Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 550-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 29-sentabrdagi 184-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045, 2009-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 513-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 6-dekabrdagi 343-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045-1, 2011-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 11-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 5-avgustdagi 104-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045-2, 2014-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 425-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 28-dekabrdagi 09/YuB-51-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2045-3, 2020-yil 5-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/2045-3/0131-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 30-iyundagi 09/YuB-26-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2045-4, 2022-yil 13-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2045-4/0635-son).