Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021-yil 16-iyundagi 9-mb-son qarori (roʻyxat raqami 3312, 2021-yil 16-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 10/21/3312/0684-son) bilan tasdiqlangan Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (bundan buyon matnda Statistika agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“qayta ishlash davri — taqdim etilgan statistika hisobotini tahlil qilish va umumlashtirish uchun Statistika agentligi tomonidan belgilangan vaqt oraligʻi. Qayta ishlash davri tegishli yigʻma statistika maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturida belgilangan tarqatish muddatidan oshmasligi kerak.”.
2.
6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining” degan soʻzlar “Statistika agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
7-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar “Statistika agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining” degan soʻzlar “Statistika agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat statistika qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Statistika agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Respondentning elektron raqamli imzosi bilan imzolangan va oʻzida majburiy rekvizitlarni toʻliq aks ettirgan elektron shakldagi statistika hisoboti respondentdan chiquvchi hujjat deb hisoblanadi.”.
6.
16-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar “Statistika agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.