Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 468-son “Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori qabul qilinganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining
46-moddasiga muvofiq ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish
konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan
ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq 2022-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-iyundagi 15, 5-son “Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 253-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2011-yil 31-maydagi 23, 3-son “Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1589-1, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 278-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 30-dekabrdagi 7, 42-son “Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1589-2, 2015-yil 8-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 15-modda).