Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-son qarori (roʻyxat raqami 3224, 2020-yil 10-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 10/20/3224/0312-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish tartibini belgilaydi”.
2.
91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli imzo roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt oydan oshmasligi kerak. Bunda elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati ikki martadan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Foydalanuvchilarning elektron raqamli imzo ochiq kalitlarini avtomatlashtirilgan bank tizimida roʻyxatga olinishi va hisobi yuritilishi kerak.”.