Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
248-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“140 “Depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari” subschyotidagi mablagʻlarni undirish imkoniyati boʻlmaganda, mazkur Yoʻriqnomaning 251-bandi talablari ushbu mablagʻlar uchun ham tatbiq etiladi.”.
2.
251-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“251. Budjet tashkilotlari umumiy daʼvo muddati davomida oʻzlarining debitorlik qarzlarini undirish choralarini koʻrishi lozim.
Budjet tashkilotining debitorlik qarzlari umumiy daʼvo muddati tugagan, ushbu qarzdorlikni undirilishi yuzasidan tegishli sud qarori qabul qilingan hamda qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari yoʻqligi tufayli ijro hujjatlari tashkilotga qaytarilgan taqdirda mazkur debitorlik qarz umidsiz debitorlik qarz deb hisoblanadi va budjet tashkiloti tomonidan tashkilot rahbari ruxsati bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Bu qarzdorlik qarzdorning mulkiy ahvoli oʻzgargan taqdirda undirib olish imkoniga ega boʻlish maqsadida kuzatib borish uchun u hisobdan chiqarilgan paytdan boshlab balansdan tashqari 05 schyotda koʻrsatilishi lozim.
Balansdan tashqari 05 schyotda koʻrsatilgan mablagʻlar 3 yildan soʻng, balansdan tashqari schyotdan ham hisobdan chiqariladi.”.
3.
63-ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning
ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.