Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Mahsulotlarni sotish bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy qilish jarayonini yanada chuqurlashtirish, markazlashtirilgan ixtisoslashtirilgan taqsimot tizimini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy banki, Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasining Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi tarkibidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun
ilovaga muvofiq tarkibda tugatish komissiyasi tashkil etilsin.
Tugatish komissiyasi ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish bilan bogʻliq masalalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va hal qilsin.
3. Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi ikki hafta muddatda respublika norezidentlariga erkin muomaladagi valyutaga xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar (tovarlar) sotish boʻyicha birja savdolari oʻtkazish uchun savdo maydonchasi tashkil etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tugatish komissiyasi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotining tugatilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yuqori likvidli mahsulotlarni kim oshdi savdosida sotishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyuldagi
298-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 40-modda) hamda “Mahsulotlarni kimoshdi savdolarida sotish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 22-apreldagi
193-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 40-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.