toggle_night_mode
Hujjat 30.09.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish muddatlari, tartibi va ularga qoʻyiladigan malaka talablari hamda attestatsiya sohalari roʻyxati;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish, sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va muddatlari;
sanoat xavfsizligi sohasida ekspert guvohnomasini rasmiylashtirish va ekspertlar reyestrini yuritish talablari, ekspert guvohnomasi toifasini pasaytirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda uni bekor qilish tartibi;
attestatsiya natijalari boʻyicha apellatsiya berish va uni koʻrib chiqish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
3. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi uch oy muddatda ayni paytda sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat koʻrsatayotgan ekspertlarga ushbu qarorga muvofiq yangi shakldagi ekspert guvohnomalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin. Bunda ekspert tashkilotlarida asosiy ish joyi sifatida ishlayotgan ekspertlarga birinchi toifa, qolganlarga ikkinchi toifa ekspert guvohnomasi berilsin.
4. Adliya vazirligi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha uning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Adliya vazirligi ikki oy muddatda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK-2020) Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert kasbi belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi B.F. Islamov va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-sentabr,
550-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 550-son qaroriga
1-ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida
MAʼMURIY REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
attestatsiya sohasi — sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert faoliyati sohasi;
sanoat xavfsizligi sohasidagi vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) — Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi oʻrinlarda — ekspert) — xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, shuningdek, sanoat xavfsizligi ekspertizasi ishlarini bajaradigan (agarda u ekspert tashkilotining shtatida tursa yoki ekspert tashkiloti tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa) mutaxassis;
sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya komissiyasi) — Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — ekspert guvohnomasi) — ushbu Reglamentda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan mutaxassisning ekspert maqomini tasdiqlovchi hujjat;
talabgor (ariza beruvchi) — ekspert maqomiga ega boʻlmoqchi boʻlgan jismoniy shaxs, attestatsiya sohasini kengaytirmoqchi boʻlgan ekspert, birinchi toifali ekspert guvohnomasini olmoqchi boʻlgan ikkinchi toifali ekspert;
ekspert tashkiloti — ekspertizani amalga oshiradigan va belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot.
3. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
4. Markaz va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi identifikatsiya qilish vositalarini majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
5. Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish orqali koʻrsatiladi.
Vakolatli organ attestatsiyani muvaffaqiyatli topshirgan ekspertlarga quyidagi toifalardan biri koʻrsatilgan ekspert guvohnomasini beradi:
sanoat xavfsizligi sohasidagi ikkinchi toifali ekspert;
sanoat xavfsizligi sohasidagi birinchi toifali ekspert.
2-bob. Ekspertlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi
6. Talabgor attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi boʻyicha ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tamomlagan boʻlishi kerak.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarning attestatsiya sohalari roʻyxati mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan.
7. Talabgorlar Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining “Kontexnazoratoʻquv” davlat muassasasida kamida 40 soatlik oʻquv kursida shartnoma asosida oʻqitish orqali tayyorlanadi va ushbu kursning oʻquv dasturlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda ekspertlarni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlarning miqdori tegishli oʻquv kursining davomiyligidan hamda uning shaklidan kelib chiqib, shartnoma tuzuvchi taraflar tomonidan belgilanadi.
8. Ekspert guvohnomasiga ega boʻlgan har bir jismoniy shaxs ekspert guvohnomasi olingan yildan keyin har uch yilda kamida bir marta vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari boʻyicha 20 soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslarida oʻqishi shart.
9. Talabgor ekspertlarni tayyorlash va (yoki) malakasini oshirish oʻquv kurslarini toʻliq tamomlaganidan soʻng sinovdan oʻtkaziladi.
Sinov yozma, test yoki ogʻzaki koʻrinishda oʻtkazilishi mumkin va uning tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Sinovdan oʻta olmaganlarga bir marotaba sinovni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Qayta sinovdan oʻta olmaganlar oʻquv kursida takroran shartnoma asosida oʻqiydilar.
Sinovdan oʻtganlarga mazkur Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan sertifikat beriladi.
3-bob. Talabgorga qoʻyiladigan malaka talablari
10. Ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtish uchun talabgor quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim:
oliy maʼlumotga ega boʻlish, bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar belgilangan tartibda tan olingan taqdirda eʼtiborga olinadi;
attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq kamida besh yil ish stajiga ega boʻlish;
ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish, bunda oʻqishni tamomlagan vaqtdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt bir yildan oshmasligi kerak.
11. Birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtish uchun talabgor quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim:
ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan kundan boshlab attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq faoliyat yuritadigan ekspert tashkilotida asosiy ish joyi sifatida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlish;
ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan kundan boshlab attestatsiya sohasiga (yoki ekspertiza obyektlariga) muvofiq kamida 15 ta xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, shuningdek, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha ishlarni bajargan boʻlishi;
ekspertlarni tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish, bunda oʻqishni tamomlagan vaqtdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt bir yildan oshmasligi kerak.
Birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtkazish talabgorning ikkinchi toifali ekspert guvohnomasida koʻrsatilgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) doirasida amalga oshiriladi.
4-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
12. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
13. Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun Markazga oʻzi kelib yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
14. Talabgor Markazga oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, Markaz xodimi talabgorning nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
15. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Talabgor tomonidan soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
16. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslardan, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslardan davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlovlar Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
17. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazga oʻzi kelib murojaat qilganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga, shundan 0,5 foizi toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun;
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
18. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Bunda davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov qaytarilmaydi.
19. Talabgor Markazga kelib murojaat qilganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar oʻn daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
20. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan kundan boshlab uch ish kunida talabgorning attestatsiyaga qoʻyilishi yoki qoʻyilmasligi haqida qaror qabul qiladi.
21. Talabgorni attestatsiyaga qoʻyish yuzasidan qaror qabul qilinganda, attestatsiyaga qoʻyilganlar roʻyxati shakllantiriladi.
Bunda guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorning soʻrovnomasiga asosan attestatsiya komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ binosida ikki oyda kamida bir marta attestatsiya oʻtkaziladi.
22. Attestatsiya komissiyasi tarkibi, komissiya toʻgʻrisidagi nizom va test savollari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Attestatsiya komissiyasi kamida besh nafar aʼzodan, shu jumladan, attestatsiya komissiyasi raisidan iborat tarkibda tuziladi, komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa manfaatdor tashkilotlarning mutaxassislari ham kiritilishi mumkin.
23. Talabgorni attestatsiya oʻtkazish kuni, vaqti va joyi toʻgʻrisida vakolatli organning rasmiy veb-sayti, YIDXP hamda talabgorning telefon raqamiga xabarnoma yuborish orqali besh kun avval ogohlantiriladi.
24. Talabgor tomonidan soʻrovnomada haqiqiy boʻlmagan, soxta va notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, talabgorning ushbu Reglamentning 10 va 11-bandlarida belgilangan malaka talablariga muvofiq kelmasligi, shuningdek, davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi va talabgor attestatsiyaga qoʻyilmasligi haqida qaror qabul qilinadi, murojaat qilingan vaqtda maʼlumotlar qayta toʻgʻrilangan holatlar bundan mustasno.
25. Attestatsiyaga qoʻyilishi rad etilgan talabgor Markazga yoki YIDXP orqali rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin besh ish kunida takroran soʻrovnoma berishi mumkin.
Takroriy topshirilgan hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi soʻrovnoma olingan kundan boshlab hujjatlar ikki ish kuni davomida vakolatli organ tomonidan takroran koʻrib chiqiladi.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan avval rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
26. Attestatsiyadan oʻtishda talabgor fuqarolik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning aslini taqdim etadi. Pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega boʻlmagan yoxud attestatsiyaga kechikkan talabgor kelmagan hisoblanadi va navbatdagi attestatsiyadan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi, bu haqda talabgor Markazda (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
27. Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilingandan keyin ikki marta uzrli sabablarsiz (mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki xodim faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs rahbari maʼlumotnomasi) attestatsiyadan oʻtish uchun kelmasa, talabgor attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi va bu haqda Markaz (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi. Bunda davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.
Hujjatlar mazkur Reglamentda belgilangan umumiy tartibda qayta topshiriladi.
28. Talabgor ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan kompyuterda topshiriladigan test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.
70 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan hisoblanadi.
29. Talabgor birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan kompyuterda topshiriladigan test sinovlari va amaliy sinov shaklida oʻtkaziladi.
80 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor malaka imtihonining yakuniy qismi boʻlgan amaliy sinovdan oʻtkaziladi, bunda amaliy sinov test oʻtkazilgan kunda oʻtkaziladi.
Amaliy sinov davomida attestatsiya komissiyasi aʼzolari talabgorga qonunchilik hujjatlari va normativ-texnik hujjatlarni bilishi, xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha ishlarni amaliy bilishi, shuningdek, ekspertning funksiyalari va majburiyatlari toʻgʻrisida savollar beradilar.
Amaliy sinov davomida talabgorga kamida 5 ta savol beriladi hamda 80 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan hisoblanadi.
30. Attestatsiya talabgorning tanloviga koʻra davlat yoki rus tilida oʻtkaziladi.
31. Attestatsiyaning shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida attestatsiyani oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda kamida bir yil mobaynida saqlanadi.
Attestatsiyani oʻtkazish jarayonini uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushirish uchun vakolatli organ attestatsiyani oʻtkazish uchun alohida test xonalarini ajratadi hamda ularni zamonaviy texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli video kamera, internet jahon aloqa tarmogʻi va boshqalar) bilan taʼminlab, talabgorlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
32. Test savollari variantlari va ularning javoblari vakolatli organ tomonidan ishlab chiqiladi. Test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.
33. Test savollari xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha ishlarni bajarish, shuningdek, attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq tuziladigan kamida 75 ta savoldan iborat boʻladi va umumiy attestatsiya vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.
34. Attestatsiyadan oʻtish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
qonunchilik hujjatlari, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
attestatsiya oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar attestatsiya oʻtayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
Begona shaxslarga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
35. Attestatsiyadan oʻtmagan talabgorga ikkinchi marotaba malaka imtihonidan oʻtish uchun imkoniyat beriladi.
Attestatsiyadan ikkinchi marotaba ham oʻtmagan talabgor attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt oʻtgandan soʻng ushbu Reglamentda belgilangan tartibda attestatsiyadan takroran oʻtish uchun murojaat qilishga haqli.
36. Attestatsiyaning test natijalari test tugagandan soʻng shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi.
Birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan ekspertlarning attestatsiyaning amaliy sinov natijalari attestatsiya oʻtkazilgan kundan soʻng ikki kun muddatda attestatsiya komissiyasining rasmiylashtiriladigan bayonnomasida koʻrsatiladi.
37. Talabgorning test javoblari hamda imtihon komissiyasining bayonnomalari vakolatli organda kamida 5 yil muddatda saqlanadi.
38. Ekspert guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, attestatsiya sohasini kengaytirish va birinchi toifali ekspert guvohnomasini olish uchun ekspert guvohnomasining egasi qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
39. Qayta attestatsiyadan oʻtish uchun ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va unga xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha soʻnggi besh yilda bajargan ishlari roʻyxati ilova qilinadi. Hujjatlar Markaz yoki YIDXP orqali topshiriladi.
Ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashi sababli qayta attestatsiyadan oʻtish uchun ariza ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin topshirilishi kerak.
40. Talabgor qayta attestatsiyadan mazkur Reglamentda belgilangan umumiy tartibda oʻtkaziladi.
5-bob. Ekspert guvohnomasini rasmiylashtirish, berish va ekspertlar reyestrini yuritish tartibi
41. Vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ekspert guvohnomasini rasmiylashtiradi hamda shu kunning oʻzida (birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtkazilganda — ikki kun muddatda) Markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi, ushbu ekspert guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik kuchga ega boʻladi.
42. Ekspert guvohnomasi attestatsiya oʻtkazilgan sanadan boshlab besh yil muddatga beriladi.
43. Ekspert guvohnomasi ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va ekspertlar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
44. Vakolatli organ tomonidan ekspertlar reyestri yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
ekspert guvohnomasini olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
shaxsini tasdiqlovchi (pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari, yashash manzili va telefon raqamlari;
ish joyi;
ekspert guvohnomasining toifasi, hisobga olish raqami va berilgan sanasi;
attestatsiya sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Reyestr elektron shaklda yuritiladi.
45. Reyestrga kiritilgan ekspertga taalluqli shaxsini tasdiqlovchi (pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari va yashash manzili kabi shaxsiy maʼlumotlardan tashqari barcha maʼlumotlar ular bilan tanishib chiqish uchun ommabop boʻlib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida chop etiladi.
46. Markaz ekspert guvohnomasi olingandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra Markaz talabgorga ekspert guvohnomasini elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
6-bob. Apellatsiyani koʻrib chiqish
47. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan shaxslar attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kun ichida vakolatli organ huzurida tuziladigan apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Apellatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Apellatsiya komissiyasi berilgan apellatsiyani yetti ish kunida uni bergan shaxslar ishtirokida koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida ikki ish kuni ichida ularga yozma xabar yuboradi.
48. Apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan apellatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
attestatsiya natijalarini (yozma ravishda asoslangan xat asosida) oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
apellatsiyani qanoatlantirish va talabgorni attestatsiyadan takroran oʻtkazish toʻgʻrisida.
49. Attestatsiya natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
apellatsiya mazkur Reglament talablarini buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellatsiyada koʻrsatilgan sabablar oʻz tasdigʻini topmasa.
50. Apellatsiyani qanoatlantirish va talabgorni attestatsiyadan takroran oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror apellatsiya bergan talabgorni attestatsiyadan mazkur Reglament talablariga zid ravishda oʻtkazilganligi toʻgʻrisida holatlar aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.
51. Apellatsiya komissiyasi tomonidan apellatsiya bergan talabgorni attestatsiyadan takroran oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, takroriy attestatsiya umumiy tartibda oʻtkaziladi.
52. Talabgor takroran apellatsiya berishi mumkin emas.
53. Apellatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga sudga shikoyat qilinishi mumkin.
7-bob. Ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi
54. Ekspertning pasportida (identifikatsiya ID-kartasi) koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilgan yoki pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) oʻzgartirilgan taqdirda, ekspert bir oy davomida vakolatli organga ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ushbu maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda Markaz yoki YIDXP orqali ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani topshirishi shart.
55. Ekspert guvohnomasi soʻrovnoma berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida qayta rasmiylashtiriladi, bunda tegishli oʻzgartirishlar reyestrga kiritiladi.
Ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda ekspertdan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Yigʻimlar ushbu Reglamentning 17-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
8-bob. Ekspert guvohnomasining toifasini pasaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish va bekor qilish tartibi
56. Vakolatli organ ilgari berilgan ekspert guvohnomasining toifasini pasaytirish yoki amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish va bekor qilish tartiboti tashabbusini bildirishga haqli.
57. Ekspert toifasini pasaytirish (birinchi toifadan ikkinchi toifaga oʻtkazish) uchun quyidagilar asos boʻladi:
olti oy muddatdan ortiq ekspert tashkilotida asosiy ish joyi sifatida ishlamaslik;
ekspertning arizasi.
58. Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ekspert oʻz faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari yoki normativ-texnik hujjatlar talablarini buzganda;
ekspertning arizasi.
Ekspert guvohnomasining amal qilishi ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran toʻxtatib turiladi hamda ekspert maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas. Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar belgilangan muddatda bartaraf etilgandan soʻng vakolatli organ ekspert guvohnomasining amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
59. Ekspert guvohnomasining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;
ekspert guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni kamida olti oy davomida bartaraf etmaganda;
ekspert oʻz faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari va (yoki) normativ texnik hujjatlar talablarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganda;
belgilangan tartibda ekspert muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;
kasbiga doir vazifalarini bir yil ichida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda;
ekspert vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
ekspertning arizasi.
Ekspert guvohnomasining amal qilishi ekspert guvohnomasining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Ekspert guvohnomasining amal qilishini tugatish ekspert maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.
60. Ekspert oʻz faoliyatini amalga oshirishda ekspert guvohnomasining amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan qonunchilik hujjatlari talablarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
ekspert oʻz faoliyatini amalga oshirishda attestatsiya sohasiga amal qilmasligi;
ekspertiza xulosasini va (yoki) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini yolgʻon yoki notoʻgʻri tuzish;
oʻz faoliyatini amalga oshirishda olingan maxfiy axborotni oshkor qilish (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
61. Ekspert guvohnomasini bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ekspert guvohnomasi soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi aniqlanganda;
ekspert guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi qarorning noqonuniy ekanligi aniqlanganda.
Ekspert guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ekspert guvohnomasi berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Ekspert guvohnomasini bekor qilish ekspert maqomining bekor qilinishiga sabab boʻladi.
62. Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organ raisining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
63. Vakolatli organ ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni muddatida ekspert maqomi toʻxtatib turilgan, tugatilgan yoki bekor qilingan shaxsni va tegishli ekspert tashkilotini yozma ravishda xabardor qiladi.
64. Ekspert normativ-huquqiy yoki normativ-texnik hujjatlar talablarini buzganligi uchun ekspert guvohnomasining amal qilishini tugatish hamda uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida attestatsiyaga qoʻyilmaydi.
65. Vakolatli organning ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
66. Markaz va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
67. Adliya vazirligi ushbu Reglamentning talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
68. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
69. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentga
1-ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarning attestatsiya sohalari
ROʻYXATI

T/r

(kodlar)

Attestatsiya sohalari nomlari

1.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

1.1.

Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoati obyektlari:

1.1.1.

Shaxta

1.1.2.

Koʻmir va ruda konlari (yer osti va yer usti) obyektlari

1.1.3.

Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsiyalovchi fabrika va zavodlar

1.1.4.

Boyitish-saralash va meʼyorlash qurilmalari

1.1.5.

Shlam toʻplovchi gidrotexnika inshootlari, chiqindilarni saqlovchi, texnik suv havzalari obyektlari

1.1.6.

Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalari

1.1.7.

Oltin saralash fabrikasi va zavodlari (qurilmalari)

1.1.8.

Konlarni texnik rekultivatsiya qilish obyektlari

1.1.9.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlari

1.1.10.

Maxsus yer osti, transport va umumiy xoʻjalik inshootlarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish obyektlari

1.2.

Neft va gaz sanoati obyektlari:

1.2.1.

Neft va gazga qazilgan parametrlik, qidiruv, izlash, struktur va ekspluatatsiya quduqlari hamda maxsus qazilgan quduqlar

1.2.2.

Yer osti gaz omborlari

1.2.3.

Neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlatish va qurish; neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish va tayyorlash obyektlari

1.2.4.

Neftni, gazni va gaz kondensatini konlarda va konlar orasida quvur oʻtkazgichlari

1.2.5.

Magistral quvurlar

1.2.6.

Kompressor va nasos stansiyalari; gaz taqsimlash stansiyalari

1.2.7.

Qatlamdagi bosimni barqaror saqlab turish obyektlari

1.2.8.

Neft mahsulotlarini, neftni va gaz kondensatini saqlash va vaqtincha saqlash obyektlari

1.2.9.

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari

1.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud boʻlgan kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari:

1.3.1.

Noorganik moddalar, ammiak, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlari

1.3.2.

Neft va gazni qayta ishlash sanoati ishlab chiqarish va obyektlari

1.3.3.

Organik sintez ishlab chiqarish obyektlari

1.3.4.

Sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarish obyektlari

1.3.5.

Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish obyektlari

1.3.6.

Kriogen texnologiyalar obyektlari

1.3.7.

Ammiakli sovitish qurilmalari

1.3.8.

Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlari

1.3.9.

Lok-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlari

1.3.10.

Spirt ishlab chiqarish obyektlari

1.3.11.

Yogʻ-moy ishlab chiqarish obyektlari

1.3.12.

Havoni parchalashda hosil boʻlgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlari

1.3.13.

Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlari

1.3.14.

Portlash-yonish xavfi mavjud boʻlgan va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, toʻkish obyektlari

1.4.

Bosimi 0,07 MPa yoki suvning isitish harorati 115° S dan yuqori boʻlgan jihozdan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari:

1.4.1.

Bugʻ va suv isitish qozonlari (ishchi muhit turidan qatʼiy nazar)

1.4.2.

Bosim ostida ishlovchi idishlar

1.4.3.

Bugʻ va issiq suv quvur oʻtkazgichlar

1.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari:

1.5.1.

Yuk koʻtarish kranlari va mexanizmlari

1.5.2.

Eskalatorlar

1.5.3.

Yuk va yoʻlovchilar uchun osma poʻlat arqonli yoʻllar

1.5.4.

Funikulyorlar

1.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlardan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlari:

1.6.1.

Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va taqsimlash obyektlari

1.6.2.

Avtomobillarga suyultirilgan uglevodorod gaz toʻldirish shoxobchalari

1.6.3.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari

1.6.4.

Bosimi 12 kgf/sm2 gacha boʻlgan gaz taqsimlash tizimlarining gaz tarmoqlari

1.6.5.

Gaz isteʼmoli tizimlarining gaz tarmoqlari

1.7.

Metallurgiya sanoati obyektlari:

1.7.1.

Qora metallar quyish sanoati, poʻlat ishlab chiqarish obyektlari

1.7.2.

Rangli metallar quyish sanoati obyektlari

1.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari:

1.8.1.

Qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish va uzatish uskunasi, qabul qiluvchi-tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi va tayyorlovchi (maydalovchi) boʻlimlar, shu jumladan, oziq-ovqat sanoati korxonalari

1.8.2.

Un, yorma ishlab chiqarish obyektlari

1.8.3.

Omixta yem ishlab chiqarish obyektlari

1.8.4.

Qopsiz qabul qilish, unni silos va bunkerlarda saqlash, non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish va elash obyektlari

1.8.5.

Un, yorma, non va makaron ishlab chiqarish korxonalari uchun qopli idishlarni tozalash va saralash obyektlari

1.8.6.

Joʻxorini kalibrlovchi obyektlar

1.8.7.

Urugʻlik donlarni qayta ishlovchi obyektlar

1.8.8.

Tamaki mahsulotlarini tayyorlash obyektlari

1.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)

1.10.

Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar

2.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

2.1.

Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatidagi texnik qurilmalar:

2.1.1.

Shaxtada qoʻllaniladigan qurilmalar

2.1.2.

Koʻmir va ruda konlari (yer osti va yer usti) obyektlarining qurilmalari

2.1.3.

Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsiyalovchi fabrika va zavodlarning qurilmalari

2.1.4.

Boyitish-saralash va meʼyorlash qurilmalari

2.1.5.

Shlam toʻplovchi gidrotexnika inshootlari, chiqindilarni saqlovchi va texnik suv havzalari obyektlarining qurilmalari

2.1.6.

Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalarining qurilmalari

2.1.7.

Oltin saralash fabrikasi va zavodlari qurilmalari

2.1.8.

Konlarni texnik rekultivatsiya qilish qurilmalari

2.1.9.

Foydali qazilma boyliklari qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.1.10.

Maxsus yer osti, transport va umumiy xoʻjalik inshootlarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.2.

Neft va gaz sanoatidagi texnik qurilmalar:

2.2.1.

Quduqlarni burgʻulashda, taʼmirlashda va ishga tushirishda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.2.

Neft va gaz quduqlarini ishlatishda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.3.

Qatlamdagi bosimni va qatlamga hamda quduqqa taʼsir qiluvchi omillarni saqlashda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.4.

Neft va gazni yetkazib beruvchi stansiyalarda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.5.

Magistral quvurlar tizimini qurishda, ishlatishda va taʼmirlashda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.6.

Gaz va neft mahsulotlari quvurlari; kon va konlararo quvurlar

2.2.7.

Kompozit va poʻlat quvurlar qismlari va quvurlari, shu jumladan, tiqin (zapor), meʼyorlovchi va himoyalovchi armaturalar qismlari

2.2.8.

Neft, kondensat va neft mahsulotlari uchun rezervuarlar va ularning qurilmalari

2.2.9.

Kompressor, nasos va gaz taqsimlash stansiyalari qurilmalari

2.2.10.

Neft va gazni yigʻish va tayyorlash qurilmalari

2.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud boʻlgan va kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar:

2.3.1.

Noorganik moddalar, ammiak, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.2.

Neft va gazni qayta ishlash obyektlarining qurilmalari

2.3.3.

Organik sintez ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.4.

Sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.5.

Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.6.

Kriogen texnologiyasi qurilmalari

2.3.7.

Ammiakli sovitish qurilmalari

2.3.8.

Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.9.

Lok-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.10.

Spirt ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.11.

Yogʻ-moy ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.12.

Havoni parchalashda hosil boʻlgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlarining qurilmalari

2.3.13.

Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlarining qurilmalari

2.3.14.

Portlash-yonish xavfi mavjud boʻlgan va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, toʻkish obyektlarining qurilmalari

2.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori boʻlgan yoki suvning harorati 115° S dan yuqori boʻlgan sharoitda ishlaydigan texnik qurilmalar:

2.4.1.

Suv isitish va bugʻ qozonlari hamda ularning qurilmalari

2.4.2.

Bosim 0,07 MPa dan yuqori boʻlgan bosim ostida ishlovchi idishlar

2.4.3.

Bosim 0,07 MPa dan va suvning harorati 115° S dan yuqori boʻlgan bugʻ va issiq suv quvurlari

2.4.4.

Avtonom bugʻ qizdirgichlar

2.4.5.

Avtonom ekonomayzerlar

2.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlar:

2.5.1.

Yuk koʻtarish kranlari

2.5.2.

Kran-manipulyatorlar

2.5.3.

Quvur yotqizgich kranlar

2.5.4.

Koʻtargichlar (vishkalar)

2.5.5.

Qurilish koʻtargichlari

2.5.6.

Liftlar

2.5.7.

Nogironlarni koʻtarishga moʻljallangan platformalar

2.5.8.

Yuk va yoʻlovchilar uchun osma poʻlat arqonli yoʻllar

2.5.9.

Funikulyorlar

2.5.10.

Ekskalatorlar

2.5.11.

Yuk koʻtarish mexanizmlari va idishlar (metallurgiyadan tashqari)

2.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlarining texnik qurilmalari:

2.6.1.

Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va taqsimlash obyektlarining qurilmalari

2.6.2.

Avtomobillarga suyultirilgan uglevodoro? gaz toʻldirish shoxobchalarining qurilmalari

2.6.3.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarining qurilmalari

2.6.4.

Bosimi 12 kgf/kv.sm gacha boʻlgan gaz taqsimlash tizimlari

2.6.5.

Gaz isteʼmoli tizimlari

2.7.

Metallurgiya sanoati texnik qurilmalari

2.7.1.

Qora metallar quyish, poʻlat ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.7.2.

Rangli metallar quyish sanoati obyektlarining qurilmalari

2.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlarining texnik qurilmalari:

2.8.1.

Elevator ombori qurilmalari

2.8.2.

Un ishlab chiqarish korxonalari qurilmalari

2.8.3.

Yorma ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.4.

Omixta yem ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.5.

Qopsiz qabul qilish, unni silos va bunkerlarda saqlash, non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish va elash obyektlarining qurilmalari

2.8.6.

Oʻsimlik xomashyosini qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish va uzatish uskunasi, qabul qiluvchi tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi va tayyorlovchi (maydalovchi) boʻlimlar, shu jumladan, oziq-ovqat sanoati korxonalari qurilmalari

2.8.7.

Joʻxorini kalibrlovchi ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.8.

Urugʻlik donlarni qayta ishlaydigan obyektlarining qurilmalari

2.8.9.

Tamaki tayyorlash liniyalari obyektlarining qurilmalari

2.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlaridagi texnik qurilmalar (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)

2.10.

Sanoatga moʻljallangan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlashda qoʻllaniladigan texnik qurilmalar

3.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

3.1.

Koʻmir, kon-ruda va noruda sanoatlarida:

3.1.1.

Yer usti kompleks bino va inshootlar

3.1.2.

Yer osti inshootlari

3.1.3.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.

Neft va gaz sanoati obyektlarida:

3.2.1.

Quduqlarni qazish va taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlardagi bino va inshootlar

3.2.2.

Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.3.

Magistral quvurlar obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.4.

Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.3.

Kimyo, neft-kimyo va neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori boʻlgan yoki suvning isish harorati 115° S dan yuqori boʻlgan qurilmalar joylashgan bino va inshootlar

3.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlaridagi bino va inshootlar

3.6.1.

Gaz jihozlari oʻrnatilgan bino va inshootlar (qozonxonalar, sexlar)

3.6.2.

Avtomobillarga gaz (suyultirilgan uglevodorod gaz) toʻldirish shoxobchalarining bino va inshootlari

3.7.

Metallurgiya sanoati obyektlaridagi bino va inshootlar

3.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlaridagi bino va inshootlar

3.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlaridagi (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan) bino va inshootlar

3.10.

Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlardagi bino va inshootlar

4.

Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

4.1.

Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoati obyektlari:

4.1.1.

Yer usti ishlab chiqarish obyektlari

4.1.2.

Yer osti ishlab chiqarish obyektlari

4.1.3.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlari

4.2.

Neft va gaz sanoati obyektlari:

4.2.1.

Quduqlarni qazish va taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar

4.2.2.

Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlari

4.2.3.

Magistral quvurlar obyektlari

4.2.4.

Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlari

4.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud boʻlgan kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari

4.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori yoki suvning harorati 115° S dan yuqori boʻlgan qurilmalardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari

4.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari

4.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlari

4.7.

Metallurgiya sanoati obyektlari

4.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari

4.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)

4.10.

Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan �ogʻliq boʻlgan obyektlar

Izoh. Ekspert ekspert guvohnomasida koʻrsatilgan attestatsiya sohasi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan (foydalanishni moʻljallayotgan) tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishida ishtirok etishi mumkin.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentga
2-ILOVA

SANOAT XAVFSIZLIGI

DAVLAT QOʻMITASI

“KONTEXNAZORATOʻQUV”

davlat muassasasi

SERTIFIKAT

___-son

20____ yil “____” _________

_________________________________________________________

_________________________________________________________

(F.I.O.)

“KONTEXNAZORATOʻQUV” davlat muassasasida

20____-yil “____” ________dan

20____-yil “____” _______gacha

_______________________________________

(attestatsiya sohasi kodi va (yoki) nomi)

boʻyicha sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash / malaka oshirish oʻquv kursini tamomladi.

Vakolatli shaxs

(F.I.O.)

“KONTEXNAZORATOʻQUV”

davlat muassasasi (vakolatli shaxs)

QR-kod

Toshkent sh.-20____ u.

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentga
3-ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Ekspert guvohnomasini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin oʻn daqiqada

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Ariza tushgandan soʻng attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻyishni rad etish maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

1. Uch ish kuni muddatda

2. Attestatsiyaga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxatini vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

2. Imtihon sanasidan besh kun oldin

4-bosqich

Vakolatli organ

1. Talabgorni ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan kompyuterda topshiriladigan test sinovlari shaklida oʻtkazadi.

Ikki oyda kamida bir marta

2. Talabgorni birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan kompyuterda topshiriladigan test sinovlari va amaliy sinov shaklida oʻtkazadi.

5-bosqich

Vakolatli organ

Attestatsiya natijalari toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng ekspert guvohnomasini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi hamda Markaz (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.

Shu kunning oʻzida (ikkinchi toifali ekspert uchun);

Ikki kun muddatda (birinchi toifali ekspert uchun)

6-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Ekspert guvohnomasi olingandan soʻng uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. Oʻn daqiqada

2. Talabgor oʻzi kelib murojaat qilganda ekspert guvohnomasini elektron yoki qogʻoz shaklida talabgorga taqdim etadi.

2. Talabgorning soʻroviga koʻra

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentga
4-ILOVA

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

__________________

(sanasi)

__________________

(raqami)

1. F.I.O.:

2. Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, �ismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):

3. Maʼlumoti (oliy taʼlim muassasasi nomi, fakultet)

3.1. Tamomlagan yili, diplom raqami

3.2. Diplom boʻyicha mutaxassisligi

4. Ekspertlarni tayyorlash (malaka oshirish) oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat raqami va berilgan vaqti

5. Manzili:

6. Mobil, ish va uy telefoni, elektron pochta manzili (e-mail):

7. Attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi

8. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasini olish uchun

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentga
5-ILOVA

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni qayta attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

__________________

(sanasi)

__________________

(raqami)


1. F.I.O.:

2. Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):

3. Oldingi ekspert guvohnomasi toʻgʻrisida maʼlumot (toifasi, hisobga olish raqami va berilgan sanasi):

4. Ekspertlarni tayyorlash (malaka oshirish) oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikati raqami va berilgan vaqti:

5. Manzili:

6. Mobil, ish va uy telefoni, elektron pochta manzili (e-mail):

7. Attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi:

8. Ekspert guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun

9. Attestatsiya sohasini kengaytirish uchun

10. Birinchi toifali ekspert guvohnomasi olish uchun

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentga
6-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOAT XAVFSIZLIGI DAVLAT QOʻMITASI

SANOAT XAVFSIZLIGI

EKSPERTIZASI TIZIMI

___________-sonli

SANOAT XAVFSIZLIGI SONASIDAGI EKSPERT GUVOXNOMASI

Toshkent sh.

(berilgan vaqti)

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan

(familiyasi)

Fotosurat

oʻrni

(ismi)

(otasining ismi)

(Pasport maʼlumotlari: _______________________________________________) sanoat xavfsizligi sohasidagi __ toifali ekspert sifatida quyidagi attestatsiya sohasi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazildi:

Attestatsiya sohasi

Attestatsiya sohasi kodlari

xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

Vakolatli shaxs

(F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

(vakolatli shaxs)

QR-kod

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentga
7-ILOVA

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun

SOʻROVNOMA

__________________

(sanasi)

__________________

(raqami)

1. F.I.O.:

2. Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):

3. Oldingi ekspert guvohnomasi toʻgʻrisida maʼlumot (toifasi, hisobga olish raqami va berilgan sanasi):

4. Manzili:

5. Mobil, ish va uy telefoni, elektron pochta manzili (e-mail):

6. Ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 550-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi 271-son qarorida:
a) 1-ilovaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi”;
b) 2-ilovaning 11-bandi oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “va attestatsiyadan oʻtkazishning umumiy qoidalarini” soʻzlari “dasturlarini” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Majburiy deklaratsiyalanishi kerak boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega boʻlgan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda yetakchi ekspert sifatida attestatsiya sohasi ekspertiza obyektiga mos keladigan birinchi toifali ekspert tayinlanadi (agar mavjud boʻlsa)”;
b) rus tilida qabul qilingan 8-ilova quyidagi mazmundagi 5-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

5.

Zaklyucheniye ekspertizi promishlennoy bezopasnosti po identifikatsii opasnix proizvodstvennix obyektov

Bessrochno

1. Izmeneniye svedeniy, otrajennix v zaklyuchenii ekspertizi promishlennoy bezopasnosti.

2. V sluchaye obraщeniya za litsenziyey na osuщestvleniye deyatelnosti, svyazannoy s ekspluatatsiyey opasnogo proizvodstvennogo obyekta.

3. V sluchaye izmeneniya trebovaniy zakonodatelstva po identifikatsii opasnix proizvodstvennix obyektov.

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/550/0874-son; 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)