1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yoʻllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha hududiy ishchi guruhlar tashkil etilib, ular tomonidan 9 370 ta mahallada aholining turmush darajasiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi eng dolzarb masalalar oʻrganilganligi va hududlar kesimida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
2. Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini tizimli va rejali amalga oshirish maqsadida:
2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning yigʻma parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish yuzasidan Respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlarini amalga oshirish yuzasidan hududiy ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — Hududiy ishchi guruhlar) rahbarlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhiga (A.J. Ramatov) Dasturlarning yigʻma parametrlariga, zarur hollarda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda bir hafta muddatda Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning roʻyxatlarini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarida muhokama qilib, tasdiqlasin.
4. Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachilar etib:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
ichki avtomobil yoʻllari boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi buyurtmachi tashkilotlar;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimi obyektlari boʻyicha — “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
elektr energiyasi va gaz taʼminoti obyektlari hamda aloqa tarmoqlari boʻyicha — tegishincha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzbektelekom” AK;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
ijtimoiy soha obyektlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari idoralari, obodonlashtirish va tungi yoritish uskunalarini oʻrnatish ishlari va boshqa obyektlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hamda ushbu obyektlarni saqlash bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari boʻyicha — tegishli tarmoq korxonalari belgilansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va boshqa buyurtmachi tashkilotlar 2022-yil 15-noyabrga qadar Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalar (obyektlar)ning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish choralarini koʻrsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Dasturlar doirasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
qurilish-taʼmirlash ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamgʻarmalari orqali moliyalashtiriladi. Bunda, mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy budjetlarga budjetlararo transfertlar sifatida ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.03.00 Budjetlarni balanslashtirish]
2022-yilda ajratilib, yil yakuniga qadar oʻzlashtirilmasdan qolgan mablagʻlar Davlat budjetiga qaytarilmaydi va ushbu mablagʻlar 2023-yilda Dasturlarda nazarda tutilgan obyektlarning qurilish-taʼmirlash ishlarini yakunlash uchun maqsadli yoʻnaltiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
ajratilgan mablagʻlar loyiha-smeta hujjatlariga asosan aniqlangan ishlar hajmini moliyalashtirishga yetishmagan taqdirda, qoʻshimcha xarajatlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi;
moliyalashtirish uchun qurilish-taʼmirlash ishlarining manzilli roʻyxatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
7. Dasturlarni amalga oshirish doirasida:
bosh loyihachi tashkilotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov (tender) orqali aniqlansin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-bobi,Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat]
bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali hamda obyektlarni saqlash bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari uchun jalb etiladigan tashkilotlar belgilangan tartibda tanlov (tender) orqali aniqlansin;
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarga, istisno tariqasida, qurilish-taʼmirlash ishlari uchun 30 foiz miqdorida oldindan toʻlov (avans) amalga oshirishga ruxsat berilsin.
8. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Moliya vazirligi Dasturlar doirasida qurilish-taʼmirlash ishlarini boshlash va amalga oshirish maqsadida:
2022-yil 15-noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamgʻarmalariga jami 1,7 trillion soʻm miqdorida mablagʻlarni oʻtkazib bersin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
kelgusida, ehtiyojga qarab, ushbu qurilish-taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha 1 trillion soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga Dasturlar doirasida ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni tizimli nazorat qilish hamda kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishiga yoʻq qoʻymaslik yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
10. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
tuman (shahar) sektorlari va boshqa hududiy tashkilotlar rahbarlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga Dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berib boradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari Dasturlar ijro etilishi holatining muntazam muhokama qilinishini va masʼul rahbarlarning tegishli hisobotlari eshitib borilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Dasturlarga kiritilgan obyektlarni foydalanishga topshirish boʻyicha davlat qabul komissiyalari tarkibiga mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari kiritiladi va bajarilgan qurilish-taʼmirlash ishlarining hajmi va sifati boʻyicha jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi.
11. Hududiy ishchi guruhlar rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda mahallalar kesimida alohida reja-jadvallarni tasdiqlab:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]
har hafta joylarga chiqqan holda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar oʻz vaqtida va samarali tashkil qilinishini nazoratga olsin, shuningdek, dolzarb muammolar hal etilayotganligi yuzasidan aholiga batafsil tushuntirish va tashviqot ishlarini tashkil etsin;
mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatini, bu borada aholining fikr-mulohazalarini tizimli oʻrganib, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha Respublika ishchi guruhiga takliflar kiritib borsin.
12. Respublika ishchi guruhi (A.J. Ramatov):
Dasturlar ijrosini va Hududiy ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin, shu jumladan har bir loyiha (obyekt)ning amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish, kechikayotgan loyiha (obyekt)larni joylarga chiqqan holda oʻrganish va aniqlanadigan muammoli masalalarni tizimli hal etish choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
har oyda Dasturlar ijrosini tanqidiy muhokama qilib, Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
13. Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan ishlar ustidan quyidagi nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-taʼmirlash ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi;
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Dasturlar doirasida ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan tizimli davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Bosh prokuratura joylarda Dasturlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishi, shu jumladan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, har bir loyiha (obyekt) boʻyicha mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi, qurilish-taʼmirlash ishlari sifatli bajarilishi, xarid qilish tartib-taomillari qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatadi;
mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari Dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, sifati va koʻlami yuzasidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishga jalb qilinadi.
Bosh prokuratura ikki hafta muddatda mazkur qaror doirasida hamda tashabbusli budjetlashtirish asosida moliyalashtiriladigan loyihalar (obyektlar)ni amalga oshirish jarayonlari samaradorligini oshirish, ushbu sohada davlat va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha qaror loyihasini kiritsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun va mohiyati, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning koʻlami va islohotlarning natijalarini keng yoritib borish boʻyicha maqolalar, mavzuli koʻrsatuvlar va eshittirishlar tashkil qilsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilish, uning natijadorligini har oyda muhokama qilib borish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-oktabr,
PQ-408-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga 1-ILOVA
2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning
YIGʻMA PARAMETRLARI
mlrd soʻm
T/r
Hududlar
Mahallalar soni
(birlik)
Jami tadbirlar
shu jumladan, yoʻnalishlar kesimida
2022-yil uchun moliyalashtirish hajmi
ichki yoʻllar
ichimlik suv taʼminoti
oqova suv taʼminoti
elektr energiyasi taʼminoti
gaz taʼminoti
umumtaʼlim maktablari
maktabgacha taʼlim tashkilotlari
sport obyektlari
boshqalar
obyekt soni
qiymati
obyekt soni
qiymati
obyekt soni
qiymati
obyekt soni
qiymati
obyekt soni
qiymati
obyekt soni
qiymati
obyekt soni
qiymati
obyekt soni
qiymati
obyekt soni
qiymati
obyekt soni
qiymati
Jami
5 284
6 007
7 046,8
2 602
3 828,1
1 848
2 282,1
91
122,5
498
120,9
72
49,2
53
33,0
33
24,6
74
37,0
736
549,4
2 700,0
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
252
259
293,7
116
150,5
60
99,9
1
0,5
13
3,0
9
0,8
14
7,7
46
31,3
112,5
2.
Andijon viloyati
473
527
581,1
173
314,8
272
250,9
9
3,4
30
6,4
23
1,4
7
2,9
1
0,03
12
1,3
222,6
3.
Buxoro viloyati
408
413
843,6
341
772,0
21
43,0
8
1,9
4
1,1
1
0,6
2
6,6
36
18,3
323,2
4.
Jizzax viloyati
159
184
453,0
57
175,4
78
163,2
3
6,3
8
1,9
6
21,7
2
1,2
1
0,3
29
83,1
173,6
5.
Qashqadaryo viloyati
511
621
528,6
301
313,7
148
140,2
3
1,0
48
12,4
8
0,9
9
2,3
3
4,2
2
3,0
99
50,9
202,6
6.
Navoiy viloyati
211
295
397,7
127
197,6
70
148,6
10
3,2
4
0,5
13
1,4
71
46,4
152,4
7.
Namangan viloyati
328
377
477,8
94
208,6
134
196,0
9
18,3
52
8,9
3
1,4
2
3,4
6
3,2
77
38,2
183,1
8.
Samarqand viloyati
585
588
394,9
296
251,8
178
105,8
11
6,3
51
10,1
5
0,6
5
3,8
13
4,8
29
11,8
151,3
9.
Surxondaryo viloyati
438
532
423,2
207
234,7
194
133,6
2
3,2
58
14,8
8
3,0
8
7,7
6
1,7
2
0,8
47
23,9
162,2
10.
Sirdaryo viloyati
122
158
137,1
41
52,5
49
52,1
8
3,1
21
5,6
7
6,7
3
0,7
29
16,5
52,5
11.
Toshkent viloyati
712
964
1 057,1
329
397,4
376
507,3
13
25,2
88
25,1
2
0,3
5
2,4
9
7,2
12
4,1
130
88,2
405,0
12.
Fargʻona viloyati
716
719
1 107,8
371
595,5
214
390,9
21
39,5
47
13,9
1
4,8
8
11,1
4
2,5
3
1,1
50
48,5
424,5
13.
Xorazm viloyati
302
303
189,5
133
114,7
49
34,5
4
6,2
59
10,7
2
0,9
56
22,5
72,6
14.
Toshkent shahri
67
67
161,5
16
49,1
5
16,1
7
9,6
5
3,0
3
9,0
1
1,5
1
0,9
4
3,7
25
68,5
61,9
* ushbu yigʻma parametrlar obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga 2-ILOVA
2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish yuzasidan respublika ishchi guruhi
TARKIBI
A. Ramatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
E. Yuldashev
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
Oʻ. Jumanov
—
Hisob palatasi raisi oʻrinbosari
T. Ishmetov
—
moliya vaziri
B. Zakirov
—
qurilish vaziri
Sh. Xidoyatov
—
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
B. Saidov
—
xalq taʼlimi vaziri
A. Shin
—
maktabgacha taʼlim vaziri
B. Musayev
—
sogʻliqni saqlash vaziri
N. Xolmurodov
—
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
A. Axmedxodjayev
—
energetika vazirining birinchi oʻrinbosari
A. Boboyev
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari
A. Tursunov
—
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari
N. Oblomuradov
—
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
A. Abduvaliyev
—
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi
S. Saifnazarov
—
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b.
U. Mustafoyev
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi
B. Eshmuradov
—
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi
M. Jumaniyazov
—
Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining birinchi oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi kotibi
Izoh.
Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Respublika ishchi guruhi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, zarur hollarda, boshqa tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning rahbarlari hamda vakillarini jalb qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga 3-ILOVA
2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlarini amalga oshirish yuzasidan hududiy ishchi guruhlar rahbarlari
roʻyxati
Hududlar
Ishchi guruh rahbarlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari
Andijon viloyati
B. Raximov — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari
Buxoro viloyati
O. Rustamov — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari
Jizzax viloyati
X. Teshabayev — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari
Qashqadaryo viloyati
I. Norqulov — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
Navoiy viloyati
A. Mirsoatov — “Milliy bank” AJ boshqaruvi raisi
Namangan viloyati
J. Abruyev — moliya vaziri oʻrinbosari
Samarqand viloyati
O. Isakov — moliya vaziri oʻrinbosari
Surxondaryo viloyati
S. Annaklichev — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi
Sirdaryo viloyati
D. Sultanov — moliya vaziri oʻrinbosari
Toshkent viloyati
O. Nasritdinxodjayev — moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Fargʻona viloyati
M. Ubaydullayev — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori
Xorazm viloyati
N. Xolmurodov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
Toshkent shahri
L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
(Bektemir, Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod va Yashnobod tumanlari boʻyicha)
Sh. Kudbiyev — Davlat soliq qoʻmitasi raisi
(Mirobod, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlari boʻyicha)
Izoh.
Hududiy ishchi guruhlar aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hududiy ishchi guruhlar oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, zarur hollarda, boshqa tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning rahbarlari hamda vakillarini jalb qilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 07/22/408/0954-son)