toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-iyundagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi binosini qurish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi Sport vazirligi tizimiga kiruvchi dzyudo, shu jumladan paradzyudo boʻyicha professional, yuqori malakali sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni xalqaro talablar asosida tayyorlashga koʻmaklashadigan muassasa hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
3. Quyidagilar Oʻzbekiston dzyudo akademiyasining qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalar (kattalar, yoshlar, oʻsmirlar yosh toifalari sportchilari, shuningdek sport faxriylari) aʼzolarining jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, funksional holati, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini oʻrganish;
dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ularga amaliy va ilmiy-metodik jihatdan koʻmaklashish;
dzyudo boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
dzyudo boʻyicha ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, oʻquv-qoʻllanmalar, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish.
4. Oʻzbekiston dzyudo akademiyasiga 1 ta yengil va 1 ta mikroavtobus xizmat avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratilsin.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasiga Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi uchun avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni federatsiya mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshirishni taʼminlash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sport vazirligi Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi uchun Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7b-uy manzilida qurilib, foydalanishga topshiriladigan bino va inshootlarning bir qismiga Sport vazirligining Yakkakurash sport turlarini rivojlantirish respublika markazini tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirish choralarini koʻrsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
6. Sportni rivojlantirish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrgacha Yaponiya, Xitoy, Koreya, Rossiya, Belarus, Germaniya, Avstraliya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston dzyudo akademiyasini talab darajasida zamonaviy anjomlar, jihozlar va uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tashqi ishlar vazirligi Sport vazirligining viza talabnomalariga binoan, Oʻzbekiston dzyudo akademiyasiga jalb etiladigan xorijlik professor-oʻqituvchilar, olimlar va maʼmuriy xodimlarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalarini konsullik yigʻimlarini va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan, zarur hollarda vizalar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ichki ishlar vazirligi Sport vazirligi buyurtmanomasiga koʻra akademiyaga jalb etiladigan xorijlik professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi (muddati uzaytirilishini) hamda Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi faoliyati tashkil etilishining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid teleradiodasturlar, dzyudo va paradzyudo boʻyicha sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish faoliyati haqida maxsus koʻrsatuvlar va maqolalar tayyorlasin, oʻtkaziladigan brifing va press-konferensnyalarni yoritib borsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-oktabr,
571-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 571-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi tuzilmasi

Direktor

Sport ishlari va xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari

Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Oʻquv sport boʻlimi

3

Moliya-reja va iqtisodiyot boʻlimi

3

Oʻquv jarayonini metodik taʼminlash boʻlimi

2

Ishlar boshqaruvchisi*

1

Xalqaro aloqalar boʻlimi

2

Kadrlar boʻyicha mutaxassis

1

Matbuot kotibi

1

Bosh yuriskonsu�t

1

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) — 17 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar hamda oʻquv-yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida sport-taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 571-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun masʼullar

1.

Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash.

1. Akademiya ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Akademiya ustavini oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2022-yil oktyabr

Mablagʻ ajratish talab qilmaydi

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

(A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Akademiyaning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish.

1. Akademiyaning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasi loyihalarini ishlab chiqish.

2. Shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish.

2023-yil iyul

Mablagʻ ajratish talab qilmaydi

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Moliya vazirligi (J. Abruyev),

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

(A. Kamilov)

3.

Akademiyani yuqori malakali rahbar kadrlar bilan taʼminlash.

Yuqori malakali trenerlar va mutaxassislarni ishga qabul qilish choralarini koʻrish.

2023-yil avgust

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mablagʻlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

(A. Kamilov)

4.

Akademiyani bino va inshootlar bilan taʼminlash.

1. Shaharsozlik norma va qoidalariga asosan Yaponiyaning “Kodokan” koʻp funksiyali, zamonaviy va universal dzyudo markazi namunasi boʻyicha yangi bino qurish loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mablagʻlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

(A. Kamilov),

Qurilish vazirligi

(D. Adilov),

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

(A. Kamilov),

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Maxmudov)

2. Loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza xulosalari olish.

2022-yil dekabr

3. Loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilish ishlarini amalga oshirish.

2023-2024-yillar davomida

5.

Akademiyaning yotoqxona va oshxona binosini qurish.

1. Yotoqxona va oshxona binolarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2022-yil noyabr

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mablagʻlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Qurilish vazirligi

(D. Adilov),

Moliya vazirligi

(J. Abruyev),

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

(A. Kamilov)

2. Loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza xulosalari olish.

2022-yil dekabr

3. Binoni foydalanishga topshirish.

2023-2024-yillar davomida

6.

Akademiyaning sport zallari va maydonlarini qurish.

1. Sport zallarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2022-yil noyabr

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mablagʻlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Qurilish vazirligi

(D. Adilov),

Moliya vazirligi

(J. Abruyev),

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

(A. Kamilov)

2. Loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza xulosalari olish.

2022-yil dekabr

3. Binoni foydalanishga topshirish.

2023-2024-yillar davomida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2022-y., 09/22/571/0904-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)