Mamlakatimizda yoʻl harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga, shu jumladan haydovchilar va piyodalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirishga, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yaxshilashga, shuningdek ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirish orqali yoʻl harakatini tashkil etishni toʻliq raqamlashtirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha faoliyat olib borish sohasida qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek oʻqitish, nazariy hamda amaliy imtihonlar jarayonlari tizimida nazorat qilish boʻyicha yagona vakolatli davlat organini belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha faoliyatni, shuningdek avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish yuzasidan xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatli organ etib belgilashni nazarda tutadi.
Ushbu Qonun mamlakatimizda haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar)
ilovasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
1) 21-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
2) 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli
Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1)
1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2)
3-ilovaning 13-pozitsiyasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.