1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI “OʻZBEKENGILSANOAT” DAK
Qarori
PAXTA TOLASINI KOMPLEKS QAYTA IShLAYDIGAN KORXONALARNI QURISh, QAYTA IXTISOSLAShTIRISh BOʻYIChA TAKLIFLARNI TAYYoRLASh VA KOʻRIB ChIQISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 8-sentabrda 1403-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi, "Oʻzbekyengilsanoat" DAKning 2007-yil 7-maydagi EG-01/10-996-son, 3-3/4-8-son, 46-son, RR-1-“Paxta tolasini kompleks qayta ishlaydigan korxonalarni qurish, qayta ixtisoslashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida qarori (roʻyxat raqami 1403-1, 07 .06. 2007-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 240-sonli, 2003-yil 16-oktabrdagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasini sotish mexanizmi toʻgʻrisida”gi 447-sonli va 2003-yil 21-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo kengash tashkil etish toʻgʻrisida”gi 526-sonli qarorlariga muvofiq qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Paxta tolasini kompleks qayta ishlaydigan korxonalarni qurish, qayta ixtisoslashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.