toggle_night_mode
Hujjat 08.05.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 9-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 27-dekabrda maʼqullangan
Mamlakatimizda yoʻl harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga, shu jumladan haydovchilar va piyodalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirishga, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yaxshilashga, shuningdek ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirish orqali yoʻl harakatini tashkil etishni toʻliq raqamlashtirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha faoliyat olib borish sohasida qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek oʻqitish, nazariy hamda amaliy imtihonlar jarayonlari tizimida nazorat qilish boʻyicha yagona vakolatli davlat organini belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha faoliyatni, shuningdek avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish yuzasidan xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatli organ etib belgilashni nazarda tutadi.
Ushbu Qonun mamlakatimizda haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar) ilovasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
1) 21-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:

v) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyat

— BHMning 10 baravari

;

2) 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

29. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji:

nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyat, bundan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash sohasidagi faoliyat mustasno

— BHMning 10 baravari

.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

T/r

Litsenziyaning nomi

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari

Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar

1.

Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

Maktabgacha taʼlim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari;

professional taʼlim xizmatlari;

oliy taʼlim xizmatlari;

oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari;

avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

;

2) 3-ilovaning 13-pozitsiyasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-fevral,
OʻRQ-816-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2023-y., 03/23/816/0075-son)