toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Opera va balet sanʼatini targʻib qilish va iqtidorli ijodkorlarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga muvofiq quyidagilar:
opera va balet sanʼati boʻyicha iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni yuzaga chiqarish va ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda “Yosh vokal ijrochilari”, “Yosh balet ijrochilari”, “Dirijyor, rejissyor va baletmeysterlar” respublika koʻrik-tanlovlarini (keyingi oʻrinlarda — respublika koʻrik tanlovlari);
milliy opera va balet sanʼatini jahon miqyosida targʻib qilish, eng sara milliy va klassik asarlardan aholini bahramand etish, xorijiy teatrlar bilan ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun Davlat budjeti hisobidan har ikki yilda Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovi hamda “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini oʻtkazish;
respublika koʻrik-tanlovlarining Gran-pri va 1-oʻrin gʻoliblari mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tegishli davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
“Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga;
“Yosh vokal ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga;
“Yosh balet ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga;
“Dirijyor, rejissyor va baletmeysterlar” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovi hamda “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivaliga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini taʼminlash;
xalqaro tadbirlarni oʻtkazishning aniq muddatlarini belgilash va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
xalqaro tadbirlarning hakamlar hayʼati tarkibini shakllantirish, uning ish tartibini tasdiqlash, tanlovlar ishtirokchilarining yosh chegarasini belgilash va hakamlar hayʼati tarkibiga kiritilgan mutaxassislar ishtirokini taʼminlash;
xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash, metsenatlik koʻmagi, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini koʻrish.
4. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktoriga ushbu teatrning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mazkur qarorda belgilangan va boshqa madaniy tadbirlarni yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida qoʻshimcha mutaxassislarni jalb etishga ruxsat berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-oktabr,
569-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 569-son qaroriga
1-ILOVA
Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
milliy opera sanʼatini yanada rivojlantirish va ommalashtirish;
turli xorijiy davlatlarning opera sanʼati vakillari ijro mahorati bilan yaqindan tanishish hamda ular bilan ijodiy aloqalarni mustahkamlash;
opera sanʼatidagi iqtidorli yoshlarni kashf etish va qoʻllab-quvvatlash;
xorijiy davlatlarning taniqli ijrochilarini jalb etish orqali mamlakatimizda opera sanʼatini yanada rivojlantirish;
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri repertuarini ijodiy va sifat darajasini, teatr ijodkorlari ijro mahoratini yanada yaxshilash;
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida opera sanʼatining yetakchi namoyondalari ishtirokida master-klasslar va seminarlar tashkil etish.
3. Tanlov 2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba oktabr oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Bunda, tanlovni oʻtkazishning aniq muddati Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadi hamda tanlov boshlanishidan uch oy avval Tashkiliy qoʻmita ishchi guruhi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
4. Tanlov ijro dasturi asosida oʻtkaziladi.
5. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida uch oy oldin tasdiqlanadi.
6. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri (keyingi oʻrinlarda — tashkilotchilar) tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
7. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish Tashkiliy qoʻmita tomonidan muvofiqlashtiriladi.
2-bob. Tanlovda ishtirok etish shartlari
8. Tanlovda xorijiy va mahalliy opera solistlari, xalqaro tanlovlar sovrindorlari ishtirok etishi mumkin.
9. Tanlov ishtirokchilarining yoshi Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadi.
10. Tanlov saralash va yakuniy (final) bosqichdan iborat.
Saralash bosqichida ishtirokchilar soni cheklanmagan.
Saralash bosqichidan 12 nafar ishtirokchi yakuniy (final) bosqichiga oʻtadi.
Tanlovda oldingi tanlovlar sovrindorlarining qayta ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Saralash bosqichida toʻrtta asar (kengaytirilgan operadan ariyalar, kantata yoki oratoriyalar (XVII-XVIII asrlar), oʻzbek kompozitorlari asarlaridan ariyalar, oʻz mamlakatlari xalq qoʻshiqlari (“a-kapella” tarzida boʻlishi mumkin), rus va Yevropa kompozitorlari asarlaridan ariyalar) ijro etiladi.
Yakuniy (final) bosqichida ikkita asar (Yevropa kompozitorlari asarlaridan kengaytirilgan ariya (XIX-XX asrlar), rus kompozitorlari asarlaridan kengaytirilgan ariyalar, oʻzbek kompozitorlari asarlaridan ariyalar) simfonik orkestr joʻrligida ijro etiladi.
11. Barcha tinglovlar ommaviy ravishda oʻtkaziladi. Barcha asarlar yoddan, asl tilda ijro qilinishi shart. Har bir asar faqat bitta bosqichda ijro qilinadi.
Ijro etish tartibi qurʼa tashlash yoʻli bilan belgilanadi va tanlov yakuniga qadar oʻzgarmay qoladi. Yakuniy (final) bosqichga saralash bosqichida qatnashgan 12 nafardan ortiq ishtirokchi kiritilmaydi.
Oʻrinlar va sovrinlarni yakuniy taqsimlash hakamlar hayʼatining yakuniy yigʻilishida amalga oshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadigan elektron manzilga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborish lozim:
maʼlumotnoma (rezyume);
ijodiy biografiya;
har bir bosqich boʻyicha ishtirokchining toʻliq ijro dasturi.
12. Tanlov dasturida eʼlon qilingan ishlarni ishtirokchilar tomonidan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilgan barcha ishtirokchilar tanlov oʻtkaziladigan yilning 15-oktabridan kechiktirmay tanlovga kelish sanasi koʻrsatilgan taklifnoma oladilar.
Kerakli hujjatlar bilan toʻliq toʻldirilmagan yoki tanlov oʻtkaziladigan yilning 15-sentabridan keyin yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi.
Tanlov shartlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ijro dasturiga asosan oʻzbek opera kompozitorlari asarlaridan ijro etilishi shart.
Tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga ikki marta mashq qilish va saralash bosqichida chiqish uchun konsertmeysterlar belgilangan tartibda biriktirib beriladi.
Tanlov tashkilotchisi tanlovda audio va videoyozuvlarni yozib, keyinchalik qoʻshimcha haq toʻlamasdan ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Tanlov gʻoliblari yakuniy gala-konsertida ishtirok etishlari shart.
13. Tanlovning barcha ishtirokchilariga yetakchi opera teatrlari vakillari va agentlarini tinglash, shuningdek, hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan oʻtkaziladigan mahorat darslari (master klass)da qatnashish imkoniyati beriladi.
3-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash
14. Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qoʻmita tomonidan mahalliy va xorijiy madaniyat va sanʼat sohasidagi 7 — 9 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati tarkibi hamda uning ish tartibi tasdiqlanadi.
Tanlovning hakamlar hayʼatiga yetakchi opera yakkaxonlari, mashhur musiqa ijrochilari, dirijyorlar, musiqali teatrlar direktorlari va boshqa mutaxassislar vakillari taklif etiladi.
Hakamlar hayʼati aʼzolari Hakamlar hayʼati raisini saylaydi.
Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari baholash jarayonida jahonga mashhur boʻlgan kompozitorlarning operalaridan mashhur ariyalarini anʼana va usullarini toʻgʻri ijro etilishi, asarda koʻrsatilgan har bitta notalarni katta xatoliklarga yoʻl qoʻymagan holda ijro qilinishi, asarning mazmun va mohiyatini tinglovchiga toʻliq yetkazib berilishi, yuqori pardalarda kuylanadigan notalarni vokal sanʼati qoidalariga rioya qilinishi va sahna madaniyati kabi asosiy mezonlari boʻyicha baholanadi.
Tanlovning baholash mezonlariga koʻra har bir mezon boʻyicha maksimal 100 ballik tizim asosida baholanadi.
Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarga qoʻyilgan ballar teng boʻlib qolganda Hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hayʼatining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Ishtirokchilar hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda hakamlar hayʼati raisi nomiga apellyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, bir kun muddatda koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
15. Tanlov gʻoliblari diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;
2-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida;
3-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida.
16. Hakamlar hayʼati aʼzolari va muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan “Oʻzbek kompozitorlari asarini eng yaxshi ijro etganlik uchun”, Tanlovning eng yosh, eng iqtidorli ishtirokchisi” “Oʻz mamlakatlari xalq qoʻshigʻini (“a-kapella” tarzida ham boʻlishi mumkin) eng yaxshi ijro etganlik uchun” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar boʻyicha maxsus diplom bilan taqdirlanadilar.
Hakamlar hayʼati tanlovning eng yaxshi konsertmeysterlarining (2 kishi) har biriga maxsus diplom berish huquqiga ega.
4-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish
17. Tanlovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi.
18. Tanlovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
19. Tanlov tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarning quyidagi xarajatlari qoplanadi:
hakamlar hayʼati aʼzolari uchun yoʻl xarajatlari, mehmonxona, ovqatlanish, gonorar toʻlovlari;
tanlovning yakuniy (final) bosqichiga oʻtgan ishtirokchilarning tanlovdagi ishtiroki tugaguniga qadar ularning mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari.
Yoʻl, saralash bosqichidagi mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari — ishtirokchilar hisobidan qoplanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq xorijiy ishtirokchilarga beriladigan gonorar va tanlov gʻoliblariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi, shuningdek, ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari boʻyicha soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi.
21. Tanlov ishtirokchisi boʻlgan chet el fuqarosi oʻz tibbiy sugʻurtasiga ega boʻlishi lozim.
“Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” nizomga
ILOVA
Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish

Tanlov boshlanishidan uch oy avval

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini tasdiqlash

Tanlov boshlanishidan kamida uch oy avval

 

3-bosqich

Tanlov ishtirokchilari

Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatga kadar kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborish.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning 15-sentabriga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilgan barcha ishtirokchilarga belgilangan muddatdan kechiktirmay tanlovga kelish sanasi koʻrsatilgan taklifnoma yuborish.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning 15-oktabriga qadar

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovni ikki bosqichda oʻtkazish. Saralash va yakuniy (final) bosqich.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning oktabr oyida

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlov gʻoliblarini tantanali tadbirda taqdirlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish

Tanlov oʻtkaziladigan yilning oktabr oyida

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 569-son qaroriga
2-ILOVA
“Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini (keyingi oʻrinlarda — festival) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
festivalning betakror ruhi va qiyofasini, oʻziga xosligini aks ettirish, xalqlar oʻrtasida doʻstlik rishtalarini mustahkamlash, dunyo tinchligi, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va ahillikni keng targʻib etish, mamlakatimiz opera va balet sanʼatining jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, boy tarixiy va betakror madaniyatimizni keng targʻib etish;
opera va balet sanʼatini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada oshirish, oʻzbek hamda boshqa xalqlarning opera va balet sanʼati anʼanalarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqot va hamkorlik qilish;
yosh avlodni opera va balet sanʼatiga, ayniqsa, oʻzbek milliy opera va baletiga boʻlgan qiziqishlarini qanoatlantirish;
opera va balet sanʼatining anʼanalarini asrash, madaniy muloqotni yanada rivojlantirish, ilmiy oʻrganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, oʻzaro tajriba almashish, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etish.
3. Festival 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba aprel oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Bunda, uning aniq muddati Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi hamda Festival boshlanishidan bir oy oldin Tashkiliy qoʻmita ishchi guruhi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
4. Festival Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri (keyingi oʻrinlarda — tashkilotchilar) tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
5. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish Tashkiliy qoʻmita tomonidan muvofiqlashtiriladi.
2-bob. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
6. Festival ijro dasturi va unda ijro etiladigan sahna asarlari roʻyxati asosida oʻtkaziladi.
7. Festivalning ijro dasturi va unda ijro etiladigan sahna asarlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan festival boshlanishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlanadi.
8. Festival doirasida “Opera va baletning buguni yoshlar nigohida va kelajak istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy seminar, opera va balet ustozlari ishtirokida “mahorat darslari” tashkil etiladi.
9. Ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilari maʼruzasining toʻla matni 3-4 betdan va tezislar 300 ta soʻzdan kam boʻlmasligi hamda ijro dasturi 15 daqiqadan oshmasligi lozim.
10. Ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etuvchilarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan aniqlanib, ushbu tadbir oʻtkazilishidan 10 kun oldin ishtirokchilarga maʼlum qilinadi.
11. Ilmiy-amaliy seminarning ishchi tillari etib oʻzbek, ingliz va rus tillari belgilanadi.
12. Festivalda mamlakatimizda va xorijda nom qozongan taniqli dirijyorlar, opera va balet artistlari, xalqaro tanlovlar sovrindorlari ishtirok etadi.
13. Festival ishtirokchilari tashkilotchilarga reklama materiallari, afishalar, DVD, annotatsiyalar, ijodiy biografiyalar taqdim etadilar.
3-bob. Festivalni moliyalashtirish
14. Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi.
15. Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
16. Festival xorijiy ishtirokchilarining Toshkent shahriga kelib-ketishi, mehmonxona, gonorar, ovqatlanishi va ichki transport bilan bogʻliq xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Bunda, xorijiy ishtirokchilarning har bir aʼzosiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida gonorar puli toʻlanadi.
4-bob. Festival ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
17. Festival ishtirokchilari festival haqida barcha maʼlumotlarga ega boʻlishga haqli.
18. Festival ishtirokchilari:
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (reklama materiallari, afishalar, DVD, annotatsiyalar, ijodiy biografiyalar) oʻz vaqtida taqdim etishi;
repetitsiyalar oʻtkazish jadvali hamda festival kun tartibiga qatʼiy rioya etishi shart.
5-bob. Tashkilotchining huquq va majburiyatlari
19. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega:
Festival qatnashchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translyatsiya qilish uchun taqdim etish;
Festivalni oʻtkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Festivalda ishtirok etayotgan ijodkorlar tomonidan Tashkiliy qoʻmitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish;
Festivalga jahondagi yetakchi soha mutaxassislari va sanʼat namoyondalarini jalb etish.
20. Tashkilotchi:
Festivalni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqadi;
Festival xorijiy ishtirokchilarining Toshkent shahriga kelib-ketishi, mehmonxona, gonorar, ovqatlanishi va ichki transport bilan bogʻliq xarajatlarini qoplaydi;
Tashkiliy qoʻmita tomonidan tashkilotchilar zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq xorijiy ishtirokchilarga beriladigan gonorar puli jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi, shuningdek, ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari boʻyicha soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi.
22. Festival ishtirokchisi boʻlgan chet el fuqarosi oʻz tibbiy sugʻurtasiga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi festivalni tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
“Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” nizomga
ILOVA
“Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

“Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini oʻtkazish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish

Festival boshlanishidan bir oy avval

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Festivalning ijro dasturi va festivalda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini tasdiqlash

Festival boshlanishidan kamida ikki oy avval

3-bosqich

Festival ishtirokchilari

Festivalda ishtirok etish uchun belgilangan muddatga qadar kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborish.

Festival boshlanishidan kamida ikki oy avval

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Festival doirasida “Opera va baletning buguni yoshlar nigohida va kelajak istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazish.

Festival oʻtkaziladigan yilning aprel oyida

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etuvchilarning roʻyxatini ushbu tadbir oʻtkazilishidan 10 kun oldin ishtirokchilarga maʼlum qilish.

Festival oʻtkaziladigan yilning aprel oyida

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Festival gʻoliblarini tantanali tadbirda taqdirlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish

Festival oʻtkaziladigan yilning aprel oyida

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 569-son qaroriga
3-ILOVA
“Yosh vokal ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Yosh vokal ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
opera sanʼatini yanada yuksaltirish, mohir ijrochilarni kashf etish;
opera sanʼati ijrochilarining mahorati, isteʼdodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik koʻnikmalarini yanada rivojlantirish;
opera sanʼati ijrochilarni yuksak darajaga koʻtarish, milliy sanʼatimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish hamda ularning ijodini keng targʻib qilish;
opera sanʼati ijrochiligining ijro imkoniyatlarini oshirish va ularning oʻziga xos xususiyatlari bilan ommani tanishtirish.
3. Tanlov ijro dasturi asosida oʻtkaziladi.
4. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga besh kun muddatda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati kelib tushgandan keyin uch kun muddatda bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, musiqa va sanʼat kollejlari, oliy taʼlim tashkilotlari, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkaziladi.
5. Tanlov dasturi tasdiqlangandan soʻng unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Tanlov 2022-yildan boshlab har yili bir marta fevral oyida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻtkaziladi.
7. Tanlovni oʻtkazishning aniq sanasi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi hamda tanlov boshlanishidan bir oy oldin ishchi guruh tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
2-bob. Tanlovda ishtirok etish shartlari
9. Tanlovda bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, musiqa va sanʼat kollejlari, oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari, oʻqituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin.
10. Tanlov ishtirokchilarining yoshi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
11. Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov boshlanishidan oʻttiz kun oldin Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezyume);
tanlovda ishtirok etish uchun ijro dasturi.
12. Har yili belgilangan sanadan kech taqdim etiladigan hujjatlar qabul qilinmaydi.
13. Ishtirokchilarning tanlov davomida asarlarni ijro etish navbati belgilangan tartibda qurʼa tashlash orqali aniqlanadi va ushbu tartib tanlov yakuniga qadar saqlab qolinadi.
14. Asarlar yoddan ijro etiladi.
3-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash
15. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan madaniyat va sanʼat sohasidagi 5 — 7 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati tarkibi hamda uning ish tartibi tasdiqlanadi.
16. Tanlov saralash va yakuniy (final) bosqichdan iborat boʻladi.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlarga asosan baholanadi:
ijro mahorati;
professional tayyorgarligi;
repertuar saviyasi;
sahna madaniyati va artistik mahorati.
17. Tanlovning saralash va yakuniy bosqichlarida ishtirokchilarning ijro mahorati hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi tomonidan alohida tarzda 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi.
18. Tanlovning saralash bosqichida umumiy ball natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan 12 nafar ishtirokchilar hakamlar hayʼati qaroriga asosan tanlovning yakuniy (final) bosqichiga oʻtkaziladi.
19. Tanlovning yakuniy (final) bosqichida asarlar orkestr joʻrligida ijro etiladi.
20. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarga qoʻyilgan ballar teng boʻlib qolganda, hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
21. Tanlovda eng koʻp umumiy ball toʻplagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hayʼati qaroriga asosan tanlovning Gran-pri, 1, 2, 3-oʻrin sovrindorlari aniqlanadi.
Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov ishtirokchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda 1, 2 va 3-oʻrinlar uchun belgilangan pul mukofotlari ishtirokchilar oʻrtasida boʻlinishi (Gran-pridan tashqari) mumkin.
22. Ishtirokchilarni baholashda hakamlar hayʼati mustaqildir.
23. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hayʼatining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
24. Ishtirokchilar hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda hakamlar hayʼati raisi nomiga apellyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, bir kun muddatda koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
25. Tanlov gʻoliblari diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Gran-pri — bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida;
1-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida;
2-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida;
3-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida.
26. Tanlov gʻoliblari boʻlgan oʻquvchi va talabalarning oʻqituvchi va konsertmeysterlari maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
27. Tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilariga “Yosh vokal ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovi ishtirokchisi diplomi beriladi.
28. Tanlovning Gran-pri va 1-oʻrin gʻoliblari mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tegishli davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisi oliy taʼlim muassasalarining talabalari va oʻqituvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish
29. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari;
metsenatlik koʻmagi;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
30. Tanlov ishtirokchilarining tanlov oʻtkazilishi belgilangan hududga kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari ularni tanlovda ishtirok etish uchun oʻz mablagʻlari yoki yuborayotgan tashkilotning mablagʻlari yoxud jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
31. Tanlovni oʻtkazish jarayonlari boʻyicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
“Yosh vokal ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” nizomga
ILOVA
“Yosh vokal ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

“Yosh vokal ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish

Tanlov boshlanishidan bir oy avval

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini tasdiqlash

Tanlov boshlanishidan kamida bir oy avval

3-bosqich

Tanlov ishtirokchilari

Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatga kadar kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborish.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning 20-fevraliga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovni ikki bosqichda oʻtkazish. Saralash va yakuniy (final) bosqich.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning fevral oyida

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlov gʻoliblarini tantanali tadbirda taqdirlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish

Tanlov oʻtkaziladigan yilning fevral oyida

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 569-son qaroriga
4-ILOVA
“Yosh balet ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Yosh balet ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
balet sanʼatini yanada yuksaltirish, mohir ijrochilarni kashf etish;
balet sanʼati ijrochilarining mahorati, isteʼdodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik koʻnikmalarini yanada rivojlantirish;
balet sanʼati ijrochiligini yuksak darajaga koʻtarish, milliy sanʼatimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish hamda ularning ijodini keng targʻib qilish;
balet sanʼati ijrochiligining ijro imkoniyatlarini oshirish va ularning oʻziga xos xususiyatlari bilan ommani tanishtirish.
3. Tanlov ijro dasturi asosida oʻtkaziladi.
4. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida uch oy oldin tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga besh kun muddatda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati kelib tushgandan keyin uch kun muddatda bolalar musiqa va sanʼat maktablar, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablar, maktab-internatlar, musiqa va sanʼat kollejlari, oliy taʼlim tashkilotlar, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkaziladi.
5. Tanlov dasturi tasdiqlangandan soʻng unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
6. Tanlov 2022-yildan boshlab har yili bir marta aprel oyida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri va Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida oʻtkaziladi.
7. Tanlovni oʻtkazishning aniq sanasi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu tanlovlar boshlanishidan uch oy oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri hamda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
2-bob. Tanlovda ishtirok etish shartlari
9. Tanlovda bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab internatlari, musiqa va sanʼat kollejlari, oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari, oʻqituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin.
10. Tanlovda 15 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
11. Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov boshlanishidan oʻttiz kun oldin Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezyume);
tanlovda ishtirok etish uchun ijro dasturi.
12. Har yili 20-fevraldan kech taqdim etiladigan hujjatlar qabul qilinmaydi.
13. Ishtirokchilarning tanlov davomida asarlarni ijro etish navbati belgilangan tartibda qurʼa tashlash orqali aniqlanadi va ushbu tartib tanlov yakuniga qadar saqlab qolinadi.
3-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash
14. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan madaniyat va sanʼat sohasidagi 5 — 7 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati tarkibi hamda uning ish tartibi tasdiqlanadi.
15. Tanlov saralash va yakuniy (final) bosqichdan iborat boʻladi.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlarga asosan baholanadi:
ijro mahorati;
professional tayyorgarligi;
repertuar saviyasi;
sahna madaniyati va artistik mahorati.
16. Tanlovning bosqichlarida ishtirokchilarning ijro mahorati hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi tomonidan alohida tarzda 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi.
17. Tanlovning saralash bosqichida umumiy ball natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchilarning 40 foizi hakamlar hayʼati qaroriga asosan tanlovning yakuniy bosqichiga oʻtkaziladi.
18. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarga qoʻyilgan ballar teng boʻlib qolganda, hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
19. Tanlovda eng koʻp umumiy ball toʻplagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hayʼati qaroriga asosan tanlovning 1, 2, 3-oʻrin sovrindorlari aniqlanadi.
Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov ishtirokchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda 1, 2 va 3-oʻrinlar uchun belgilangan pul mukofotlari ishtirokchilar oʻrtasida boʻlinishi mumkin.
20. Ishtirokchilarni baholashda hakamlar hayʼati mustaqildir.
21. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hayʼatining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
22. Ishtirokchilar hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda hakamlar hayʼati raisi nomiga apellyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, bir kun muddatda koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
23. Tanlov gʻoliblari diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida;
2-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida;
3-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida.
24. Tanlov gʻoliblari boʻlgan oʻquvchi va talabalarning oʻqituvchilari maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
25. Tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilariga “Yosh balet ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovi ishtirokchisi diplomi beriladi.
26. Tanlovning 1-oʻrin gʻolibi mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tegishli davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisi oliy taʼlim muassasalarining talabalari va oʻqituvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish
27. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari;
metsenatlik koʻmagi;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
28. Tanlov ishtirokchilarining tanlov oʻtkazilishi belgilangan hududga kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari ularni tanlovda ishtirok etish uchun oʻz mablagʻlari yoki yuborayotgan tashkilotning mablagʻlari yoxud jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
29. Tanlovni oʻtkazish jarayonlari boʻyicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
“Yosh balet ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” nizomga
ILOVA
“Yosh balet ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

“Yosh balet ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish

Tanlov boshlanishidan uch oy avval

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini tasdiqlash

Tanlov boshlanishidan kamida uch oy avval

3-bosqich

Tanlov ishtirokchilari

Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatga qadar kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborish.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning 20-fevraliga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovni ikki bosqichda oʻtkazish. Saralash va yakuniy (final) bosqich.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning aprel oyida

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlov gʻoliblarini tantanali tadbirda taqdirlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish

Tanlov oʻtkaziladigan yilning aprel oyida

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 569-son qaroriga
5-ILOVA
“Dirijyor, rejissyor va baletmeysterlar” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Dirijyor, rejissyor va baletmeysterlar” respublika koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
opera va balet sanʼatini yanada yuksaltirish, dirijyor, rejissyor va baletmeysterlarni kashf etish;
dirijyor, rejissyor va baletmeysterlarning mahorati, isteʼdodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik koʻnikmalarini yanada rivojlantirish;
dirijyor, rejissyor va baletmeysterlarni yuksak darajaga koʻtarish, milliy sanʼatimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish hamda ularning ijodini keng targʻib qilish;
dirijyor, rejissyor va baletmeysterlarning ijro imkoniyatlarini oshirish va ularning oʻziga xos xususiyatlari bilan ommani tanishtirish.
3. Tanlov ijro dasturi va ijro etiladigan asarlar asosida oʻtkaziladi.
4. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida uch oy oldin tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga besh kun muddatda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati kelib tushgandan keyin uch kun muddatda bolalar musiqa va sanʼat maktablar, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablar, maktab-internatlar, musiqa va sanʼat kollejlari, oliy taʼlim tashkilotlar, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkaziladi.
5. Tanlov dasturi tasdiqlangandan soʻng unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Tanlov 2022-yildan boshlab har yili bir marta iyun oyida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida oʻtkaziladi.
7. Tanlovni oʻtkazishning aniq sanasi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu tanlov boshlanishidan uch oy oldin ishchi guruh tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
2-bob. Tanlovda ishtirok etish shartlari
9. Tanlovda bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab internatlari, musiqa va sanʼat kollejlari, oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari, oʻqituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin.
10. Tanlov ishtirokchilarining yoshi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
11. Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov boshlanishidan oʻttiz kun oldin Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezyume);
tanlovda ishtirok etish uchun ijro dasturi.
12. Har yili belgilangan sanadan kech taqdim etiladigan hujjatlar qabul qilinmaydi.
13. Ishtirokchilarning tanlov davomida asarlarni ijro etish navbati belgilangan tartibda qurʼa tashlash orqali aniqlanadi va ushbu tartib tanlov yakuniga qadar saqlab qolinadi.
14. Asarlar yoddan ijro etiladi hamda namoyish etiladi.
15. Tanlov quyidagi 3 ta yoʻnalish (nominatsiya) boʻyicha oʻtkaziladi:
dirijyorlik yoʻnalishi;
rejissyorlik yoʻnalishi;
baletmeysterlik yoʻnalishi.
3-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash
16. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan madaniyat va sanʼat sohasidagi 7 — 9 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati tarkibi hamda uning ish tartibi tasdiqlanadi.
17. Tanlov saralash va yakuniy bosqichdan iborat boʻladi.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlarga asosan baholanadi:
professional tayyorgarligi;
repertuar saviyasi;
badiiy did bilan yondashuvi;
sahna madaniyati va artistik mahorati.
18. Tanlovning bosqichlarida ishtirokchilarning mahoratlari hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi tomonidan alohida tarzda 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi.
19. Tanlovning saralash bosqichida umumiy ball natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchilarning 40 foizi hakamlar hayʼati qaroriga asosan tanlovning yakuniy bosqichiga oʻtkaziladi.
20. Tanlovning yakuniy bosqichida asarlar orkestr joʻrligida ijro etiladi.
21. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarga qoʻyilgan ballar teng boʻlib qolganda, hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
22. Tanlovda eng koʻp umumiy ball toʻplagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hayʼati qaroriga asosan har bir yoʻnalish (nominatsiya) boʻyicha tanlovning 1, 2, 3-oʻrin sohibi aniqlanadi.
Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov ishtirokchilarning natijalari har bir yoʻnalish (nominatsiya) boʻyicha teng kelib qolgan taqdirda 1, 2 va 3-oʻrinlar uchun belgilangan pul mukofotlari ishtirokchilar oʻrtasida boʻlinishi mumkin.
23. Ishtirokchilarni baholashda hakamlar hayʼati mustaqildir.
24. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hayʼatining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
25. Ishtirokchilar hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda hakamlar hayʼati raisi nomiga apellyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, bir kun muddatda koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
26. Tanlov gʻoliblari har bir yoʻnalish boʻyicha diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida;
2-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida;
3-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida.
27. Tanlov gʻoliblari boʻlgan oʻquvchi va talabalarning oʻqituvchilari maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
28. Tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilariga “Dirijyor, rejissyor va baletmeysterlar” respublika koʻrik-tanlovi ishtirokchisi diplomi beriladi.
29. Tanlovning 1-oʻrin gʻolibi mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tegishli davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisi oliy taʼlim muassasalarining talabalari va oʻqituvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish
30. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari;
metsenatlik koʻmagi;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
31. Tanlov ishtirokchilarining tanlov oʻtkazilishi belgilangan hududga kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari ularni tanlovda ishtirok etish uchun oʻz mablagʻlari yoki yuborayotgan tashkilotning mablagʻlari yoxud jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
32. Tanlovni oʻtkazish jarayonlari boʻyicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
“Dirijyor, rejissyor va baletmeysterlar” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” nizomga
ILOVA
“Dirijyor, rejissyor va baletmeysterlar” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

“Dirijyor, rejissyor va baletmeysterlar” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish

Tanlov boshlanishidan uch oy avval

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini tasdiqlash

Tanlov boshlanishidan kamida uch oy avval

3-bosqich

Tanlov ishtirokchilari

Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatga qadar kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborish.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning 20-fevraliga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovni ikki bosqichda oʻtkazish. Saralash va yakuniy (final) bosqich.

Tanlov oʻtkaziladigan yilning iyun oyida

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlov gʻoliblarini tantanali tadbirda taqdirlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish

Tanlov oʻtkaziladigan yilning iyun oyida

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 569-son qaroriga
6-ILOVA
Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovi hamda “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivaliga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI

1.

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

4.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

5.

G.G. Fazilov

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

6.

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

7.

A.K. Kuchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

8.

Y. Axmedov

Teatr arboblari uyushmasi raisi

9.

R.B. Usmonov

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktori, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2022-y., 09/22/569/0899-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)