Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2001-yil 9-iyuldagi 4, 4-son qarori (roʻyxat raqami 1050, 2001-yil 18-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y, 14-son) bilan tasdiqlangan Reabilitatsiya va mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizomning
14-bandidagi “ruhiy kasallik belgilari” degan soʻzlar “ruhiy holatning buzilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.