1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAHALLIY SANOATNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 15-avgustdagi PF-1828-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hududiy “Mahalliy sanoat” ishlab chiqarish-savdo aksiyadorlik kompaniyalarining tashkiliy tuzilmasi, ularga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar tarkibi, shuningdek “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari ijro etuvchi apparati namunaviy tuzilmasi 1, 2 va 3-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tugatilayotgan “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasining 4-ilovaga* muvofiq bir qator obyektlarini “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari, respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari tarkibiga belgilangan tartibda berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Toshkent “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga kiruvchi “Tarx” ochiq turdagi aksiyadorlik ilmiy-ishlab chiqarish jamiyati, “Oʻzmahalliysanoatloyiha” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, “Mahalliy sanoatinvest” ochiq turdagi moliya-investitsiya kompaniyasi, “Oʻzmahalliytaʼminotsotish” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, “Qadoqlovchi” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, ularning hududiy joylashishidan qatʼi nazar, “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalarining barcha korxonalari va tashkilotlariga shartnoma asosida xizmat koʻrsatadilar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
4. Davlat mulki qoʻmitasi, “Fayz” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va u taʼsis etgan korxonalarning ular negizida, uni “Mahalliy sanoat” tizimidan chiqargan holda, “Fayz” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-iyundagi 258-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 77-modda)
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-avgustdagi 403-sonli qarori asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 375-modda)
LexUZ sharhi
4-bandning “Fayz” xolding kompaniyasi aksiyalari paketini taqsimlashga oid qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-oktabrdagi 426-sonli qaroriga asosan oʻzgartirishlar kiritilgan.
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalarining ustav jamgʻarmasi hududiy “Mahalliy sanoat” sanoat-savdo konsernlaridan qabul qilinadigan oʻz aktivlari, aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aksiyalari paketini kompaniyalarga berish, shuningdek mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar paylari hisobidan tashkil topadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash, jumladan, ijro etuvchi apparat xarajatlari oʻz xoʻjalik faoliyati, xizmatlar koʻrsatish, shuningdek boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi;
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari:
tarkibiga kiruvchi korxonalarni oʻziga berilgan vakolatlarga muvofiq;
aksiyadorlik jamiyatlari boʻlgan korxonalarni korxonalarning oʻziga berilgan aksiyalar paketiga muvofiq boshqaradi. Bunda “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari oʻzlarining tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari boʻyicha yigʻma balans tuzadilar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalarining oʻzlarining tarkibiga kiruvchi qoʻshma korxonalardagi davlatga tegishli aksiyalar paketi (ulushlar) ham beriladi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi mahalliy hokimiyat organlari va “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari bilan birgalikda:
bir oy muddatda taʼsis yigʻilishlari oʻtkazilishini, kuzatuvchi kengashlar tashkil etilishini va “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari ustavlari tasdiqlanishini taʼminlasin. Belgilansinki, “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari raislari kompaniyalar qatnashchilari yigʻilishida saylanadilar va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadilar. Hududiy “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari kuzatuvchi kengashlari tarkibiga mahalliy hokimiyat organlari vakillari kiritilishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin;
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalar paketini 1997-yil oxirigacha 6-ilovaga* muvofiq qayta taqsimlasin va joylashtirsin.
* 6-ilova berilmaydi.
7. 1997—2000-yillarda mahalliy sanoatni rivojlantirish investitsiya dasturi 7-ilovaga* muvofiq maʼqullansin. Mazkur dasturning amalga oshirilishi uchun javobgarlik “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklansin.
* 7-ilova berilmaydi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtirish Kengashi, tegishli mintaqaviy kengashlar, Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlik, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, tijorat banklari mahalliy sanoat tizimining kichik va oʻrta biznes korxonalarini tashkil etish va texnika bilan qayta jihozlash investitsiya loyihalari uchun xorijiy banklar va xalqaro moliya tashkilotlarining kredit liniyalari boʻyicha kredit olishda “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalariga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
8. “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari 1998—2000-yillar uchun eksport imkoniyatini rivojlantirish dasturini mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan eng koʻp foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalariga mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari boʻyicha jahon bozorini marketing tadqiq etishda, ularni sertifikatsiyalash va respublika tashqarisida sheriklar izlashda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan va “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari korxonalariga yetkazib berilayotgan ip-kalava, gazmol va boshqa mahsulotlarning sotish narxlari darajasi ustidan nazoratni taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi ikki oy muddatda “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalarining barcha korxonalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazsin va mahalliy sanoat korxonalari moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari hamda Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash Hukumat komissiyalariga takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 15-avgustdagi PF-1828-son Farmonini va mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha 8-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkiliy qoʻmita tuzilsin. Tashkiliy qoʻmitaga “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasini tugatish komissiyasi funksiyasi ham yuklansin.
* 8-ilova berilmaydi.
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi qonunda belgilangan tartibda tugatilsin. Tugatish davrida “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasiga rahbarlik qilish funksiyasi davlat korporatsiyasi raisi va uning oʻrinbosarlarida saqlab qolinsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 420-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.3. Usmonov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.