toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini takomillashtirish, milliy opera va balet sanʼatini keng targʻib etish, uning jahon sanʼat olamida tutgan oʻrni va mavqeyini yanada mustahkamlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar respublikada opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda opera va balet sanʼatining nufuzini oshirish, milliy opera va balet sanʼatini jahon miqyosida targʻib qilish;
opera va balet sanʼatining eng sara milliy va klassik asarlaridan xalqimizni bahramand etish, aholi, ayniqsa, olis hududlardagi fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishini qoʻllab-quvvatlash;
milliy opera va balet sanʼatini keng ommalashtirish, uning noyob durdonalarini saqlash va targʻib etish, ustoz-shogird anʼanalari va ijodiy maktablarni har tomonlama rivojlantirish;
opera va balet sanʼati uchun kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, teatrlar va taʼlim muassasalari uzviy hamkorligini taʼminlash, ushbu yoʻnalishdagi teatr tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
opera va balet sanʼati vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda uning ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan taniqli namoyandalarning hayoti va ijodiy faoliyatini targʻib qilish.
2. Milliy opera va balet sanʼatida ustoz-shogird anʼanalari va mahorat maktablarini rivojlantirish maqsadida:
opera va balet sanʼatidagi isteʼdodli va yuqori malakali ijodkorlarning mahorat maktablari 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin;
mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar Davlat budjeti hisobidan asosiy ish joyi orqali har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida qoʻshimcha ragʻbatlantirib borilsin;
mahorat maktablariga ular faoliyat yuritadigan muassasaning obyektlaridan tekin foydalanish huquqi berilsin, shuningdek, ularga ushbu muassasa tomonidan alohida xona ajratilsin va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratilsin;
kelgusida Madaniyat vazirligi hayʼati qarori bilan tashkil etiladigan yangi mahorat maktablariga ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshisida belgilangan ragʻbatlantirish choralari tatbiq etilishi belgilansin.
3. Opera va balet sanʼati uchun amaliy koʻnikma va zarur mahoratga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash, teatr va taʼlim tashkilotlari uzviyligini taʼminlash hamda bunga sohadagi faxriylar va ustoz ijodkorlarni keng jalb qilish maqsadida:
a) quyidagilar:
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi huzurida Xoreografiya oʻquv teatri;
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri huzurida (keyingi oʻrinlarda — Teatr) Vokal akademiyasi hamda Opera va balet asarlarini yaratish ijodiy ustaxonasi;
Teatr huzurida 70 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Faxriylar orkestri tashkil etilsin;
b) Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Musiqali teatr-studiyasi faoliyati takomillashtirilsin.
Belgilansinki, ushbu bandda keltirilgan:
oʻquv teatri, Vokal akademiya, ijodiy ustaxona va Faxriylar orkestri yuridik shaxs hisoblanmaydi;
oʻquv teatri hamda Faxriylar orkestrini jihozlash va ularni saqlash xarajatlari Davlat budjeti hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Vokal akademiya va ijodiy ustaxona Teatrda joylashtiriladi hamda Teatrning budjetdan tashqari mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan jihozlanadi va saqlanadi.
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) ikki oy muddatda oʻquv teatri, Vokal akademiya va ijodiy ustaxonaning faoliyat koʻrsatish tartibini tasdiqlasin hamda ular faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
4. Teatr bilan madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim tashkilotlarining uzviy hamkorligi quyidagi tartibda yoʻlga qoʻyilsin:
Teatrning buyurtmasiga asosan vokal xonandalar, orkestr va xor artistlari, balet sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun madaniyat va sanʼat sohasidagi tegishli taʼlim tashkilotlariga har yili maxsus kvota ajratiladi;
V. Uspenskiy va R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari konsert-pedagogik dasturini shakllantirishda Teatrning repertuarlari inobatga olinadi;
madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim tashkilotlarining tegishli mutaxassisliklar boʻyicha oʻquvchi va talabalari uchun amaliyot darslarini Teatrda oʻtkazish tizimli joriy etiladi;
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tegishli mutaxassisliklar boʻyicha bitiruvchilarining malakaviy (diplom) ishlari Teatrda amalga oshiriladi;
Teatrning mahoratli ijodkorlari tomonidan madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim tashkilotlarida tegishli mutaxassislik fanlari boʻyicha Teatrdan ajralmagan holda dars berish yoʻlga qoʻyiladi;
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Balet rejissorligi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi ochiladi.
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshqulov) hamda Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlasin.
5. Madaniyat va sanʼat, shu jumladan opera va balet sanʼati uchun texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni, xususan grim ustasi, rekvizitor, sahna montajchisi va yorituvchini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzurida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab texnikum tashkil qilinsin.
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashkil qilinayotgan texnikum faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻysin va malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda texnikumni joylashtirish uchun bino ajratsin hamda 2022/2023 oʻquv yiliga qadar uning moddiy-texnika bazasini shakllantirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (A.N. Aripov) 2022-yil 1-iyunga qadar texnikumga 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlasin.
6. Madaniyat va sanʼat sohasi, shu jumladan opera va balet sanʼati boʻyicha yirik ijodiy ishlarni amalga oshirgan soha vakillari uchun Madaniyat sohasi akademigi maxsus unvoni (keyingi oʻrinlarda — maxsus unvon) taʼsis etilsin.
Belgilansinki:
maxsus unvon sohiblariga Badiiy akademiyaning akademiklari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi, shu jumladan ularga daromad soligʻidan ozod qilinadigan oylik gonorar toʻlanadi;
maxsus unvon madaniyat va sanʼat sohalarida yirik ijodiy ishlarni amalga oshirgan ijodkorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida har uch yilda bir marta oʻtkaziladigan saylov natijalariga koʻra beriladi.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda maxsus unvon uchun nomzodlar koʻrsatish, saylovlarni tashkil etish, oʻtkazish hamda maxsus unvonni berish tartibini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Teatrga har yili kamida ikkita milliy hamda jahon klassik opera va balet asarlarini sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasini berish yoʻlga qoʻyilsin, shuningdek, 2022 — 2026-yillarda Teatr tomonidan davlat buyurtmasi asosida 2-ilovadagi rejaga muvofiq sahna asarlari sahnalashtirilishi taʼminlansin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2024-y., 07/24/399/1000-son)
Belgilansinki, Davlat budjeti hisobidan:
tarixiy va zamonaviy mavzularda tegishliligi boʻyicha milliy hamda jahon klassik opera va balet asarlarini yaratish jarayoniga Teatr tomonidan tanlov eʼlon qilinadi;
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan milliy hamda zamonaviy jahon klassik opera va balet asarlarini yaratish va sahnalashtirish uchun xalqaro darajadagi mutaxassislar jalb qilinadi;
davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan sahna asarlarining reklama-targʻibot ishlari uch oy oldin boshlanadi hamda ushbu maqsadlar uchun har bir buyurtma summasining 10 foizi miqdorida mablagʻ ajratiladi.
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) Teatr repertuaridagi yangi spektakllarni muntazam ravishda tasvirga olsin, ularning “Oltin fondi”ni yaratsin, shuningdek, spektakllarni telekanallar orqali efirga uzatib borsin hamda bu borada xususiy telekanallar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻysin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Opera va balet sanʼati boʻyicha iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni yuzaga chiqarish va ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish maqsadida har ikki yilda bir marotaba anʼanaviy tarzda:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2024-y., 07/24/399/1000-son)
fevral oyida “Yosh vokal ijrochilari”;
aprel oyida “Yosh balet ijrochilari”;
iyun oyida “Dirijor, rejissor va baletmeysterlar” respublika koʻrik-tanlovlari oʻtkazilsin.
Belgilansinki, ushbu bandda koʻrsatilgan respublika koʻrik-tanlovlarining Gran-pri va 1-oʻrin gʻoliblari mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tegishli davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
10. Milliy opera va balet sanʼatini jahon miqyosida targʻib qilish, eng sara milliy va klassik asarlardan aholini bahramand etish, xorijiy teatrlar bilan ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun 2022-yildan boshlab Davlat budjeti hisobidan har ikki yilda:
Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovi;
“Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali oʻtkazilsin.
Belgilansinki, ushbu bandda keltirilgan hamda xorijda oʻtkaziladigan xalqaro nufuzli opera va balet festivallari, tanlovlarida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan ijodkorlar Davlat budjeti hisobidan daromad soligʻidan ozod qilinadigan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;
2-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida;
3-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu qarorning 9 va 10-bandlarida belgilangan koʻrik-tanlov va festivallarni tashkil etish va oʻtkazish tartiblarini tasdiqlasin.
11. Teatr faoliyatida zamonaviy marketing tizimini joriy etish, yuqori badiiy saviyadagi spektakllarni sahnalashtirish va xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Teatrning marketing, moliyaviy-iqtisodiy va boshqa tashkiliy faoliyatini yuritish uchun Teatr tuzilmasida bosh menejer lavozimi joriy etilsin;
xorijiy mamlakatlardan yetuk va malakali bosh dirijor Teatrga kamida ikki yil faoliyat olib borish sharti bilan jalb etilsin;
Teatrga Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga qoʻshimcha 40 ta ijodiy xodim shtat birligi ajratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-iyuldan boshlab Teatr xodimlari lavozim maoshlarini mehnatga haq toʻlashning bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga hamda Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyentlari miqdori Davlat budjeti hisobidan 1,5 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
12. Aholi, ayniqsa, olis hududlardagi fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishiga koʻmaklashish maqsadida Teatr jamoasining har yili kamida toʻrt marta respublika hududlariga gastrol safarlarini tashkil etish tartibi yoʻlga qoʻyilsin, shuningdek, Teatr jamoasining 2022 — 2024-yillarga moʻljallangan mahalliy gastrol safarlari rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Belgilansinki:
mahalliy gastrol safarlarini tashkil etish, chiptalarni realizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, metsenatlik koʻmagi, ixtiyoriy homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
27-mart — Xalqaro teatri kuni munosabati bilan Teatrda har yili 21 — 27-mart, 1-iyun va 1-noyabr kunlari “ochiq eshiklar” kuni deb eʼlon qilinsin. Ushbu kunlarda tashrif buyuruvchilarga teatr namoyishlari bepul tashkil qilinadi va madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrgazma va ijodiy uchrashuvlar oʻtkaziladi.
13. Milliy opera va balet sanʼatini jahon miqyosida keng targʻib etish, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish hamda madaniy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi tartib joriy qilinsin:
Teatr jamoasining xorijiy davlatlarga har yili kamida ikki marta gastrol safarlari tashkil etiladi;
Teatr ijodkorlari va mutaxassislarini xorijda oʻqitish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborish yoʻlga qoʻyiladi;
Teatr tomonidan malakali xorijiy mutaxassislar ishtirokida har yili kamida ikki marta mahorat darsi oʻtkaziladi.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan vazifalar Davlat budjeti, toʻrtinchi xatboshisidagi vazifalar metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Davlat budjeti hisobidan Teatr jamoasi xorijiy gastrol safarlarini tashkil etishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan rejasi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek, opera va balet sanʼati ijodkorlari va mutaxassislarini xorijda oʻqitish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Teatrning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, opera va balet sanʼatini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Teatr faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha dasturlarni moliyalashtirish va amalga oshirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;
Teatrning Vokal akademiyasi, ijodiy ustaxona, mahorat maktablari va taniqli namoyandalarning hayoti va ijodi bilan bogʻliq tadbirlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Teatrning doimiy rivojlanishini taʼminlash uchun metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari, grantlar va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlarni jalb qilish;
Teatr faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalarni amalga oshirish.
15. Opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga shaxsan masʼul hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
16. Teatr xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va ularning sogʻligʻini tiklashga koʻmaklashish maqsadida:
Teatr xodimlariga sifatli va bepul tibbiy xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi biriktirilsin, bunda poliklinika tomonidan koʻrsatilgan tibbiy xizmat bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjetidan sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
homiylik xayriyalari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Teatrning kamida 50 nafar xodimini sanatoriylar, dam olish uylari va oromgohlarda imtiyozli yoʻllanma bilan sogʻlomlashtirish va dam olishlari tashkil etilsin.
17. Teatr faoliyatini rivojlantirishga jismoniy yoki yuridik shaxs, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar, mol-mulk, shuningdek, bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar va qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari metsenatlik koʻmagi hisoblanishi hamda ular Soliq kodeksiga asosan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
18. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) Madaniyat vazirligining talabnomalariga binoan Teatrda faoliyat yuritish, tadbirlarda ishtirok etish va mahorat darslari oʻtish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan olib kelinadigan, Teatrning faoliyati uchun zarur boʻlgan musiqa asbob-uskunalari, texnik jihozlar, dekoratsiyalar, chiroqlar, grim mahsulotlari va balet artistlari uchun maxsus liboslar, oyoq kiyimlar va boshqa ashyolar 2026-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Davlat bojxona qoʻmitasi (A.Yu. Mavlonov) mazkur bandga asosan xorijdan olib kelinadigan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona boji summasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Davlat budjetiga undirilishini taʼminlasin.
20. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorda nazarda tutilgan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov hamda Toshkent shahar hokimi, Teatr vasiylik kengashi raisi J.A. Artikxodjayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari A.A. Joʻraboyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-dekabr,
PQ-64-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga
1-ILOVA
Opera va balet sanʼatidagi isteʼdodli va yuqori malakali ijodkorlarning mahorat maktablarini tashkil etish
REJASI

T/r

Ijodkorlar

Yoʻnalish

Amalga oshirish joyi

1.

Oʻzbekiston xalq artisti Avaz Radjabov

Opera yoʻnalishi

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

2.

Oʻzbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova

3.

Oʻzbekiston xalq artisti Ismoil Jalilov

4.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Olga Aleksandrova

5.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Kamoliddin Oʻrinboyev

Dirijorlik yoʻnalishi

6.

Oʻzbekiston xalq artisti Bernara Kariyeva

Balet yoʻnalishi

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

7.

Oʻzbekiston xalq artisti Guli Hamrayeva

8.

Oʻzbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov

Opera yoʻnalishi

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri

9.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, professor Abduhalil Abduqodirov

10.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Nozima Hasanova

Balet yoʻnalishi

11.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Zamir Nurimbetov

12.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Nodira Hamrayeva

Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga
2-ILOVA
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri tomonidan 2022 — 2026-yillarda eng sara milliy, jahon opera va balet asarlarini sahnalashtirish repertuar
REJASI

T/r

Spektakllar nomi

Muddati

1.

“Alisher Navoiy” operasi, M. Bafoyev

2022-yil

2.

“Jaloliddin Manguberdi” baleti, R. Abdullayev

3.

“Maskarad bali” operasi, J. Verdi

2023-yil

4.

“Shoir qalbi” operasi, M. Ashrafiy

5.

“Yevgeniy Onegin” operasi, P. Chaykovskiy

2024-yil

6.

“Oqqush koʻli” baleti, P. Chaykovskiy

7.

“Kashmir afsonasi” baleti, G. Mushel

2025-yil

8.

“Don Juan” operasi, V. Motsart

9.

“Asilzoda xonim” baleti, P. Chaykovskiy

2026-yil

10.

“Zolushka” baleti, S. Prokofyev

11.

“Sevgi tumori” baleti, M. Ashrafiy

2027-yil

12.

“Romeo va Julyetta” operasi, Sh. Guno

13.

“Spartak” baleti, A. Xachaturyan, Yu. Grigorovich

2028-yil

14.

“Zaynab va omon” operasi, T. Sodiqov, B. Zeydman, Yu. Rajabiy, D. Zakirov

15.

“Korsar” baleti, A. Adan

2029-yil

16.

“Bobur” operasi, (tanlov)

17.

“Alpomish” operasi, X. Rahimov

2030-yil

18.

“Nasriddinning yoshligi” baleti, S. Yudakov

19.

“Turandot” operasi, Puchchini

2031-yil

20.

“Raymonda” baleti, A. Glazunov

Izoh: zaruratga koʻra Madaniyat vazirligi yoki Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda ushbu rejaga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2024-y., 07/24/399/1000-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga
3-ILOVA
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri jamoasining 2022 — 2024-yillarga moʻljallangan mahalliy gastrol safarlari
REJASI

T/r

Gastrol safarlari tashkil etiladigan hudud nomi

Muddat

Masʼullar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2022-yil mart — may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi (Q. Sariyev),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

2.

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati hokimligi (F. Ermanov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

3.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

4.

Buxoro viloyati

2022-yil oktabr-noyabr

Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

5.

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

6.

Samarqand viloyati

2023-yil aprel-may

Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

7.

Jizzax viloyati

Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

8.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ. Mirzayev),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

9.

Surxondaryo viloyati

2023-yil oktabr-noyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

10.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

11.

Andijon viloyati

2024-yil aprel-may

Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abdurahmonov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

13.

Namangan viloyati

Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazzakov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

Izohlar:
asosli zarurat yuzaga kelganda Teatr Vasiylik kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda ushbu rejada koʻrsatilgan hududlar va muddatlarga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi;
hududlarda ushbu rejaga asosan gastrol safarlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga
4-ILOVA
Davlat budjeti hisobidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi xorijiy gastrol safarlarini tashkil etishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan
REJASI

T/r

Gastrol safarlari tashkil etiladigan mamlakatlar nomi

Gastrol safarlari tashkil etish muddati

1.

Rossiya Federatsiyasi (Moskva shahri)

2022-yil

2.

Koreya Respublikasi

3.

Germaniya, Fransiya, Avstriya, Buyuk Britaniya

4.

Xitoy Xalq Respublikasi

2023-yil

5.

Qozogʻiston Respublikasi

6.

Belarus Respublikasi

7.

Yaponiya

2024-yil

8.

Qirgʻiz Respublikasi

9.

Italiya Respublikasi

10.

Tojikiston Respublikasi

2025-yil

11.

Bolgariya Respublikasi

12.

Rossiya Federatsiyasi (Sankt-Peterburg shahri)

2026-yil

13.

Polsha Respublikasi

Izohlar:
ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarning aniq sanalari xorijiy mamlakat bilan gastrol safarini tashkil etish yuzasidan erishilgan kelishuvga muvofiq tegishliligi boʻyicha Madaniyat vazirligi va Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan belgilanadi;
Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlarda gastrol safarlarini tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatadi;
asosli zarurat yuzaga kelganda Teatr Vasiylik kengashi yoki Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda ushbu rejaga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga
5-ILOVA
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri ijodkorlari va mutaxassislarini 2022 — 2026-yillarda xorijda oʻqitish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborish
REJASI

T/r

Xorijiy davlatlar nomi

Muddati

1.

Italiyaning Milan konservatoriyasi

2022-yil

2.

Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi Marinskiy teatri

3.

Italiya Respublikasi Genuya opera teatri

(Carlo Felice Theater)

4.

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg konservatoriyasi

2023-yil

5.

Germaniya Federativ Respublikasi Mangeym milliy opera teatri

(NTM Nationaltheater Mannheim)

6.

Avstriya Respublikasi Vena davlat opera teatri

7.

Italiyaning Milan konservatoriyasi

2024-yil

8.

Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Katta teatr

9.

Germaniya Federativ Respublikasi Berlin shahridagi opera teatri

10.

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg konservatoriyasi

2025-yil

11.

Italiyaning La Skala opera teatri

12.

AQSHning San-Fransisko opera teatri

13.

Ispaniyaning Madrid opera teatri

2026-yil

14.

Bolgariya Respublikasi Sofiya opera teatri

Izohlar:
ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarning aniq sanalari xorijiy mamlakat bilan oʻqitish, malaka oshirish va stajirovkani tashkil etish yuzasidan erishilgan kelishuvga muvofiq Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi;
ushbu rejada koʻrsatilgan xorijdagi oliy taʼlim muassasalarida har yili 4 nafar ijodkorlar oʻqitiladi;
oʻqitish, malaka oshirish va stajirovkalarning sarf-xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlarda oʻqitish, malaka oshirish va stajirovkalarni tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatadi;
asosli zarurat yuzaga kelganda Teatr Vasiylik kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda ushbu rejaga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga
6-ILOVA
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi
TARKIBI

1.

B.B. Siddiqov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

G.O. Umerova

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

A.B. Tadjixanov

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

4.

A.X. Xursanov

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ raisi

5.

Q.S. Sanaqulov

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ raisi

6.

O.E. Musayev

Oʻzbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

7.

R.A. Abdullayev

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

8.

R.B. Usmonov

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktori, Vasiylik kengashi kotibi

Izohlar:
Vasiylik kengashi raisiga Vasiylik kengashi tarkibiga boshqa homiylar, metsenat va tadbirkorlik subyektlarini ularning tashabbusi asosida kiritish huquqi beriladi;
Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(6-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2024-y., 07/24/399/1000-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga
7-ILOVA
Opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan vazifalar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari va summasi

Masʼul ijrochilar

I. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri faoliyati samaradorligini oshirish

1.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri (keyingi oʻrinlarda — Teatr) repertuarini zamon talablari hamda mutaxassislar va tashrif buyuruvchilarning fikr-mulohazalari asosida tahliliy koʻrib chiqib, repertuarni eng sara milliy, jahon opera va balet asarlari bilan boyitish.

2022-yil boshlab doimiy reja asosida

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(G. Umerova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Vasiylik kengashi,

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasi

(R. Abdullayev),

Teatr

(R. Usmonov)

Teatrga har yili 4 ta milliy hamda jahon klassik opera va balet asarlarini sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasi berilishini yoʻlga qoʻyish.

Bunda, “Alisher Navoiy” operasini 2022-yilda sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasini berish.

2022-yil 1-mayga qadar

Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

2.

Har yili anʼanaviy tarzda Teatr old maydonida teatr mavsumining tantanali ochilish marosimini zamonaviy, kreativ yondashgan holda, katta gala konsert shaklida tashkil etib borish va ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

Har yili sentabr

Homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi, teatrning budjetdan tashqari mablagʻlari

Vasiylik kengashi,

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Teatr (R. Usmonov),

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F. Abduxalikov)

3.

Teatr jamoasining respublika hududlariga har yili kamida toʻrt marotaba hamda alohida reja asosida gastrol safarlarini tashkil etib borish.

2022 — 2026-yillar davomida

Reja asosida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari, homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

4.

Teatr jamoasining xorijiy davlatlarga yiliga kamida ikki marotaba gastrol safarlarini tashkil etib borish.

2022 — 2026-yillar davomida

Reja asosida

respublika budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(G. Umerova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

5.

Chet eldagi malakali, yetuk va mashhur opera va balet artistlari ishtirokida tegishli talaba va oʻquvchilarni jalb qilgan holda mamlakatimizda har yili kamida ikki marotaba master-klass (mahorat darslari) oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

Ilgʻor xorijiy opera va balet teatrlari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolash.

2022-yil yanvardan boshlab

Respublika budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

6.

Teatrda har yili 21 — 27-mart, 1-iyun va 1-noyabr kunlarini teatrda ochiq eshiklar kuni deb eʼlon qilish va ushbu kunlari tashrif buyuruvchilarning bepul kirishlarini tashkil etish.

Uning doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, teatr rassomlarining koʻrgazmalari va tomoshabinlar bilan ijodkorlar oʻrtasida jonli muloqotlar oʻtkazish.

2022-yildan boshlab

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(R. Mamatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Teatr

(R. Usmonov)

7.

Aholi ayniqsa, yoshlar uchun jahonning mashhur opera asarlarini namoyish etish va ijodkorlar sanʼatidan bahramand etish maqsadida nufuzli xalqaro tanlovlarning yakuniy qismini Oʻzbekistonda oʻtkazish choralarini koʻrish.

2022 — 2026-yillar davomida

Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi,

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Vasiylik kengashi

8.

Quyidagilarni:

2022-2023-yil davomida, reja boʻyicha

Homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Vasiylik kengashi,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Turizm va sport vazirligi

(U. Azamov),

Kinematografiya agentligi

(F. Abduxalikov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev)

Teatr binosida “Teatr tarixi” muzey-ekspozitsiyasi;

“Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri” kitob-albomi;

Kinematografiya agentligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

teatr tarixi va buguni haqida hujjatli film yaratish va uni televideniyelarda efirga berish.

9.

Teatrni ayniqsa, opera va balet sanʼatini tanishtirishga qaratilgan televizion koʻrsatuvlar va reklama roliklarini tayyorlash, shuningdek, ularni tekinga respublikadagi barcha kanallarda namoyishini taʼminlash.

2022-yil yanvardan boshlab doimiy

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F. Abduxalikov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

10.

Teatr repertuarini kengaytirish, tomoshabinlar qamrovini oshirish, bu orqali chiptalar sotuvidan tushadigan tushumni oshirib, xarajatlarning bir qismini qoplash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Teatr

(R. Usmonov)

11.

Teatr ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan taniqli ijodkorlar tavallud sanalarini keng nishonlash, ularning ijodini chuqur oʻrganish va targʻib etish.

2022-yildan boshlab doimiy

Homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Vasiylik kengashi,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Teatr

(R. Usmonov)

12.

Quyidagirespublika koʻrik-tanlovlarini tashkil qilish:

Homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Vasiylik kengashi

(J. Artikxodjayev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Teatr

(R. Usmonov)

“Yosh vokal ijrochilari”;

Har yili fevral

“Yosh balet ijrochilari”;

Har yili aprel

“Dirijor, rejissor va baletmeysterlar”.

Har yili iyun

II. Teatrni malakali va yetuk kadrlar bilan taʼminlash

13.

Teatrning Vokal akademiyasi hamda Opera va balet asarlarini yaratish ijodiy ustaxonasi faoliyatini tashkil etish.

Bunda:

mazkur akademiyada malakali yetuk opera solistlari, professor-oʻqituvchi va mutaxassislar tomonidan master-klass (mahorat darslari), ovoz sozlash, toʻgʻri nafas qoʻyish, nutq toʻgʻrilash, opera asarlari ustida mukammal ishlash boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish;

ushbu akademiyani yakunlagan yoshlarga tegishli sertifikat berish tizimini joriy qilishni nazarda tutish.

2022-yil sentabr, doimiy ravishda

-

Vasiylik kengashi,

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Teatr

(R. Usmonov)

14.

Teatrda samarali faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor, mutaxassislarni malaka oshirish va stajirovkaga yuborish va mazkur muddat yakunlangach, ularning xorijda qolib ketishining oldini olish hamda teatrda faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish.

2022 — 2026-yillarda

Respublika budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Vasiylik kengashi

15.

Teatrni opera va balet yoʻnalishi boʻyicha rejissor va tegishli mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida yosh iqtidorli ijodkorlarni tegishli yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish.

2022 — 2026-yillarda

Respublika budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Vasiylik kengashi

16.

Xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan malakali va yetuk milliy kadrlarni teatrga qaytarish va ularning faoliyat olib borishi uchun yetarli shart-sharoit (oylik maosh, uy-joy va boshqalar) yaratish.

2022-yil yanvardan boshlab doimiy ravishda

“Vatandoshlar” jamoat fondi, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar, homiylik xayriyalari

Vasiylik kengashi,

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

“Vatandoshlar” jamoat fondi

(O. Sattorov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

17.

Xorijiy davlatlarning opera va balet teatrlarida har yili teatrning yoritish, ovoz boʻyicha mutaxassislarining malakasini oshirish.

2022 — 2026-yillarda

Respublika budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

18.

Xorijiy mamlakatlardan yetuk va malakali bosh dirijorni faoliyat olib borishi uchun teatrga jalb etish hamda ularni qoʻshimcha ragʻbatlantirish.

2022-yildan boshlab doimiy

Homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Vasiylik kengashi,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev)

19.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Musiqiy teatr-studiya faoliyatini takomillashtirish, qoʻllab-quvvatlash hamda rahbarlari, badiiy jamoalar artistlari va xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 1-may

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

20.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Xoreografiya oʻquv teatri faoliyatini yoʻlga qoʻyish, qoʻllab-quvvatlash va unga 2 ta shtat birligi ajratish va oʻquv teatrini jihozlash.

2022-2023-yillarda

Respublika budjeti mablagʻlari va Xoreografiya akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

III. Teatr moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

21.

Teatr sahnasini zamonaviy yoritish uskunalari, ovoz kuchaytirgich moslamalari bilan taʼminlash.

2023-yil dekabr

Respublika budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(G. Umerova),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

22.

Teatr orkestrini musiqa asboblari va ularni butlovchi qismlari, shu jumladan pianino va royallar bilan taʼminlash.

2022-2023-yillar davomida

Respublika budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov)

Vasiylik kengashi

23.

Teatrning balet artistlarini maxsus liboslari, oyoq kiyimlari hamda grimm-postijyor mahsulotlari bilan taʼminlash.

2022 — 2026-yillar davomida doimiy

Respublika budjeti mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

24.

Aholiga sifatli xizmat koʻrsatish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadida teatr binosining old qismiga LED monitor oʻrnatish.

2022-2023-yillar davomida

Homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi, davlat-xususiy sheriklik mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Teatr

(R. Usmonov),

Vasiylik kengashi

25.

Teatrga bitta turistik avtobus va bitta yuk avtomobili xarid qilish.

2023-yil 1-avgustga qadar

Respublika budjeti

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov)

26.

Teatrning sahnasi va sahna texnologiyalarini zamon talablari asosida yangidan takomillashtirish.

2023-yil 1-sentabrga qadar

Investitsiya dasturi doirasida

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(G. Umerova),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev, I. Norqulov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Teatr

(R. Usmonov)

27.

Xorijiy tajribalarni oʻrganish va mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqarish korxonalarida Teatrning ijodiy xodimlari uchun maxsus liboslar, oyoq kiyim va sahna liboslarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, Toshkent va Namangan viloyatlaridagi tegishli klasterlarning Teatr bilan doimiy hamkorligini oʻrnatish.

2022-yil sentabr, doimiy

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

(I. Haydarov),

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

(F. Boboyev)

28.

Teatr va Toshkent shahridagi yirik tadbirkorlik subyektlari va tashkilotlar oʻrtasida ixtiyoriylik asosida “Doʻstlar klubini” tuzish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha doimiy hamkorligini yoʻlga qoʻyish, jumladan:

spektakllar sahnalashtirish;

musiqa instrumentlarni taʼmirlash;

eski spektakllarni qayta tiklash;

Teatr binosini joriy taʼmirlash;

Teatr xodimlarini qoʻllab-quvvatlash.

Har yili

Hisob-kitoblarga asosan

Vasiylik kengashi

(J. Artikxodjayev),

Teatr

(R. Usmonov)

29.

Madaniyat vazirligi va Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Teatrning faoliyati uchun zarur boʻlgan musiqa asbob-uskunalari, texnik jihozlar, chiroqlar, grim mahsulotlari va balet artistlari uchun maxsus liboslar, oyoq kiyimlar 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etish.

Tegishli muddatda

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(G. Umerova),

Davlat bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

30.

Teatr dekoratsiyalarini yaratish va sahnalashtirishda zarur boʻladigan rekvizitlarni ishlab chiqarish, ularni saqlash uchun alohida bino ajratish yoki ijara asosida boʻsh turgan bino ajratishni tashkil etish.

2022-yil iyun

Homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Teatr

(R. Usmonov)

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 07/21/64/1217-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 04.12.2024-y., 07/24/399/1000-son)