OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son “Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 3003, 2018-yil 1-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/3003/1140-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:”.
a)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.”.
b)
50-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, banklar oʻrtasida Markaziy bankning “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali naqd pullarni yetkazib berish boʻyicha kelishuv amalga oshirilgan hollarda naqd pullarni tashish uchun Bosh boshqarmalar tomonidan farmoyish chiqarilishi talab etilmaydi.”.