toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVAR XOM-AShYo BIRJASIDA ChET EL VALYUTASIDA TUZILGAN EKSPORT ShARTNOMALARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh, HISOB-KITOBLARNI VA ULARNING IJROSI USTIDAN NAZORATNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 23-iyunda 1482-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi” Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi toʻgʻrisida”gi 2005-yil 10-martdagi PQ-24-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-yanvardagi 13-sonli qaroriga binoan qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida chet el valyutasida tuzilgan eksport shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisob-kitoblarni va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyun,
55-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyun,
59-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyun,
263-V-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyun,
01-02/19-16-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 184-modda; 2013-y., 18-son, 238-modda)