ko‘chasi, 105-uy

Buxoro viloyati

4.

1.

Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi

Shofirkon tumani, Navro‘z ko‘chasi, 112-uy

Qashqadaryo viloyati

5.

1.

Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi

Qamashi tumani, Farovon ko‘chasi, 25-uy

6.

2.

Nishon tumani tibbiyot birlashmasi

Yangi Nishon shaharchasi, A. Temur ko‘chasi

Namangan viloyati

7.

1.

Chust tumani tibbiyot birlashmasi

Chust tumani, Sabzazor mahallasi

Samarqand viloyati

8.

1.

Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi

Pastdarg‘om tumani, Beruniy ko‘chasi, 20-uy

Surxondaryo viloyati

9.

1.

Jarqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

Jarqo‘rg‘on tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 1-uy

10.

2.

Angor tumani tibbiyot birlashmasi

Angor tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 14-uy

11.

3.

Oltinsoy tumani tibbiyot birlashmasi

Oltinsoy tumani, Bo‘ston ko‘chasi, 5-uy

Sirdaryo viloyati

12.

1.

Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi

Sayxunobod tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 3-uy

Toshkent viloyati

13.

1.

O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasi

O‘rtachirchiq tumani, Nilufar ko‘chasi, 2-uy

14.

2.

Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasi

G‘azalkent shahri, A. Temur ko‘chasi, 12-uy

15.

3.

Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi

Zangiota tumani, Markaziy shoh ko‘chasi, raqamsiz uy

Farg‘ona viloyati

16.

1.

Rishton tumani tibbiyot birlashmasi

Rishton tumani, A. Roshidoniy ko‘chasi, 107-uy

17.

2.

Quva tumani tibbiyot birlashmasi

Quva tumani, Yetakchilar ko‘chasi

18.

3.

Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasi

Uchko‘prik tumani, Sog‘lom avlod ko‘chasi

Xorazm viloyati

19.

1.

Urganch tumani tibbiyot birlashmasi

Urganch tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 12-uy

20.

2.

Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi

Tuproqqal’a tumani, Xorazm ko‘chasi, 1a-uy

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 448-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/448/0680-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 09/22/644/0992-son; 05.09.2023-y., 09/23/448/0680-son)