Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
KORXONALARGA (TASHKILOTLARGA) FAOLIYATNING ALOHIDA TURLARI BILAN SHUGʻULLANISH HUQUQINI BERADIGAN MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARINI OʻZGARTIRISH VA OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasining Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunini amalda joriy etish tartibi haqida” 1992-yil 2-iyuldagi
626-XII-son, “Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunini amalda joriy etish tartibi haqida” 1992-yil 8-dekabrdagi
735-XII-son qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 26-noyabrdagi 710-XII-son, 1993-yil 11-yanvardagi
777-XII-son va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar)ning maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida” 1992-yil 14-yanvardagi
516-XII-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida 1993-yil 22-fevraldagi 778-XII-son qarorlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasidagi birjalarning faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 3-martdagi 95-son qarorining
3 va
5-bandlaridagi “va ular tomonidan taʼsis etilgan korxonalar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning alohida turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning
2-bandida keltirilgan jadvalga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgarishlar kiritilsin:
a) jadval quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
b) “Yuklar va yoʻlovchilarni avtomobillarda xalqaro (MDH mamlakatlari hududidan tashqarida) tashishlar” xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro avtomobil yoʻllarida tashishlar”;
v) “Birja faoliyati — quyidagilar bilan aʼmollarni amalga oshiruvchi birjalar, brokerlar va dilerlik idoralari:” xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Birja faoliyati — birjada brokerlik oʻrinlariga ega boʻlgan va quyidagilar bilan aʼmollarni amalga oshiruvchi brokerlik va dilerlik idoralari birja faoliyatining boshqa qatnashchilari” shu yerning oʻzidagi “tovarlar, xom ashyo resurslari bilan” va “Organning nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari boʻyicha vazirligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi”, “Oʻzbekiston Avtomobil transporti davlat aksionerlik korporatsiyasi” (“Oʻzavtotrans”), “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) portlovchi moddalar va ular qoʻllangan mahsulotlarni tayyorlash, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish, shuningdek, portlash xavfi boʻlgan zaharli moddalarni ortish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishga vakil qilingan “Organning nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi” soʻzlaridan soʻng “(mudofaa ehtiyojlari uchun), Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qoʻmitasi (xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun)” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJda jumhuriyat koʻp tarmoqli mollar birjasini tashkil etish haqida” 1991-yil 28-martdagi 71-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Respublika hududida joylashgan va koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, 1993-yilning 15-apreligacha litsenziyalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsinlar.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tarmoq boʻlimlari va tegishli davlat boshqaruv organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.